Asalarichilik  ( 73530 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 11 B


Aqoid  01 Sentyabr 2011, 00:15:14


 mashaAllah  :) qiziz rossa ozizga oxshirkan Aqoid oka
Shu gapni juda ko'p aytishgan, lekin qachon eshitsam xursand bo'pketaman.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  01 Sentyabr 2011, 10:26:47

Tushunmadim, "Pechatlangan asal" nima degani?

Qayd etilgan


Aqoid  01 Sentyabr 2011, 14:41:31

Tushunmadim, "Pechatlangan asal" nima degani?
Rasmda ko'rganingiz ramkadagi teshikchalar asal bilan to'lgandan keyin asalarilar mumi bialn berkitib qo'yishadi. berkitilgan asal pishgan asal bo'ladi. Shifobaxshligi ancha ko'payadida pechatlanganida, biz pechatlangan deymiz, balki boshqacha ham nomlanar..

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  01 Sentyabr 2011, 15:51:28

Iyy uzr aka. Telfondan kirgandim internetga, rasm borligi hayolga kelmabdi : )

Qayd etilgan


Donishmand  12 May 2012, 15:54:20

Bu yil asalarilarning rivoji yaxshi. Bugun ertalab bir oila uchib chiqib bodomga qo'nibdi.


Uchib chiqqan g'uj kichikroq ekan, ammo hamasi ona ariga bog'liq endi.






Karpat arilarining sifati tushib ketayotganligi sababli, bu yil Avstraliya sariq asalarisining tuxumidan oltita olgandim, kecha ikkitasi uchib chiqdi. Bu asalari kuniga uch mingtagacha urug' tashlarkan.


Qayd etilgan


AbdulAziz  12 May 2012, 15:59:11

Donishmand aka, sizda asalarining saqichi bormi?
Shu yoshligimda bir marta yeganman. Ta'mi qolib ketgan.

Qayd etilgan


Donishmand  12 May 2012, 16:02:16

Asalarining saqichi asal olinayotganda bo'ladi. Hudo hohlasa iyun oyining oxirlarida asal olamiz, saqichidan hadya qilaman.

Qayd etilgan


Aqoid  12 May 2012, 20:51:16

Ertaroq aytmaysizmi? O'rtoq boshliq! Mayli Donishmand beradi, asal olganda. Sal ertaroqmasmi asal olishlaring Donishmand aka?

Qayd etilgan


Donishmand  13 May 2012, 09:24:00

Ertaroq aytmaysizmi? O'rtoq boshliq! Mayli Donishmand beradi, asal olganda. Sal ertaroqmasmi asal olishlaring Donishmand aka?
Men sal adashib iyulni iyun yozibman, to'g'ri aytasiz.
Iyul oyining ohirlarida va avgustda paxtaning asali chiqadi. Eng yaxshi asal mana shu hisoblanadi bizda.
"Mayskiy" asal ishqibozlari uchun aytishim mumkinki, bizning sharoitda may asalini olish deyarli mumkin emas. Chunki bizda yetarli gul yo'q.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  13 May 2012, 11:23:59

Saqichi nima, mum ya'ni propolismi?

Qayd etilgan