Asalarichilik  ( 101554 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 11 B


Oymoma  24 Avgust 2011, 07:19:37



            Asal va arining sirlari

Qur'oni Karim ari va asal mavzuida muhim bir masalaga e'tiborni jalb qilgan. Bir qarashda har qanday biologik hodisaday körinuvchi ari va asalda juda muhim biologik möjizalar bor.

Robbingiz asalariga: " tog'larda daraxtlarda va (odamlar) quradigan kövonlarda in qur. Söngra turli mevalardan yeb, Robbingning senga körsatgan yöllaridan yur!" deb vahiy-amr qildi. Uning qornidan odamlar uchun shifo bölgan alvon rangli ichimlik-asal chiqadi. Albatta.  Bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bor".
/An-Nahl/.

   Olti burchak prizmalardan qurilgan ari ini - faqat Alloh bergan ilm vahiy bilangina qurish mumkin bölgan me'moriy shih asardir. Bu geometrik tanlov odatdagi tabiiy zavq natijasida bunyod bölgan deb öylashning hech iloji yöq. Undan tashqari, qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan moddalarning saqichga öxshashligi, öziga xos kimyoviy modda tanlanganligi ham möjizadan boshqa narsa emas.

   Asalari, bir tomondan, öziga xos ovoz tölqinlariga ega, ikkinchi tomondan, huddi kompyuterday aniq bir harakatda bölib, ma'lum bir vazifani ado etadi. Oyati karima bu hikmatni ham juda hassoslik bilan tavsiflaydi.

  Arining taqqosi yöq me'morligi va ongli hayot sohibi ekanligi hammaga ma'lum. Ammo ari shuncha köp asalni öz ehtiyoji uchun "ishlab chiqararmikan?" yöq. Aksincha, özi ishlab chiqargan asalning yuzdan biri unga ortiqchalik qiladi. Shunday hisob mutahassisi böla turib, öziga kerak bölmagan narsani köp ishlab chiqarishi tabiat muvozanati doirasida g'ayri-tabiiy hodisa...
   Demak oyatda amr etilganidek, butun olamlarning Robbi ariga shunday asal ishlab chiqar, degani uchun ari köp asal ishlab chiqarish kampaniyasiga kirishadi.

Qayd etilgan


NANO  24 Avgust 2011, 09:19:23

asal arini saqlashda ham halollik bo'lsihi kere uni yaxshi boqish kere! Qishda asal ari asal bermaydi unga shakarni ozuqa qilib berishadi bechora o'shani ham asal qildim deb kataklarni to'ldiradi :) u asalni hamma ko'rgan shakarni ertitilganiga o'xshab turadi rangi oq bo'ladi faqat 1 narsa yodizda tursin isiriqni va paxtani  asali ham oq rangda bo'ladi!

Asalni tozasini tanlash ham bir mushkul ish o'zi bir xil payt o'zim ham qiyomdan farqlay olmay qolaman bu sohada ham uchiga chiqqan ustasi faranglar ko'p!

Buyam bir boylikda gashati boshqa asalchilikni ham o'ziga yarasha mushkul tomolari ko'p!   Ayniqsa telejkani ulab qatga borsam degan o'yda yurish!

Toza a'sal baribir boshqachade ayniqsa Mayskiy asal zo'r bilmasdan ko'p yevorsayiz tomoq bugilib qoladi!

Qayd etilgan


Aqoid  24 Avgust 2011, 11:35:55

Oxirgi paytlarda mayskiy asal anqoning urug'i bo'pketyapti.
Shakar beradigan maxsus idishlar bo'ladi.  Kuz oylarida yiqqan asallariga biz tegmaymiz,o'zlariga ozuqa bo'ladi.

Qayd etilgan


NANO  24 Avgust 2011, 12:05:46

Biz deganda ko'pchilikni nazarda tutdizmi yo...

(Man sizni nazarda tutmagandim)

Qayd etilgan


Aqoid  24 Avgust 2011, 15:47:29

Biz deb dadam ikkalamizni nazarda tutdim.
Men ham ma'lumot uchun yozdim.
Ko'pchilik yozda 2 marta asal oladi. Sentabrda ham olsa 3 marta bo'ladi. Lekin unda son sifatdan ustunlik qiladi.

Qayd etilgan


Humayro  24 Avgust 2011, 15:55:13

Hurmatli mutaxassislar toza asal tanlash qoidalarini ham yozsangiz minnatdor bo'lardik

bizni shaharda avgust oyida asal sayli bo'ladi, asalchilar mahsulotlarini namoyish va sotuvga qo'yadi, o'shetta toza asallar ko'rikdan o'tadi.

ammo baribir eng yaxshizi qaysisi va qanday tanlash mumkin???

Qayd etilgan


NANO  24 Avgust 2011, 18:11:17

Boshqalani bilmadimu lekin manda ichki intuitsiya dermidi usha bilan aniqlayman! (agar adashib tepada etganimday qiyomni sotib osam Oyim orqaga qaytarvoradila bu sohada ustozim Oyim buladila!)

Qayd etilgan


Aqoid  31 Avgust 2011, 22:45:33


Pechatlangan ramka pechati ochilgach, maxsus apparatda asali olinadi. O'sha paytdagi asalning xidi bosh og'rig'ini to'xtatadi.Kun issig'ida ham ro'zada asal olganimiz uchun Qizim menga yordamlashvordi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  31 Avgust 2011, 23:23:34


 mashaAllah  :) qiziz rossa ozizga oxshirkan Aqoid oka

Qayd etilgan


Aqoid  31 Avgust 2011, 23:31:20

Bitta sir aytaymi? Haqiqiy shifobaxsh asal shunaqa pechatlangan bo'lsa zo'r bo'ladi. Hech kimga aytib qo'ymanglar.

Qayd etilgan