Bola urib tarbiyalash juda ham noto'g'ri. Hech qanday naf bermaydi. Bola yomon ish qilayotgan bo'lsa, unga boshqa omillar sabab bo'layotgan bo'ladi. Qizlar ochiq-sochiq kiyinsa, demak uyida onasi zamonaviy kiyadi va qiziga ham boshida ruxsat beradi. Bola sigaret cheksa yoki ichsa, otasi ham shunday bo'lgan bo'ladi. Boshqa sababi esa, atrofidagi do'stlari shunaqa tarbiyasiz bolalar bo'ladi. Bolani yoshligidan atrof-muhitiga e'tibor berishimiz kerak. Bolani urib qo'rqitmasdan uni yomonligini tushuntirish kerakki, ongli ravishda yomon ishlardan uzoq bo'lsin. Ammo bu bilan bolani jazosiz qoldirish kerak degani emas. Jazolashning boshqa yo'llari ham bor. Bolaga o'zi istagan narsasi darrov olib bermaslik, biror narsaga erishishida sun'iy mashaqqatlar chiqarish va hkz. Man shunday bir kerakli gapni eshitganman. "Uyingizga yaxshi sharoit bo'lsa ham, vaqti vaqti bilan bolangizga qotgan non yedirib turing" degan gapga ko'proq amal qilishga harakat qilaman.
Man shunaqa fikrdaman. Tayoq yaxshi emas. Bolani tayoq bilan urishimizgacha qiladigan yomon ishlariga ko'pincha o'zimiz sababchi bo'lamiz. O'zi ota-onalarni tayoq bilan urish kerak. Bolalarni emas.