Asalarichilik  ( 73849 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Абдурроҳман  12 May 2011, 08:09:16

Men asalarichilikni endi boshladim. Asalarimizni ikkita uyaga ajratganimizgayam 1 haftadan ortdi. Bizga sotgan odamning o'zi kelib bo'lib ketgandi. Lekin nimagadir yangi bo'lingan uyadagilar deyarlik uyalaridan chiqishmayapti. Qiyom bersam qiyomgayam tegishmabdi. Ochidan qirilib o'lib ketishmasmikin???

Uka hozir deyarli qiyom yemaydi, hozir atrofda gul ko'p. Shira yetarli hozircha, havo yaxshimi,past havodayam uyidan chiqmaydi asalarilar, matkasiyam bormi, bo'lgan odam topib, qo'ygandir
Aka men ham shunga hayronmanda. Atrofda gul ko'p lekin ular uyalaridan tashqariga chiqishmayapti. Qiyom bersam uniyam yeyishmayapti.

Hali ularni onalari yo'q. O'zlari ona ochib chiqishadi degandi ajratib bergan odam.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 May 2011, 20:55:53

Aqoid aka bu Asalari inidan asal olayotganizda hech chaqadimi?
TVda asalchilar qutidan asal olayotib faqat boshini ximoyaviy setka bilan to'sib olganini ko'rsatadi. Qo'llari esa ochiq bo'ladi. Na qo'lqop bor, na biror ximoya qiluvchi asbob bor.

Qayd etilgan


ан-Насафий  20 May 2011, 22:41:51

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

     Асалари нега йсқолиб бормоқда?

    ........

     Бу мақало "Фан ва турмуш" журналидан олинди. (Узр, ёзиш хаёлдан кстарилибди)

Qayd etilgan


Aqoid  20 May 2011, 23:14:33

Chaqadi, Mo'min mirzo. Jaxli tezlari quvlab yurib chaqadi. Agar to'q bo'lishsa chaqmaydi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  21 May 2011, 23:36:26

youtube.com ga kirib so'ngra "Bees for beginners Part" deb search berilsa asalarichilikni yangi boshlovchilar uchun yaxshigina videodarslar borakan.

Qayd etilgan


ummugulsumm  22 May 2011, 02:19:56

  Asalning shifobahsh hususiyatlari azaldan ma'lum bulgan.Asalari mumi-asalari mum bezlari ishlab chiqaradigan modda bb undan katak quradi.Rangi oq,och sariq,qungir va qora buladi.Tarkibida14%yog kislotalar,70-74%murakkab efirlar,12-15%tuyingan uglevodorodlar mavjut.Har bir asalari oilasi mavsumda 2-3kg gacha mum tuplaydi.Asal-mum juda foydali bb modda va qon almashinuvini,mushaklar faoliyatini oshiradi.Bundan tashqari mum tishni tozalaydi,milkni mustahkamlaydi va chekishni tashlash uchun yordam beradi.Asalari mumi soglom kishilarga ham tavsiya etilib,ibarcha a'zolariga ijobiy ta'sir qilib,charchoq va toliqishni bartaraf etadi.
      Pliniyning yozishicha asalari mumlari ichaklarni yumshatish,qizdirish va badanni qayta tiklash hususiyatga egadir.Gippokrat tomoq ogriganda boshga va buyinga mum qatlami quyishni tavsiya etgan.

Qayd etilgan


muxlisa  23 Iyun 2011, 16:55:32

Bu yerda asal haqida yaxshi mavzu bor ekan.

Qon bosimini oshiradigan yoki aksincha tushiradigan asal turi bo'lar ekan. Shu haqda bilaganlar bormi?

Qayd etilgan


Aqoid  08 Avgust 2011, 05:16:59

Kecha Qishdan sog'-salomat chiqqan asalarilarimizdan asal oldik.


Qayd etilgan


Aqoid  08 Avgust 2011, 05:24:35


Qayd etilgan


Ummu Muslima  08 Avgust 2011, 06:10:20

Asal olish osonmas :)
yangi asalli rangiyam hidiyam boshqacha bo'ladi-da.
Asalarichilikni yana bir yahshi tomoni,yozda to'qqa olib chiqiladi ,hech kim ko'rmagan (ko'pchilik) tog'larni ko'rasiz,tog'ni havosini,bulutlar yooningizda suzib yurishini ayniqsa turfa hil gullarni hech nima bn qiyoslab bo'lmaydi,

asalni hususiyatlaridan yana biri ,inson organizmini qarishini kechiktirar ekan yani yoshlikni saqlovchi hususiyati bor ekan,qayerdadir o'qigan edim.

Asalarilarni Qishdan salomat chiqqishi ham qiyin bo'p qolyapti keyingi vaqtlar,  ko'p o'lyapti..

tanishlarimizni bazilari bu yil umuman asal olisholmadi,
bir yoqda shakar narhi oshib ketdi,
narhlar ham shunga qarab ko'tarilib ketdi...



Qayd etilgan