Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609993 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:20:56

1242.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alif. Lom. Mim. Tanzil..."ni ("Sajda" surasi) va "Taborakallaziy bi-yadihi-l-mulk.."ni ("Mulk" su-rasi) o'qimay uxlamas edilar. Abu Zubayr (r.a.) ayt-di: "Bu ikki sura Qur'onning boshqa suralaridan yetmish hasanot fazilatlidir. Ularni kim o'qisa, unga 70 hasaiot yoziladi, darajalari 70 barobar ko'tari-ladi va 70 ta gunohi o'chiriladi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:21:09

1243.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Zikr asnosida uyku shaytondandir, xohlasangiz tajriba  qilib ko'ring. Biringiz xo'shagiga yotib, uxlamoqchi bo'lsa, Alloh azza va jallani zikr qilsin".

1244-hadis 1242-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:21:16

1245. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Raslululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan biringiz to'shagiga yotayotganda uning ichlarini chiqarib yaxshilab qoqsin, chunki uning ichida nima borligini (nima kirib olganini) bil-maydi. So'ng shunday deb duo qilsin: "(Ey, Allohim), Sening isming bilan yonimni (to'shakka) qo'ydim. Naf-simni hisob qilar (ya'ni, jonimni olar) ekansan, rahm qil (Allohim). (Qayta uni jasadimga) yo'llasang, solih qullaringni asraganingdek meni ham hifzu himoyangga olgin!"

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:21:25

1246.  Baro bin Ozibdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Uxlamoqchi bo'lgan odam o'ng yoni bilan yotsin va shunday desin: "Ey, Allohim, o'zingga yuz-landim, o'zimni Senga taslim qildim, Senga tayan-dim, e'timod qildim, Senga xohish-istagim bor. Sen-dan qo'rquvim bisyor! Sendan o'zga najotkor va Sendan o'zga panohim yo'q! Najotu panoh - himoya faqat Se-ningdir! Nozil qilgan kitobigga inondim, yuborgan Payg'ambaringga imon keltirdim". Agar banda mana shularni o'qib yotsa va vafot etsa imonli ketadi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:21:35

1247.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yotoqlariga kirganlarida: "Osmonlaru yerning Parvardigori bo'lmish Allohim! (Ey) donu urug'ni (yaratuvchi, unduruvchi), Tavrot, Injil va Qur'onni indiruvchi! Sen peshona kokilidan tutadigan barcha yomonlik egalaridan panoh bergin! O'zing Avvalsan, Sendan oddin hech narsa yo'q; o'zing Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo'q; o'zing Zohirsan, Sendan tashqa-ri hech narsa yo'q; o'zing Botinsan, Sendan mustasno hech narsa yo'q. qarzlarimdan najot bergin, faqir-likdan (qutqarib), boy qilgin", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:22:07

577-bob. Uyquga yotadigan paytdagi duoning fazilati

1248-hadis 1246-hadisning takrori.

1249.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Bir kishi uyiga ki-rib, to'shagiga yotganida uning oldiga farishta va shay-ton shoshiladi. Farishta: "Yaxshilik bilan xotima top-sin", desa, shayton: "Yomonlik bilan xotima topsin", deydi. (Shunda u kishi) agar Allohga hamd aytib, Uning zikrini qilgan bo'lsa, (Alloh shayton)ni quvib yubo-radi va (banda) yotib turgunicha panoh bo'ladi. U uyg'on-ganida ham farishta va shayton unga shoshilishadi va yana o'shanday deyishadi. (Banda shudda Allohning zik-rini qilib: "O'lganimdan so'ng jonimni takror qay-targan va uyqumda o'ldirmagan Allohga hamd bo'lsin! Osmonlaru yerni zavol topishdan saqlab turadigan, agar ular zavolga yuz tutsalar, U Zotdan so'ng (Undan o'zga) hech kim saqlay olmaydigan Zotga - Allohga shukrlar bo'lsin! Darhaqiqat, U halim va mag'firatli Zotdir. Osmonni yerga iznsiz qulab tushishidan tutib turuvchi Allohga hamdlar bo'lsin! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehriban va rahmlidir", desa va o'lsa, shahid bo'lib o'tadi. Agar (o'lmay) tursa va namoz o'qisa, fazi-latlar ichra o'qigan bo'ladi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:22:22

578-bob. (Yotganda) qo'lini yonog'i tagiga qo'yish haqida

1250.  Baro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v) uxlagani yotsalar, qo'llarini o'ng yuzlari ta-giga qo'yib: "Ey, Alloxim, bandalaringni qayta ti-riltiradigan kun (qiyomat)da azobingdan saqlagin", der edilar".

1251-hadis yuqoridagi hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:22:33

1252. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki xususiyat borki, musulmon odam ularning hisobini qilolmaydi va faqat jannatga kiradi. Ular (bajarishga) oson bo'lib, ozgana mashg'ul bo'linadi", dedilar. "Ular nima ekan, ey, Alllohning rasuli?" - deya so'rashdi. "Har namozdan so'ng 10 marta takbir, 10 marta hamd va 10 marta tasbih aytadi. Bu esa, tidda 150 ta (aytilgan kabi) bo'ladi, Mezonda bo'lsa 1500 ta bo'ladi", dedilar. Ul zotning (shunday deb) qo'llari bilan sanayottanlarini ko'rdim. "Urniga kirib yotganda tasbih, hamd va takbir aytgani esa, tilga 100 ta va mezonda 1000 ta bo'ladi. Qaysi biringiz bir kecha-kunduzda 2500 ta gunoh ishlaysiz?" - dedilar. "Qanday ular behisob?" - deyishdi. "Sizlardan biringiz namoz o'qiyotganida shayton kelib shu-shu ishlarini esiga soladi, (shunda u) eslamasin", deya marhamat qildilar".

580-bobdagi 1253-hadis 576-bobdagi 1245-hadisking takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:22:45

581-bob. Kechasi uyg'onib ketgan kishi nima deyishi haqida

1254.  Rabi'a ibn Ka'b (r.a.) aytdilar: "Men Rasuli akram (s.a.v.)ning eshiklari tagida yotib qolgan edim. Ul zotga kechasi biror bir shovqin eshitilib qolsa: "Sa-mi'allohu liman hamidah", tunda biror shovqin eshi-talsa: "Alhamdulillahi robbil 'alamiyn", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:23:05

582-bob. Yog'li qo'l bilan uxlash haqida

1255.  Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasu-lulloh (s.a.v.): "Kimki yog'li qo'lini yuvmasdan ux-lasa va biror zarar ko'rsa, faqat o'zidan xafa bo'lsin", dedilar.

Abu Hurayra] (r.a.)dan rivoyat qshshngan 1256-hadis yuqoridagi hadis-ning takrori.

Qayd etilgan