Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 479258 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 ... 116 B


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:02:50

1140.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo'ladimi, sizlarga salom bersa, alik olinglar. Zero, Alloh taolo shunday marhamat qilgan: "Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86).

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:03:03

517-bob. Musulmonlar va mushriklar aralash bo'lgan jamoatga salom berish haqida

1141.  Usoma ibn Zayd (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) eshakning ustiga egar qo'yib, unga junli ko'rpacha to'shab minib meni orqalariga mingashtirib oldilar, Sa'd ibn Ubodanikiga ketdik. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul (hali unda Islomga kirmagan edi) bor bo'lgan yig'inning oldidan o'tdik. Bu yig'inda musulmonlar ham, mushriklar ham, butparastlar ham aralash o'tirgan edilar. Ul zot ularga salom berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:04:23

518-bob. Ahli kitoblarga qanday maktub yoziladi

1142. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rum imperatori Xiraql Abu Sufyon ibn Harbni chopar yuborib saroyiga oldirib keldi. So'ng Dihyatu-l-Kalbiy Busro hokimiga keltirgan Rasululloh (s.a.v.)ning maktublarini keltirishni so'radi. U maktubni olib kelib o'qidi. Unda: "Bismillohi-r-rah-moni-r-rahim. Allohning bandasi va payg'ambari Muhammaddan Rumning ulug'i Xiraqlga. To'g'ri yo'ldan ketganlarga salom bo'lsin. Bundan keyin men seni Islomga da'vat etaman. Islomga kirgilki, salomatlikda qolasan. Alloh senga ajrini ikki qat bersin (ham Iso (a.s.)ga, ham Muhammad (s.a.v.)ga imon keltirganing uchun). Agar qabul qilmasang, butun xalqning gunohi sening bo'yningdadir. Va "Ayting (ey, Muhammad ): "Ey, kitob ahli (yahudiylar va nasroniylar), biz bilan sizning (ahamiyati) barobar bo'lgan bir so'zga kelingiz - yolg'iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo'yib bir-birovlarimizni iloh qilib olmaylik. Agar (bu taklifdan) yuz o'girsalar, (sizlar ularga): "Guvoh bo'linglarki, biz musulmonlarmiz", deb aytib qo'yingiz!" (3:64).

Abu Sufyon u paytda Islom diniga dushman edi.

519-bobdagi 1143-hadis 145-bobdagi 314-hadisning mazmunan takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:05:02

520-bob. Mushriklarga salom bermaslik haqida

1144, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Agar yo'lda mushriklarni uchratib qolsangiz, ularga birinchi bo'lib salom bermangiz va ularni yo'lning chetidan yurishga majbur qilingiz!" -deb marhamat qilganlar".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:17:57

521-bob. Zimmiylar qanday chaqiriladi

1145. Uqba bin Omir Juhaniy (r.a.)dan rivoyat qilin-di: Bu kishi tashqi ko'rinishidan musulmonga o'xsha-gan kishining yonidan o'tayotgandilar, u salom berdi. "Vaalayka va rahmatullohi va barakatuhu", deb alik oddilar. Xizmatkor u kishiga: "Bu odam nasroniydir", dedi. Uqba turib haligi kishiga yetib oldilar va: "Allohning rahmati va barokati mo'minlargadir. Lekin Alloh sening umringni uzun qilsin, farzand va mol-dunyoingni ziyoda qilsin", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:18:34

1146. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Agar menga Fir'-avn "Barakalloh fika" deganida men "Va fika" der edim. (Lekin) Fir'avn o'lib ketgan".

"Barakalloh fika" - Alloh senga baraka bersin, "va fika" - senga ham.

1147-hadis 425-bobdagi 966-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:19:13

522-bob. Tanimay nasroniyga salom berish haqida

1148. Abdurrahmon aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) bir nasroniyning yonidan o'tib, unga salom berdilar. U alik oldi. Ibn Umar (r.a.)ga bu odamning nasroniyligi aytilgach, uning yoniga qaytib borib: "Salomimni qaytar", dedilar".

523-bobdagi 1149-hadis 475-bobdagi 1068-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:20:08

524-bob. Maktubning javobi haqida

1150. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men maktubning javobi xuddi salomning javobi kabi haq, deb o'ylayman".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:20:31

525-bob. Ayollarga maktub yozish va ularning javoblari haqida

1151.  Oyisha binti Talha (r.a.) aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)ning oldilariga turli shaharlardan kelishar, keksalar vaqti-vaqti bilan kelib ziyorat qilib ketishardi. Yoshlar esa menga do'stona munosabatda bo'lishar, menga ergashar edilar va menga turli shaharlardan maktub yozishardi. Men hz. Oyisha (r.a.)ga: "Ey, xola, bu falonchining maktubi va hadyasi", derdim. Shunda hz. Oyisha r.a.): "Qizim, unga javob yoz va hadya yubor. Agar sening (berishga) hadyang bo'lmasa, men senga berayin", derdilar va berardilar.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:24:03

526-bob. Maktubning boshi qanday yozilishi haqida

1152.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) Abdulmalik ibn Marvonga bay'at qil(ganlarini bildir)ib xat yozdilar. Unda shunday yozgandilar: "Bismillohi-r-rahmo-ni-r-rahim. Amiru-l-mo'minin Abdulmalik ibn Marvonga Abdulloh ibn Umardan. Senga salom bo'lsin. Men sening nomingdan o'zidan o'zga hech qanday iloh bo'lmagan Allohga hamd aytaman, imkoning boricha Alloh-ning va Rasulining ko'rsatmalarini tinglashingni va itoat etishingni ta'kidlab o'taman".

Qayd etilgan