Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608330 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 110 111 112 113 114 115 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:49:36

637-bob. Yomon odamlardan qo'rqish haqida

1348.  Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulul-loh (s.a.v.)ning oldilariga kirish uchun izn so'radi. Ul zot: "Ayting, kirsin, u qabilasining yomon biro-dari", dedilar. Haligi kirgach, u bilan muloyim gap-lashdilar. U odam ketgach: "Ey, Allohning rasuli, bu odam haqida boyagiday gapirib, u bilan muloyim gap-lashdingiz?" - dedim. Ul zot: "Ey, Oyisha, oda^mlar-ning eng yomoni odamlar yomonligidan qo'rqib, uni tark etgan kishidir", - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:50:39

638-bob. Hayo haqida

1349.  Imron ibn Xusayn (r.a.)aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hayo faqat yaxshilik keltiradi", dedilar. Ba-shir ibn Ka'b: "Hikmatlarda viqor hayodavdir, saki-nat hayodandir", deb yozilgan", dedilar.  Shunda Imron unga: "Men senga Rasululloh (s.a.v.)dan gapirsam, sen menga sahifangdan gapirasan-a", dedi.

Ya'ni o'zingning maza-bemaza yozgan narsalaringdan gapirasan, deyilmoqchi, vallohu a'lam .

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:51:19

1350. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Hayo va imon teng va bir butundir, biri ko'tarilsa, ikkinchisi (o'z-o'zidan) ko'tariladi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:51:59

639-bob. Jafo haqida

1351.  Abu Bakra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasulul-loh (s.a.v.): "Hayo imondandir, imon jannatda-dir, Be-nomuslik jafodandir, Jafo do'zaxdadir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:52:36

1352.  Muhammad   ibn Ali otasidan rivoyat kdldi: "Rasuli akram (s.a.v.ning boshlari kattagina, ko'zla-ri yirik edi. Yursalar tepaliqtsan tushib kelayotgan-day o'zlarini orqaga tashlab yurardilar. Agar qarasalar butun tanalari bilan qarardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:53:22

640-bob. Agar uyalmasang bilganingni qil

1353. Abu Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarga yetib kelgan ilk payg'ambarlikning gaplaridan biri: "Uyalmasang, bilganingni qil!" - dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:54:07

641-bob. G'azab haqida

1354. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.): "Kuchlilik pahlavoshshqda emas, bal-ki jahl chiqqan paytda o'zini qo'lga ola bilishlikdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:55:04

1355.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning huzurida, Uning roziligi yo'lida chiqqan g'azabdan ko'ra qiymatliroq jur'at yo'qtsir"

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:56:04

642-bob. G'azab kelganda nima deyish haqida

1356.  Sulaymon ibn Surad (r.a.) aytdilar: "Ikki kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida talashib-torti-shshpardi. Ulardan birining yuzi g'azabdan qizarib ket-gandi. Nabiy muhgaram (s.a.v.) unga qaradilar, so'ng: "Men bir kalimani bilaman. Agar u odam shu kalimani aytsa, jahli ketadi. U "A'uzu billahi mina-sh-shaytonir ra-jim"dir", dedilar. Ikkinchi odam turib boyagi odam-ning oddiga bordi va: "Rasululloh (s.a.v.) nima deganlarini eshitdingmi? "A'uzu"ni ayt", dedi. Shunda boya-gi odam: "Nima, men senga jinnimanmi?" - dedi.

1357-hadis yuqoridagi hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:56:13

643-bob. G'azablanganda sukut qilish haqida

1358. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Islomni bilingiz va odamlar uchun qulay qilin-giz", deya 3 marta takrorladilar. "G'azablansang, sukut qil", dedilar 2 marta".

Qayd etilgan