Muallif Mavzu: Bugungi o'zbek nasri  ( 11859 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Nurdinboy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 724
  • Xabarlar: 1107
  • Jins: Erkak
  • Real Madrid - G'alaba sari olg'a
    • Ilm jaholatdan saqlovchi yoldir
Re: Bugungi o'zbek nasri
« Javob #15 : 05 May 2011, 10:58:20 »
    Нуриддин Исмоилов, Олижон Хайит, Азамат Коржонов, Ориф Фармон каби бугунги "бозор адлабиёти дарга"ларинингларнинг ижодлари хам айни шу холатда.
    Балки Уткир Хошимов айганларидек улар китобхон синовидан утганлари билан балки вакт синовидан утолмаслар. Лекин адабиётни савиясиз асарларга тулдириб кетадилар.
   Ð‘у хакда туликрок http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5886.new#new
     Nurdinboy, fiklaringizga qo`shilaman, biroq siz yuqorida sanab o`tgan ijodkorlarning yaxshi asarlari ham yo`q emas. Jumladan Azamat Qorjovovning ba'zi qissalarini sevib, ichiga kirib ketib o`qib chiqqanmanki, asti qo`yaverasiz. E'tibor berib qarasangiz bu yosh adibning asarlarida o`zgacha bir yo`nalishni ko`rasiz.
Balki muammo aslida boshqa narsadadir? Balki "bugungi o`zbek nasri avvalgidek emas, juda past!" deb baho berayotgan, "O`tkan kunlar" mazasiga o`rganib qolgan, "eng yaxshisi shu!" deb turib olgan o`quvchi XXI asr "taomnoma"sidagi "taom"larning mazasini qabul qila olmayotgandir?
to`g`ri, hozir "gonorar uchun" ijod qiladigan ijodkorlar, o`quvchi talabiga ko`ra yozilgan asarlar ko`paygandan-ko`paygan, biroq yaxshilab qarab, kuzatib chiqsangiz, o`sha "sariq adabiyot" ichidan ham yam-yashil asarlarni topib olasiz.
     Azamat Qorjonovning yozganlarini bir yil avval "Bekajon" gazetasida, "A'lo kayfiyat" jurnalini eski sonlarida ko'rganman. Birrov ko'z ham yugurtirgandim. Yo'q bu "zamonaviy taomga" og'iz o'rganmasakan Lobar! Demoqchimanki, Azamat Qorjonovning ham milliy adabiyotimizda sevib o'qiladigan asar yaratganini ko'rmadik. Siz, Tog'ay Murodni sevib o'qiyman, degandiz, to'g'rimi? Ayni shunday shavq bilan o'qiladigan asarini ko'rmadim. Lekin juda ko'plab qissalar yozgan.
     Keyin, "O`tkan kunlar" mazasiga o`rganib qolgan, "eng yaxshisi shu!" deb turib olgan o`quvchi XXI asr "taomnoma"sidagi "taom"larning mazasini qabul qila olmayotgandir? debsiz. Birinchi kursligimda Nuriddin Ismoilovni ham, Nabijon Hoshimovni ham... hullas boshqalarini ham o'qidim. Lekin keyinchalik klassik asarlarni o'qishga ancha qiynaldim. Sababini ko'rayapsizmi! Bunday asarlar kitobxonni didini o'ldiradi. Yaxshi hamki ustozlarimizning maslahati bilan bunaqa bemaza narsalarni o'qishni vaqtida to'xtatdik. Bugungi kun kitobxonlarni shunaqa bemaza kitoblarning mazasiga o'rganib qolishidan qo'rqish kerak.
T.me/mktb37
@mktb37

 

Online o'zbek kino va kliplari

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 22402
So'nggi javob 20 Dekabr 2008, 02:04:39
muallifi ORIF
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 25770
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
O'zbek qiziqchiligi

Muallif _Otabek_Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 31472
So'nggi javob 09 Iyul 2011, 05:51:29
muallifi Lu`lu`
Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari

Muallif AbdusalomBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 98933
So'nggi javob 24 Avgust 2008, 03:46:37
muallifi AbdulAziz
Bugungi kun tarixi

Muallif muxbirBo'lim Yangiliklar

Javoblar: 199
Ko'rilgan: 110016
So'nggi javob 27 Iyun 2013, 14:24:35
muallifi Muhammad Sanjar