Biz ham albatta eng boshda halol, peshona teri bilan pul topishini Yaratgan Egamdan so'raymiz.
Qaynonam eng kichkina qaynimni doimo "meni doktor bolam" deb suyarkanlar, mana xozir tibbiyotda 3-kursni 1 oydan keyin tugatadi inshalloh.
Abdulaziz Ensar tug'ilganda yolg'ondakam amakisi og'ziga tupirib qo'ydi, qaynonamni istaklari bilan:) yani qaynonam judayam doktor bo'lishini xohlayabdilar.
Men esa Diniy bilimlarni puxta egallab, turli xil kitoblar yozishini judayam xohlardim...undan tashqari diplomat bo'lishi ham bazan o'ylab qolaman, lekin oilasiga vaqt ajrata olmasligini o'ylab, voz kechaman...
Dadamizga qolsa ham doktor bo'lsin, amakisini yonida burnini ishqab ish o'rgansin, deyabdilar:)