Asalarichilik  ( 73850 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Donishmand  13 May 2012, 12:31:22

Saqichi mana bu rasmda ko'rsatilgan, kesib olinayotgan mum pechat.


Qisqacha qilib aytganda asalarining asalli mumi. Tarkibida asal bilan birga propolis ham, perga ham borligi uchun juda foydali hisoblanadi.

Qayd etilgan


Ansora  14 May 2012, 11:05:14

 :asl3:

Asalning tozaligi, sofligini qanday bilsa bo'ladi?

Qayd etilgan


Donishmand  14 May 2012, 11:12:04

:asl3:

Asalning tozaligi, sofligini qanday bilsa bo'ladi?
:vsl3:
Siz asalni qanday tashqi sifatlarini bilasiz?

Qayd etilgan


Ansora  14 May 2012, 11:15:59

:asl3:

Asalning tozaligi, sofligini qanday bilsa bo'ladi?
:vsl3:
Siz asalni qanday tashqi sifatlarini bilasiz?

Rangi, qo'yiqligi, ya'ni qoshiq botirganingizda uzilmasdan oqib turishi...

Garchi rangi ham qanday o'simlikni shirasini olganiga bogliq deyishadiku...Masalan oq rangli gullardan ochiq sariq asal boladi, deyishadi...

Qayd etilgan


Donishmand  14 May 2012, 11:35:49

Asalning rangi olingan gulga qarab har xil bo'ladi, to'g'ri. Bizda oq asal deyiladigani - paxtaning asali.
Qoshiqda uzilmasdan oqib turishi, qo'yiqligi ham uning qachon olinganligiga bog'liq. Yana yangi asalning qo'yiqlik darajasi gul turiga qarab ham biroz farq qiladi. Masalan, semichkaniki sal suyuqroq bo'ladi.
Sohta asalchilar asalning hidini ham hech farq qilmaydigan darajada qilib tayyorlashayapti hozirda. Shuning uchun hid borasida ham bir narsa deyolmaymiz.
Sizga ayta oladigan ba'zi farqlar shuki, sohta asalning rangi hiraroq bo'ladi, kristallanganida ham bu hiralik, huddi qo'y yog'ining to'g'nashiga sal oxshab saqlanib qoladi. Toza asalning rangi tiniq, kristallarida ham tiniq bo'ladi.
Lekin toza asal ham ba'zan hiraroq chiqishi mumkin.
Ko'pchilik odamlar krisstallanish darajasiga qarab aniqlash mumkin deb hisoblashadi, bu noto'g'ri. Toza asalning o'zi saqlanayotgan sharoitiga, asalning turiga qarab har xil kristallanish darajasiga ega.
Sohta asalchilar hozida shunchalik mohir bo'lib ketishayaptiki, ba'zan birdan-bir chora uning ta'midan farqlash bo'lib qolayapti.

Qayd etilgan


Ansora  14 May 2012, 11:42:17

Donishmand, rahmat ma'lumotlaringiz uchun.

Turkiyada so'nggi paytlar asal reklamalari juda ko'payib ketgandi, ko'chalarda odamlarga yedirib korishadimiyey, uyingizgacha olib kelib berishadi, xatto 1 bankasi tekin:) keyin bularni Sog'liq vazirligi tekshirdi, hammasi soxta chiqibdi:(

Ichidagi shakar-glyukoza miqdori shu darajada ko'p ekanki, inson sog'lig'i uchun judayam havfli ekan...

Bizdayam yaxshigina tekshirish kerak ekanda:)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  14 May 2012, 11:43:34

Бобур акага камазчини ишини килиб, бир бонка асалга куз тикиб Бузга ташлаб куйсам, Ааманганга кандай кетишни дарров тушунтириб куйди, охирги ошимиздан кейин. :)

Qayd etilgan


Donishmand  14 May 2012, 11:54:06

Bugun akangizga gap qilmay turing, chaqadigan arining kayfiyati bor hozirda. ))

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  14 May 2012, 12:07:01

donishmand aka man  asalari boqishni hohlayapman gapim jiddiy o'rgatasmi?

Qayd etilgan


Donishmand  14 May 2012, 13:25:21

Albatta o'rgataman, ammo forum yoki internet orqali maslahatlashishning o'zi yetmaydi-da. Siz yaqin-atrofingizdagi birorta asalarichidan ko'rib-bilib o'rganganingiz yaxshi deb o'ylayman. Aka Aqoidga yaqinroq joyda yashamaysizmi?

Qayd etilgan