Muhammad Sohib, Alloh shifo bersin.
Keyin onajon ham yeb-ichganlarida e'tibor berishlari kerak.
O'rik qoqidan tez tez kompot qilinglar.
Bu ona va bolani hazmini qulaylashtiradi.
Катта рахмат тавсис учун!
Бу компотга ширинлик сифатида шакарнинг срнига асал қсшса бсладими?
Kompotni onasi ichsin. Bolaga qo'shimcha yegulik berish uchun hali erta. İlgari ham aytganimday faqat ona suti emgan bolalarda ich qotishi kamdan kam kuzatiladi. Bu ham yegulikka bog'liq bo'lmay, balki bolani ich organlari bilan bog'liq muammo ekan.
Bola 6 oylik bo'lguncha unga asal bermang. Nafaqat asal balki siz, biz yeyayotgan yeguliklarni bolani medasi hazm qila olmagani uchun aslo tavsiya etilmaydi.
Bolani to'yganini uning har oylik kilogramidan bilib olsak bo'ladi.
Demak chaqaloqlarni normal kilogramlari haqida yangi mavzu ochish vaqti kelibdi:)
Bolaga agar ona suti yetarli bo'layotgan bo'lsa qo'shimcha yegulik berish-turli xil muammolarni keltirib chiqaradi. Eng boshda chog'imizni kasalligi-semizlik. Bolani medasi kattargandan keyin osonlikcha to'ymaydi.
Bola singdira olmagandan keyin esa qolgan organlari ham qiynala boshlaydi oddiy qilib aytganda.
Bolaga vaqti bilan (6 oydan keyin) sekin asta qo'shimcha yegulik berila boshlanadi. 2 soatda bir berilgani uchun qaysi yegulik unda qanday tasir qoldirganini bilishimiz osonlashadi. Bazi bolalarda allergiya juda ham kuchli bo'ladi. Hamma narsani aralashtirib beraversak qayi yegulikni allergiya berganligini aniqlashimiz mushkullashadi.
Bazan kattalar "hech narsa qilmaydi" beraver, deyishadi, bu esa kelajakda bolada tuzatib bo'lmas iz qoldirishi mumkin.
Qo'shimcha yegulik-smeslarni tarkibida so'nggi paytlarda nimalar aniqlanganini aytmay qo'yaqolay. Biz paketni ichidagi moddaga ishonamiz afsus.
Siz onasiga yaxshi qarang, suti ko'paysin, yaxshi dam olsin. Onani dam olishi, psixologiyasi bolani to'yishi, kun bo'yi ko'rsatadigan butun harakatlarida muhim rol o'ynaydi.
Mavzu va savolga qaytadigan bo'lsak, avvalo ona sutiga to'yyabdimi buni aniqlash kerak.