Dastgohda munchoqli naqsh to'qish.  ( 43876 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:16:41

Zamira opa juda chiroyli ishlariz.
Bunaqa ish katta sabrni talab etadi.

O'zbekistonda bu hali uncha rivojlanmagan.
Agar iloji bo'lsa master-klassniyam ko'rsatsez o'rganib olardik  :)

Keyin bu dastgohlar sotiladimi yoki o'zilar yasatasizlarmi?


Valaykum assalom, rahmat:)

Dastgohlarni qaynonamdan oldim, u kishi sotib olganlar.


Men malumotlarni berib boraman, savollar bolsa marhamat.
kerakli ashyolar:

1. Dastgohlarni oz razmeri, sanoqli mixlari kerak boladi.

2. Ip- shu tortsangiz uzilmaydigan naylon iplardan bolishi kerak, eng qalinidan, dantel ipi, deyishadi.

3. Kleyga kelsak, tahta, materyal yopishtiradigan maxsus kley kerakli boladi. Bu kleyni idishni ozidan tomizib, qizitmasdan ishlataverasiz. Ogziga taqiladigan maxsus qopqogi ham borakan, men ham olishim kerak.

4. Monchoq yoki shu kley (tutkal)ni ozidan ham naqsh qilish mumkin. Bu tutkal 1 soatlarda quriydi, ham munchoqni yopishtirib, ham ipni bir-biriga tekkan joyini yopishtirasiz, ham naqshlar qilasiz.

Mana bu rasmda berilgan ekan:



Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:17:13

Men ishlatadigan kley (tutkal) firmasi Polisan:

http://www.polisan.com.tr/Urunler/CP/156



Bu kleylarning:

Shaffof- bu asosan iplarni birlashgan joyini yopishtirish uchun ishlatiladi, korinmaydi. Va munchoqlarniyam yopishtiradi.

Oq- munchoq shakli berish uchun

va Yaltiroqlaridan ishlatdim- siz ilk ishimda qora ipda yaltiroq kordingiz...

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:17:55

Eslatmalar:

Qizlar, bu ishi men oylagandan ancha qiyin ekan, kichkina o'lchamlisi muammomas, lekin kattasi ancha vaqt olarkan, katta bolganligi uchun otirib qilishni iloji yoq, majburan tikka turib, egilib qilasiz:(
Bel, boyin lekin judayam ogrirkan:(

Keyin olingan ashyolar ham ancha pul bolarkan, munchoqlar, ip, kley, dastgoh..hammasi pul:)

Lekin insonni hech zeriktirmaydi, vaqt bolsa boldi, men oglim bilan qilganim uchun judayam charchatdi, chekkalarida mixlari bolgani uchun yosh bola bilan qilaman desangiz ehtiyot boling!

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:19:51

Dastgohni katta-kichikligi, tortburchak, yulduzli bolishi sizga bogliq.

Turkiyada:

Salfetka uchun 25x25 kattaligida dastgoh ishlatiladi. har tarafida 22 donadan mix bor.
Shu "uzun" deganim 30x80
Stol uchun 100x100
Choy ichadigan stolni ustiga 30x50
 o'lchamlarda dastgoh qilinarkan.

Mixlarni orasi 1 smdan. Mix yarmigacha qoqiladi, lekin soglom bolishi kerak. Chunki ishingiz muttasil ularni ustida boladi, iplarni tortasiz, kerasiz. Keyin naqsh bitgandan keyin yana mixlardan chiqarasiz tortib. Eng ogir ish bu men uchun, iplar kerilgani uchun chiqarich qiyinroq, mixlar barmogingizni achitadi, agar munchoqlar yaxshi yopishmagan bolsa tokiladi....

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:20:28

Ilgariyam aytganimday ip ham mustahkam bolishi kerak, naylon, sentetik aralash, shu pyatki toqiydigan iplar ham zor boladi. Faqat paxta ip bolmaydi, chunki siz ipni kerasiz, ohirida dastgohdan chiqarish uchun yana ipni tortasiz, uzashi shart...

Dastgoh, ip, kleyni tayyorlagan bolsangiz unda boshladik:



Buni qilgan qiz ipni 2 qavat qilib olib, rasmda korganday ilk mixga boglabdi.



Ipni ilk mixga boglagandan keyin dastgohni qarshisiga boglang.

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:21:10

Siz rasmda korganday 2 qavatli iplar hosil boladi. Ipni mixni aylantirib oraysiz.



Ipni mixga orab, togrisidagi mixlarga orab chiqqandan keyin ipni aylantirib, hali oralmagan tarafdagi mixga olib kelamiz. Bu ipni naqsh tayyor bolgandan keyin kesib olganimiz uchun muhimmas, lekin naqshni mahkam ushlab turishi uchun muhim.

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:21:45

Burchakka kelgandan keyin yon tarafdagi mixni aylantirib otib, bu safar bu mixni togrisidagi mixga oray boshlaymiz:




Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:22:15

Bu tarafniyam orab chiqqandan keyin mana shunday yolaklar hosil bolishi kerak.



Ipni burchakdagi mixlardan biriga mahkam boglab, kesamiz.


Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:22:39

Ipni orab bolgandan keyin kley bilan tomchi shaklida hamma tortburchak hosil bolgan joylarga tokib chiqamiz. Kley tokilgan joylarga etibor bering!



Ohirida mana bunday tomchilar hosil boladi:



Bu boshqa bir qizning uslubi. Men esa ipni orab bolgandan keyin dastgohni ogirib, orqa tarafidan butun katakchalarga kley tokib chiqaman, 1-2 soat qurishini kutaman. Keyin xohlagan naqshimni beraman.

Men foydalangan saytdagi qiz kleydan munchoq sifatida foydalanibdi, ham yopishtiridbi...

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:23:16

Qizlar, bu ilk ish, ipni orash va yopishtirish. Kim kerakli ashyolarni olsa, savoli bolsa berar:) hozircha shu.

Ipni orashni turli-tuman xillari bor ekan, qaynonam orgatdilar, men oldin joylagan rasmlardan birida ogir, degandim, shu eng qiyin usulli ip boglash edi.



yaxshilab qarasangiz, sezasiz...Buni rasm orqali tushuntirish qiyin, men zorga qildim, yana shu modeldan qilishim kerak, qaynonamni kutib otiribman, hozir boshqa shahardalar.

Qayd etilgan