Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608748 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:26:31

589-bob. Hayvonlarni urishtirish haqida

1268.  Mujohid (r.a.) aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) hay-vonlarni urishtirishni yoqgirmas edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:26:47

590-bob. Itning vovvilashi va eshakning hangrashi haqida

1269-hadis. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ddn rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yarim kechasi tashqariga chiqishni kamaytiring, chunki (bu paytda) Allohning maxluqlari tarqalib yuradilar. Kimki it vov-vilaga-nini yoki eshak hangraganini eshitsa, Alloh taolodan quvilgan shayton sharridan panoh tilasin, zero ular (it va eshak) siz ko'rmagan narsani ko'radi", dedilar".

1270-1271-hadislar yuqoridagi hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:26:57

591-bob. Xo'rozning qichqirig'i haqida

1272. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xo'rozning kechasi qichqirganini eshitsangiz, u fa-rishtani ko'rgan bo'ladi, Allohtsan fazlu marhamatini so'rang. Agar eshakning hangraganini eshitsangiz, u shaytonni ko'rgan bo'ladi, "Auzu billahi mina-sh-shay-toni-r-rajim" deng", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:27:41

592-bob. Burgani so'kmaslik haqida

1273. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, bir kishi Payg'ambar (s.a.v.)ning huzurlarida burgani  la'natladi. Ul zot: "Burgani la'natlama, chunki u pay-g'ambarlardan birini namozga uyg'otdi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:28:00

593-bob. Peshin paytida uxlash haqida

1274. Hz. Umar (r.a.) aytdilar: "Quraysh qabilasining ba'zi erkaklari Gohida Abdulloh ibn Masudning eshi-gi oldida to'planib o'garardilar. Soya orqa tarafga o'pun-ga qadar ularga: "Turing, qaylula qiling, zero, soya or-qaga o'tgan vaqg shayton uchundir, dedim. Ular qaylula uchun turib ketdilar. Biz Abdulloh ibn Mas'ud bilan qolganimizda unga: "Hasxos o'g'illarining ozod qilgan qullaridan biri she'r bitar ekan", - dedim. Ibn Mas'-"ud o'sha ozod qilingan qulni chaqirib: Qanday sherlar bitasan?" - deb so'radi. U esa ushbu bayshi o'qidi: Sulaymga g'oziylik unvonini bermoqqa va'da aylading, mayli, Balli, insonga yetar balki Islomu oq sochlarning tanbihi. Ibn Mas'ud: "Shuning o'zi yetarli. Haqiqatni ayt-ding, haqqoniy gapni aytding", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:28:08

1275. Soib bin Yazid (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) bizga kunning yarmida yoki shunga yaqin paytda: "Tu-ring, qaylula qiling (ya'ni, yotib uxlang), bundan qolgan (vaqt) shaytonnikidir", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:28:18

1276.  Abu Hurayra aytdilar: "Sahobiylar peshin payti uxlashardi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:28:29

1277.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Madinalik-larga sharobning eng yoqadigani (u paytda sharob harom bo'lish arafasida edi) xurmodan va xom xurmodan tayyor-langani edi. Abu Talha (r.a.)ning uyvda sahobiylarga soqiylik qilayotgandim. (Shu payt) bir kishi kelib: "Sharob harom qilivdi", dedi. Ular: "Kdchon?" - deb so'rashdi va bir fikrga kelib: "Sharobni to'kib tajla, ey, Anas", deyishdi. So'ng Ummu So’laymnikida qaylula qilishdi. Keyin salqinlab, g'usl qilishdi. So'ng Ummu Sulaym ularga xushbo'ylik surib qo'ydi. Keyin ular Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yo'l olishdi. Borsalar, (haqiket-da) ham sharob o'sha odam aytganiday (harom bo'lgan) ekan".

 "Moida" surasining 90-oyati nozil bo'lishiga ishora, shu oyat bilan mast qiluvchi ichimliklar, qimor, majusiylik, folbinlik qat'iy man qilindi.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:29:08

594-bob. Kun oxiridagi uyqu haqida

1278.  Xavot ibn Jubayr aytdilar: "Kunning avva-lida uxlash - tentaklik, o'rtasida uxlash odob va oxi-rida uxlash ahmoqlikdir".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:29:18

595-bob. Ziyofat haqida

1279.  Maymun ibn Mehron Nofi' (r.a.)dan: "Ab-dulloh ibn Umar (r.a.) ziyofatga chaqirganlarmi?" - deb so'radilar. "Lekin tuyalari shikastlanganda uni bizga so'yib bergandilar", dedi Nofi' (r.a.), so'ng: "Madinaliklarni oldimga yig'ib kel", dedilar Ab-dulloh ibn Umar (r.a.). Men: "Ey, Abu Abdurrahmon, nima uchun chaqiramiz, axir nonimiz yo'q-ku?" - de-dim. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "O'zingta shukr, Allo-him, mana bu nimta-nimta go'sht, bu esa go'shtli sho'rva, kim xoxlasa yeb-ichib ketaveradi, xoxlamagan yo'q", dedilar".

Qayd etilgan