Bugun shu mavzuga kengroq yondoshishga harakat qilamiz. Chunki asalari bir mo'jiza jonzot. Uni parvarishlash ham shifo, ham zavq beradi odamga. Quyida ko'pchilikni qiziqtirgan asalari mahsulotlari hususida ma'lumot beramiz.
Propolis
Propolis asalari yelimidan ishlab chiqariladigan mahsulot. Uni asalarilar mum katak inlarni yaltiratish uchun (polirovka), arixona tirqishlarini suvash, berkitish uchun ishlatadi. Propolis asalari oilasining hayotida muhim rol o'ynaydi. Uning kelib chiqishi to'g'risidda ikki xil fikr bor: birinchisi - asalarilar gulchang bilan ovqatlanganida chang po'stlog'ida bo'ladigan balzamga o'hshash moddani qaytaradi va bu modda mum bilan aralashib propolis hosil qiladi. Ikkinchi fikr - asalarilar terak, qayin kurtaklaridan va boshqa manbalardan smolasimon moddalarni yig'adi. Shu moddalardan propolis hosil bo'ladi. Bu ikkala fikr propolisning kelib chiqishini tushuntirishda haqiqatga yaqinroq keladi.
Propolisning tarkibi har xil bo'ladi. U asalari yashayotgan joyning geografik kengligiga, o'sadigan o'simliklar turiga va boshqa hususiyatlarga bog'liq. Umuman olganda propolis 50-55% propolis smolasi va balzamlardan, 8-10% hushbo'y efir moyidan, 30% gacha mumdan va 5% gulchangdan tashkil topadi.
Bir asalari oilasidan tog'li hududlarda 80-270 grammgacha, paxtakor hududlarda esa 60-150 grammgacha propolis olish mumkin. Propolis 7-8 yil saqlansa tarkibidagi oksidlar va to'yinmagan birikmalarning miqdori kamayib ketadi.
Propolis tabobatda keng qo'llaniladigan shifobahsh modda hisoblanadi.