Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608729 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:39:32

444-bobdagi 1000-hadis 429-bobdagi 974-hadisning aynan takrori.

445-bob. Qo'l o'pish haqida

1001. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "G'azotda edik, odam-lar qocha boshladilar. Biz Rasululloh (s.a.v.)ga: "Qanday odam bo'ldik, (urushdan) qochgan bo'lsak?" - dedik. O'shanda: "Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'aza-bi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur", degan oyati tushdi. (8:16) Biz: "Madinaga bor-maymiz, (toki) bizni hech kim ko'rmasin", dedik. Yana dedik: "Boraversak-chi?" Borganimizda Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozidan chiqib turgan ekanlar., biz ul zotga: "Biz qochoqlarmiz", dedik. Ul zot: "(Io'q), sizlar urushda vaziyatni o'zgartirish uchun chekinib turdingiz xolos", dedilar. Biz ul zotning qo'llarini o'pdik. Ul zot: "Men ham sizlardanman", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:39:56

1002. Abdurrahmon bin Razin aytdilar: "Biz Rabza shahridan o'tib borardik. "Bizga yo'l ustida turgan odamni ko'rsatib, Salama ibn Akva' ana shu", deyishdi. Oldiga borib salom berdik. U qo'llarini chiqarib: "Mana shu qo'llarim bilan Rasululloh (s.a.v.)ga bay'at qilganman", dedi. So'ng tuyaning paypog'iday katta kaftini ochdi. Biz uning qo'lini o'pdik".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:40:05

1003. Sobit Anas ibn Molik (r.a.)ga dedilar: "Mana shu qulingiz bilan Rasululloh (s.a.v.)ning (qo'llarini) ushlaganmisiz?" Anas: "Ha", degandilar, u qo'llarini o'pdi.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:40:29

446-bob. Oyoqni o'pish haqida

1004.  Vazo' ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Biz (Rasululloh (s.a.v.) turgan joyga) keldik. Odamlar: "Ana Rasululloh! (s.a.v.)" deyishdi. Biz ul zotning qo'llari va oyoqlarini o'pa boshladik".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:40:38

1005.  Abu Bakr (r.a.)ning ozod qilgan qullari Suhayb (r.a.): "Men hz. Ali (k.v.)ning Abbos (r.a.)ning qo'l-oyoqlarini o'payotganini ko'rdim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:40:51

447-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida

1006.  Abu Miljaz aytdilar: "Muoviya (r.a.) chiqqan-larida Abdulloh ibn Omir va Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tirgandilar. Ular orasida Ibn Zubayr (r.a.) vazminroq, jidtsiyroq odam edi. Ibn Omir (r.a.) o'rni-dan turdi, Ibn Zubayr (r.a.) esa o'tiraverdi. Shunda Muoviya (r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.): "Allohning banda-laridan kimki o'zining amriga muntazir bo'lib oldi-da (hurmat bilan) tik turishlarini yaxshi ko'rsa, u odam do'zahdan uy hozirlayversin!" - degandilar", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:41:02

448-bob. Salomning boshlanishi haqida

1007. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taolo Odam (a.s.)ni yaratdi, uning bo'yi 60 ziro'1 edi. Alloh unga: "Bor, anavi bir guruh maloikalarga salom ber va ularning javoblarini eshitib ol, bu sening va zurri-yotlaringning salomi bo'ladi", dedi. U (Odam (a.s.) farishtalarga): "Assalomu alaykum", dedi. Farishtalar: "Assalomu alayka va rahmatulloh", deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:42:02

449-bob. Salomni keng yoyish, oshkora qilish haqida

1008.  Baro ibn Ozib r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Salomni oshkora qilinglar (orangizda yoyinglar), salomat bo'lasizlar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:42:15

1009.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.) dedilar: "Jannatga kirolmaysiz mo'min bo'lmaguningizcha, mo'min bo'la olmaysiz to bir-birlaringizni yaxshi ko'rmaguningazcha. Bir-biringazni yaxshi ko'radigan bir narsa o'rgataymi?" - dedilar. "Albatga, ey Allohning Rasuli", deyishdi. Ul zot: "Oranshzda salomni oshkor qiling (keng yoying)", deya marhamat qildilar".

1 Ziro' - uzunlik o'lchovi; bir ziro' 75 santimetrga teng.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:43:04

1010.  Abdulloh ibn Amr^ (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Rahmonga ibodat kdling, (qorni ochlar-ni) taomlantiring, salomni keng yoying, jannatga kirasiz", dedilar".

Qayd etilgan