Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 479253 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 ... 116 B


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:24:30

527-bob. "Ammo ba'd" haqida

1153.  Zayd ibn Aslam aytdshyur: "Otam mendan Ibn Umar (r.a.)ga maktub yo'lladilar. Maktubni: "Bismil-lohi-r-rahmonir-rahim. Shundan so'ng...", deb yozayot-ganlarini ko'rdim". tong ottirdilar?" - deb so'radilar. Hz. Ali (k.v.): "Ud zot pok Parvardigorning hamdi bilan tong ottirdi-lar", deb javob berdilar. Abbos bin Abdulmuttalib (r.a.) hz. Ali (k.v.)ning qo'llaridan ushlab: "Sening fikring qanday? Xudo haqqi, sen uch kundan keyin birovlarni hukming ostiga olasan! (Rasululloh (s.a.v.)-ning vafotlaridan keyin xalifalikni qo'lga olasan). Fikrimcha, Rasululloh (s.a.v.) shu kasalliklari bilan vafot etadilar, chunki men Abdulmuttalib av-lodining o'lim oldi (arafasidagi) yuz ifodasini yaxshi bilaman, Biz bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurla-riga yur, xalifalikni kimga qoldirishlarini o'zla-ridan so'raymiz", dedilar. Shunda hz. Ali (k.v.): "Al-lohga qasamki, biz buni Rasululloh (s.a.v.)dan so'rasagu ul zot bizni undan man' qilsalar, odamlar key-in xalifalikni bizga bermaydilar. Xudo haqqi, men buni Rasululloh (s.a.v.)dan so'ramayman!" - dedilar qatiylik bilan".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:26:53

532-bob. "Qalaysiz", deyish haqida

1165.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Umar bin Xattob (r.a.)ga bir kishi salom berdi, u kishi alik oldilar, so'ng: "Qalaysan?" - deb so'radilar. U odam: "Xudoga shukr", deb javob berdi. "Men sendan shuni (aytishingni) xohlagandim" dedilar hz. Umar (r.a.)".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:27:20

533-bob. "Qanday tong ottirding", degangda nima deb javob berish haqida

1166.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga "Qanday tong ottirdingiz?" - dey-ishdi. Ul zot:   "Janozaga ishtirok etmagan va biron xastani borib ziyorat qilmagan odamlardan xayrliroq tong ottirdim", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:27:56

1167. Sharik aytdilar: "Men hazramiylarning ulug'laridan bo'lgan, Rasululloh (s.a.v.) saxrbiylaridan birining oldida o'tirgan edim. Unga: "Qanday tong ottirdingiz?" - deyishsa, u: "Allohga shirk keltirmaymiz" - deb javob berardi".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:28:35

1168.  Sayf ibn Vahb aytdilar: "Abu Tufayl mendan: "Necha yoshga kirding?" - deb so'radilar. Men: "33 yoshga", deb javob berdim. Abu Tufayl: "Senga Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan eshitgan hadisni aytib beraymi? Xasafa jangchilaridan Amr ibn Sulay' degan bir      kishi bo'lib, uning o'z to'dasi bor edi. O'sha paytda men sening yoshingda edim. Biz Huzayfa (r.a.)ning oldiga - masjidga keldik, men qavmning oxiriga borib o'tir-dim. Amr to'g'ri borib Huzayfaning oddida turib: "Qanday tong ottirding?" (yoki "Kunni qanday o'tkazding?"), ey, Abdulloh?" - dedi. U: "Xudoga shukr", dedi. Amr: "Sendan bizga yetib kelgan qanday hadislar ekan, (ey, Huzayfa)?" - deb so'radi. Huzayfa: "Mendan nima yetib kelibdi, ey, Amr?" - dedi. "Men eshitmagan hadis-lar", dedi Amr. Huzayfa (r.a.): "Xudo haqqi, agar men eshitgan hadislarimni sizga aytadigan bo'lsam, mana shu kechaning bir qismigacha kutardingiz. Lekin, ey, Amr ibn Sulay', agar Qaysning Shomni egallashini ko'rsang, alhazar, alhazar! Allohga qasamki, u Allohning mo'min bandalarini faqat qo'rqitadi yoki o'ldiradi. Xudo haqi, ularga shunday zamonlar keladiki, u paytda katta gunohdan ham qaytarilmaydilar". Amr: "Alloh seni rahmatiga olsin, qavmingga nima qilding?" - dedi. U: "Bu mening ishim", dedi".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:29:11

534-bob. Joylarning yaxshisi kengrog'i ekanligi haqida

1169. Abdurrahmon ibn Abu Umra Ansoriy aytdi-lar: "Abu Said Xudriy (r.a.)ni janozaga chaqirishdi. U odamlar o'z o'rinlarini egallab bo'lgach, keldi. Qavm uni ko'rib qimirlab, shoshib, (unga joy berish uchun) harakat qila boshladilar. Ulardan ba'zilari o'zining o'rniga o'tqazmoqchi ham bo'ldi. (Biroq) Abu Said (r.a.): "Yo'q, (qimirlamang), men Rasululloh (s.a.v.)ning "Joylarning yaxshisi ularning kengrog'idir", degan-larini eshitganman", dedi va jamoatning chekkaro-g'iga borib o'tirdi.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:30:27

535-bob. Qiblaga yuzlanish haqida

1170.  Suf'yon ibn Munqizning otalari aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) qiblaga yuzlanib ko'p o'ti-rar edilar. Yazid ibn Abdulloh Ibn Qusayt (r.a.) quyosh chiqqandan keyin sajda (oyati)ni o'qidi va sajda qildi. (Boshqalar ham) sajda qildilar, Abdulloh ibn Umar (r.a.) sajda qilmadi. Quyosh chiqib bo'lgach, Abdulloh (r.a.) (oyoqlarini) yozib, so'ng sajda qildilar. "Do'stlaringiz sajda qilganlarini ko'rmadingizmi?" - deb so'rashgan edi, "Ular namoz vaqtidan boshqa mahalda sajda qilishdi", deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:31:13

536-bob. O'rindan turib ketib, yana qaytib kelish haqida

1171. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan biringiz o'rni-. dan turib ketsa, so'ng yana u yerga qaytib kelsa, u (o'sha o'rin)ga haqliroqdir".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:34:06

537-bob. Yo'l yoqasida o'tirish haqida

1172.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biz yosh bolalik paytimizda Rasululloh (s.a.v.) oldimizga kelib salom berdilar va meni bir ish bilan jo'nat-dilar. (O'zlari) mening qaytishimni kutib yo'l bo'iida o'tirdilar. (Yo'lda) meni Ummu Sulaym (r.a.) to'xtatib: "Nega kech qolding?" - deb so'radi. Men: "Rasululloh meni bir ish bilan jo'natdilar", dedim. "Nima ekan (u ish)?" - dedi u. "Bu  sir", dedim. Ummu Sulaym (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.)ning sirlarini sauga", dedi".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:34:45

538-bob. Kengayib o'tirish haqida

1173.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan hech kim birovni o'rnidan turgazib yubormasin, balki kengayshib o'shringlar", dedylar".

Qayd etilgan