637-bob. Yomon odamlardan qo'rqish haqida
1348. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulul-loh (s.a.v.)ning oldilariga kirish uchun izn so'radi. Ul zot: "Ayting, kirsin, u qabilasining yomon biro-dari", dedilar. Haligi kirgach, u bilan muloyim gap-lashdilar. U odam ketgach: "Ey, Allohning rasuli, bu odam haqida boyagiday gapirib, u bilan muloyim gap-lashdingiz?" - dedim. Ul zot: "Ey, Oyisha, oda^mlar-ning eng yomoni odamlar yomonligidan qo'rqib, uni tark etgan kishidir", - dedilar.