Issiqxona ( Parnik,teplitsa)  ( 44457 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Sadulla  08 May 2011, 07:04:10

Assalomu alaykum.

Gap biznes haqida ketar ekan dehqonchilikka kiradigan issiqxona (teplitsa,parnik) biznesi bilan bizda hozir ko'pchilik shug'ullanadi.Issiqxonada yetishtiriladigan mahsulotlar o'zimizda ham sotiladi,eksport ham qilinadi.Bu ish bilan bemalol,uy sharoitida xohlagan odam shug'ullanishi mumkin(o'ziga sharoit yaratgandan keyin albatta  ;D ).Kelinglar shu haqda hamma biladiganlarimizni o'rtaga tashlaylik.Men bu sohada mutaxasis emasman,lekin tajribam bor.Issiqxonada yetishtiriladigan pomidor,bodiring,limon (xonaki gullarni ham parvarish qilsa bo'ladi) va boshqa narsalar haqida hamma bilgan ma'lumotlar bilan o'rtoqlashsak yaxshi bo'lardi.


Qayd etilgan


Sadulla  08 May 2011, 07:28:57

 :as:

Birinchi bo'lib o'zim boshlab berishga qaroro qildim.Shunday qilib kutib oling birinchi mexmonimiz Pamidorxon



Pomidor juda ham foydali mahsulot.Ovqatlarni qizil qilishda,piyoz bilan qovurib qoringa joylashda  ;D ,baqlajon bilan chesnok qo'shib yog'da qovurib,bonkalarga joylab,qish kunlari mazza qilib yeyishda pomidorga yetadigani yo'q. Lekin ko'pchilik uning qanday qilib yetishtirilishini bilmasa kerak.Shu haqda qisqacha to'xtalsak.Pomidor avval urug' xolida bizga chetdan olib kelinadi va urug'lar ekilib,ko'chat qilib yetishtiriladi.Ko'chatlar 20-25 sm bo'lgandan keyin,ularni olib issiqxonaga ma'lum bir tartibda ekib chiqiladi.Pomidor 90 kunda xosil bo'ladi.Ungacha suvlarni vaqtida berib,kasal tushirmaslikka harakat qilib,parvarish qilish kerak.Pishganidan keyin 1.5 uzog'i bilan ikki oy ichida xosili tugaydi.Bir yilda ikki marotaba pomidor ekib,undan hosil olish mumkin.Pomidorni ochiq dalada ham,hovlida ham o'stirish mumkin,ammo bunga faqat yoz oylarida imkoniyat bor.

Qayd etilgan


Sadulla  15 May 2011, 06:08:41

 :as:

Pomidor haqida ma'lumotlarni davom ettiramiz.Pomidor italyancha so'z bo'lib,"pomo d'oro"-oltin olma degan ma'noni bildirar ekan.Pomidorning haqiqiy nomi atsteklarda bo'lgan ekan - "matl".Keyinchalik fransuzlar uni o'zlariga moslashtirib olishgan - tomate (tomat).
Pomidorning vatani - Janubiy Amerika u yerda haligacha yovvoyi pomidor turlarini uchratish mumkin.XVI-asr o'rtalarida pomidor Ispaniyaga kelib qolgan,keyin Portugaliyaga,Italiya,Fransiya bo'ylab butun Yevropaga kelib qolgan.Pomidor bilan tayyorlangan taomning birinchi retsepti 1692-yil Neapoldagi kitoblarning birida paydo bo'lgan.XVIII-asrlarda pomidor Rossiyaga ham kirib keladi,bizlarga ham o'sha yoqlardan kirib kelgan bo'lsa kerak.Ammo uzoq vaqt odamlar pomidorni yeb bo'lmaydigan,sog'liq uchun zararli deb o'ylashgan.Lekin hozirga kelib pomidor oshpaz va xo'randalar uchun sevimli sabzavotlardan biri bo'lib kelmoqda.O'zi pomidorni nima deb atashga odam hayron,sabzavotmi,mevami ?.O'zbekistonda pomidor sabzavotlarga kirsa ba'zi joylarda uni mevalar turkumiga qo'shishar ekan(masalan Janubiy Koreyada shunday)
Pomidorga hatto haykal ham qo'yishgan ekan 



Kamenka -Dnepr Zaparojes oblasti (Ukraina)

Qayd etilgan


Sadulla  22 May 2011, 05:59:11

 :asl3:

Alhamdilulloh birinchi hosilni ham yig'ishtirib oldik.Issiq tufayli pomidorlar sal yorilganini hisobga olmasa hammasi yaxshi  :) .Endi bu yog'iga suv berib,yaxshilab qaralsa pomidorlar kattalashib,qizaraveradi.

Qayd etilgan


Sadulla  24 May 2011, 11:46:09


Limonariya ham yaxshi narsa ekan.

Ortiqcha mehnat ham talab qimaskan.

 :asl3:

Limonlarni ekib,ularni atrofiga ham biron narsa eksa bo'ladi,shunda limon atrofidagi joylar bo'sh qolmaydi.Masalan qulupnay,yo har xil sabzavot,ko'katla eksa bo'ladi.Ammo limonlarni qishga "tuzlab" qo'ysa zo'r bo'ladi.Bunda limonlarni dumaloq shaklida kesib,ustidan tuz o'rniga shakar sepib,bankalarga joylab muzdek joyga olib qo'ysangiz,keyin qishda rohatini ko'rasiz  ;) .

Qayd etilgan


Sadulla  06 Iyun 2011, 10:51:03

 :asl3:

Amakimgilarni issiqxonalaridgi pomidorlar,oldingi sezon:




Yonida limonga ham joy bor ekan,ikkitasi birda  :D


Qayd etilgan


Nurilla  03 Dekabr 2011, 20:29:56

Avvalambor Assalomu alaykum hurmatli forum a'zolari!
 Qish boshlanib, kunlar soviy boshladi. Shuning uchun manga gazga muqobil yoqilg'i kerak. Mazut yoki otrabotanniy masla. Qancha bo'lsa ham. O'zingizdami, tanishingizdami bo'lsa, yordaminglarni darig' tutmela. Javoblarni PMda kutaman. E'tiboringiz uchun rahmat.

Qayd etilgan


Shuhrat_  16 Dekabr 2011, 00:06:15

 :asl3:
bizning limonariyada limonlar pishdi . Birinchi hosil.
Hozi bozorda 6 ming ekan.
Yaxshi daromad

Qayd etilgan


Muxsiya  22 Mart 2013, 12:19:51

Issiqxonachilar dastidan dod mahalladagi butun gazni toritib olishadida boshqalarda gaz yonmaydi

Qayd etilgan


timurask  30 Iyul 2017, 20:29:12

Issiqhona uchun kerakli uskunalar va xom ashyolarni ushbu Prom.uz saytida topsa boladi

Qayd etilgan