Asalarichilik  ( 71390 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Abdulloh_8800  16 May 2012, 14:46:51

duo qilinglar kecha  kuni asalarilarni opkeldim Alloh wuncha harakatimni zoe qilmasin
Boshlagan hayrli ishingizga Olloh barakotlarini serob qilsin.
Endi ovqatini vaqtida berib turasiz, oila yaxshi shakllanib olgunicha. O'rtacha oilada 7000-8000 asalari bo'ladi yoz oylarida. Siz yaxshi qarasangiz bir-bir yarim oyda bu ko'rsatkichga yetasiz.
Hozirda arichilarni qiynaydigan katta muammo bor, bu mevalarga, uzumlarga, paxtaga va ayniqsa tut daraxtidagi qurt va shiralarga qarshi sepiladigan ximikat dorilar. Shulardan ehtiyot qilasiz.
duo qilinglar kecha  kuni asalarilarni opkeldim Alloh wuncha harakatimni zoe qilmasin
Boshlagan hayrli ishingizga Olloh barakotlarini serob qilsin.
Endi ovqatini vaqtida berib turasiz, oila yaxshi shakllanib olgunicha. O'rtacha oilada 7000-8000 asalari bo'ladi yoz oylarida. Siz yaxshi qarasangiz bir-bir yarim oyda bu ko'rsatkichga yetasiz.
Hozirda arichilarni qiynaydigan katta muammo bor, bu mevalarga, uzumlarga, paxtaga va ayniqsa tut daraxtidagi qurt va shiralarga qarshi sepiladigan ximikat dorilar. Shulardan ehtiyot qilasiz.
Ularni ko'rib ko'zing quvnaydi. Alloh o'z panohida asrasin. Biz sababini qilib tavakkul qildik natijasini Robbimdan kutamizda endi

Qayd etilgan


Donishmand  17 May 2012, 13:03:28

Ona asalarining tuxumdan chiqishi:
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=QAtnRFVv2yQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=QAtnRFVv2yQ</a>

Qayd etilgan


Ansora  17 May 2012, 15:58:40

 :asl3:

Ozgina oldin yangiliklarda korib qoldim, qirolicha ari va yonidagilar 2 etajdagi domni oynasiga ornashib olishibdi:) avvalo qirolicha arini olishibdi, ketidan qolganlarini...

Arilarni qonunlari dahshatda...

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  28 May 2012, 10:44:36

asal yeyiwdan oldin zahar yeyiw k.k ekan. Yomon chaqiwyapti bular

Qayd etilgan


Sayyid90  29 May 2012, 17:07:32

mana kerak bo'lsa bu videoni yuklab ko'rilar.hajmi 4.5 mb qur'on mujizalari turkumidan http://wapsayt.uz.gp/loads/down/videolar/urgochi+asalari.mp4

Qayd etilgan


Donishmand  28 Iyun 2012, 10:56:58

Alhamdulillah, kecha bu yilgi birinchi asalni yig'a boshladik. Barakasini bersin!
AbdulAziz, saqich deganmidingiz?

Ertaroq aytmaysizmi? O'rtoq boshliq! Mayli Donishmand beradi, asal olganda. Sal ertaroqmasmi asal olishlaring Donishmand aka?
Aqoid, adashmagan ekanman, bu yil bir oy ertaroq boshlab yubordik.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  28 Iyun 2012, 11:57:03

biznikiga hali bir oy borku asal oliwga namuncha arilarni modernizatsiya qildilami?

Qayd etilgan


Mufazzala  28 Iyun 2012, 13:11:19

 :asl3:

Yoshligimizda biznikida bir Rus oila asalari boqqanidi, bir necha yil.
Uyimiz adirni tagida, pahta dalalarini orasida bo'lgani uchun rosa
yaxshi asal olishardi. Har asal olganda bizga bitta katta paqirda berishardi.
Oh mazza edi o'sha paytlar...Suvdek ichardik asalni.

O'sha paytdagi asalari bilan bog'liq bitta hangoma esimga tushib ketdi.
Qo'shnimiz ....aya bel og'rig'iga asalarini chaqtirish shifo ekan, deb eshitib qolibdi.
Bizikiga 3-4 ta asalarilardan tutib beringlar, deb iltimos qilib chiqqandi. Qo'lida
esa ho'jayinining do'ppisi, shunga solib olib chiqib ketaman, dedi.
Akam 5-6 ta asalarini tutib soberdi do'ppisiga. Qachon chaqtirasiz hola, dedik
holaga va chaqib bo'lgandan keyin o'lib qoladigan asalariga rahmimiz kelib :))
Hali yotishdan avval, dedi.
Ertasi kuni chaqtirdizmi, deb soragandik, shunday javob oldik:
-Asalari qamalgan do'ppini so'rini bir chekkasiga qo'yib qo'ygandim, ovqatdan keyin
chaqtiraman, deb. Ho'jayin ovqatlanib bo'lib so'rida yonboshlab yotganidi. U kishiga
aytish esimdan chiqibdi. O'sha yerda turgan do'ppisini olib boshiga kiyib olibdi.
Ana endi u yog'ini o'zinglar tasavvur qilaveringlar :))))

Yugurgangamas buyurganga, deb shunga aytishsa kerak.

Qayd etilgan


Donishmand  28 Iyun 2012, 19:02:38

biznikiga hali bir oy borku asal oliwga namuncha arilarni modernizatsiya qildilami?
Nimanizatsiya qilinganini bilmayman-u, ammo Avstraliya arilari endi rosa kuchaydi. O'zimning ham habarim yo'q edi. Kecha kechqurun uyga borsam "asal olishni boshladik," - deyishdi. Avvaliga sal ishonmagandim, keyi shunday qiziqarli ishga vaqtim yo'qligidan afsuslandim.
O'zingizda nima gaplar? Olgan paketingiz qalay rivojlanayapti? Mundoq habardor qilib bormaysizmi mavzuda? Yangi boshlagansiz har qalay.


Qayd etilgan


Abdulloh_8800  28 Iyun 2012, 21:58:03

 :asl3:
Ramka 4ta edi endi 8ta bo'ldi. Ba'zi ramkalarni 4dan 1qismi asal bilan to'lgan. O'zim yetiwtirgan asalni maza qilib tatib ko'rdim tasurotlar yahwi oka

Qayd etilgan