Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609056 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:32:21

987. Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) agar junub bo'lib qolsalar, boshlaridan uch hovuch suv quyar edilar". Hasan ibn Muhammad Jobir (r.a.)ga: "Ey, Abu Abdulloh, mening sochim juda qalinda", dedi. Jobir Hasanning soniga urib: "Ey, birodarimning o'g'li, Rasululloh (s.a.v.)ning sochlari senikidan ham ko'p va chiroyliroq edi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:33:01

436-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida

988-hadis 430-bobdagi 975-hadisnshg takroridir.

989. Ansorlardan biri farzand ko'rib, ismini Muxammad qo'ydi. Ansorlar unga: "Biz sizni Rasulullohning ismlari bilan kunya qilib chaqirmaymiz", deyishdi. (Ya'ni sizni "Ey, Abu Muhammad demaymiz", deyishmoqchi.) Yo'l ustida ul zotdan qiyomat haqida so'raymiz, deb o'tirgandik. Rasululloh (s.a.v.): "Mening oldimga qiyomat haqida so'ragani keldinglarmi?" - dedilar. Biz: "Ha", dedik. Ul zot: "Har bir nafas oluvchi jon zoti borki, unga ajal (yoki qiyomat) 100 yilda (bo'lsa ham) keladi", dedilar. Biz: "Ansordan bir kishi farzand ko'rib, ismini Muhammad qo'idi. Biz unga: "Biz sizni Rasululloh (ismlari) bilan kunyalamaymiz", dedik. Ul zot: "Yaxshi aytibsizlar. Mening ismimni ko'yinglar, lekin kunyam bilan kunyalamanglar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:35:17

437-bob. Dunyo ishlariga bog'liq yaxshi bir o'git

990.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.al.) Oliyaning bir qismidagi bozor ichi-dan o'tib borar edilar, odamlar atroflarini o'rab olishdi. Shunda o'lib yotgan, quloqlari kesik bir uloqchaning oldidan o'tib qoldilar. Uni qo'llariga olib: "Qaysi biringiz mana shunga bir dirham berasiz?" - dedilar. Odamlar: "Biz uni nima qilamiz?" - deyishdi. "Buni sizniki bo'lishini xohlaysizmi?" - dedilar. Odamlar: "Yo'q", deb javob berishdi. Yana uch bor shunday deb so'radilar. Odamlar: "Xudo haqi, xohlamaymiz! Bu uloqcha tirik bo'lganda ham qulog'i yo'qligidan aybi bor, deb   sotib olmasdigu, holbuki, u o'limtik bo'lsa!" - deyishdi. Ul zot: "Allohga qasamki, Alloh taolo uchun dunyo mana shu uloqcha sizga hech qanday qadri bo'lmagandek, qadrsizdir", dedilar".

Oliya - Najdaning yuqori qismidan Taxomagacha va Makkagacha bo'lgan hudud nomi.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:35:53

991.  Utayya ibn Zamra aytdilar: "Men otamning Huzurlarida johiliyat odatlarini tark qilmagan bir kishini ko'rdim. Otam uni i'dod qildilar va kunyasi bilan chaqirmadilar. Do'stlari otamga qarab turgan edilar, otam ularga: "Sizlar bu ishga qarshimisiz-lar? Men bu ishda hech qachon qo'rqmayman. Chunki Rasu-lulloh (s.a.v.)ning: "Kim johiliyat bilan o'zini bog'-lasa uni i'dod qilinglar vaunga kinoya gapirmang-lar", deganlarini eshitganman" - dedilar.

Hadisdagi arabcha "a'adda"("zod" harfi bilan) fe'lining ma'nosi "bir narsani tishi bilan tutish", "tishlash" dir. Bu hadisdan ko'zlangan ma'no shuki, kimki o'zini johiliyat davriga mansub deb bilsa va johiliyat davrining so'kish va shu kabi yomon odatlarini qayta tiklamoqchi bo'lsa, unga otasining butlarga ibodat qilgani, zino va boshqa qabih ishlarni qilganini esla-tib, uni gap bilan "uzib" olish kerak. U kunyasi bilan chaqiril-maydi, toki odamlarning undan yuz o'girishlaridan qo'rqib, bu yomon ishlarini tashlasin.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:36:43

438-bob. Oyog'i uvishgan kishining nima degani haqida

993. Abdurrahmon ibn Sa'd aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ning oyoqlari uvishib qoldi, shunda bir kishi: "O'zingizga eng sevymly kipshni eslang", dedi. Ibn Umar (r.a.): "Muhammad (s.a.v.)", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:37:26

439-bob "Jannat mujdasi", deb atalgan va undagi 994-hadis mazmuni 1151-hadisda kelganligi uchun bu yerdan olib qo'ydik.

440-bob. Yosh bolalar bilan qo'l berib ko'rishish haqida

995. Salama ibn Virdon aytdilar: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni odamlar bilan qo'l berib qo'rishayot-ganlarini ko'rdim. Shunda mendan: "Sen kimsan?" - deb so'radilar. "Men Bani Laysning xodimiman", deb javob berdim. Anas ibn Molik boshimni uch marta silab, haqimga duo qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:37:55

441-bob. Qo'l berib so'rashish haqida

996. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Yamanliklar kelishganida Rasululloh (s.a.v.): "Yamanliklar yaqin-lashdilar, ular sizdan ko'ra nozik qalbroqtsirlar. Qo'l berib so'rashishni ham birinchi ular tadbiq qildilar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:38:22

997.  Baro bin Ozib (r.a.) aytdilar: "Birodaring bilan qo'l berib so'rashishing salomlashishning mu-kammalligidandir".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:38:35

442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida

998.  Ibrohim ibn Mazduq Saqafiy otasidan rivoyat qildi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) meni onasi Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) huzuriga yubordilar. Men orqali u (ayol)ga Hajjojning ularga qanday muomala qilishi haqida bildirdilar. Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) mening boshimni silab, duo qildilar. U payt-lar men yosh yigitcha edim".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:39:16

443-bob. Quchoqlash haqida

999. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ga Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan birining u kishi bilmagan hadisni bilishi haqidagi xabar yetdi. Jobir (r.a.) aytdilar: "(Yo'lda) tuya yo'qolib qoldi. U odamning oldiga bo-rish uchun qilgan bir oylik safarim g'oyatda og'ir kechdi. Va nihoyat Shomga yetib bordim. U odam Abdulloh ibn Unays (r.a.) ekan. Unga: Jobir eshik oldida turibdi, deb chopar jo'natdim. Chopar qaytib kelib: "Jobir ibn Abdullohmisiz?" - dedi. Men: "Ha", de-dim. U odam chiqib meni quchoqlab oldi. Men: "Ikko-vimizdan birimizning vafot etib qolishimizdan qo'rqqandim, qani, men eshitmagan hadisni ayting", dedim. U dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo bandalarni kiy-im-boshsiz va hech vaqosiz holda tiriltiradi", de-dilar. Biz: "Hech vaqosiz?" - deb ajablandik. Ul zot: "Hech narsalari yo'q holda, so'ng uzoqdan (ham) eshi-tiladigan ovoz bilan (menimcha, "yaqindan eshiti-layotgandek" dedilar) odamlarga nido qilinadi: "Men (barcha narsalarning, qiyomat kunining) Egasiman, jannag ahlidan birortasi toki undan bir do'zaxiy haqqini talab qilarkan, jannatga kirolmaydi. Do'zax axlidan birortasi do'zaxga kirolmaydi, agar undan bir jannatiy haqini talab qilsa". Men: "Qanday (qilib u yerda birovning haqi beriladi)? Axir biz Allohning huzuriga kiyimboshsiz va hech narsasiz boramizku?" - dedim. Ul zot: "Savoblar (berilib), gunoxlar (olinishi) bilan (haq ado etiladi)", dedilar".

Qayd etilgan