Shuuu... Ja köngil böwda, bowqalani havasini keltirib yozish niyatim yög'idiyu, yoz yoz deb qöyishmagandan keyin, xafa bömesila, ichlarizi kuydirib kuydirib yozaman....
Xullas, ovqatniyam qoyilmaqom qib pishirishdi, nima ovqatligini fotodan bilvolasla. Ovqatdan keyin ozgina uyoq buyoqdan gaplashib ötirdik. Sal kech bölganda soyga tushdik. Eng birinchi JaviK aka tushib oldi, menam ilhomlanib shartta tushib chömilayotsam, JaviK aka qaytyapti, suv sovuq deb qöyadi
Keyin Davronbek aka tushdilar. Undan keyin Aqoid aka, Muhammad Soxib aka tushishgach, JaviK akagayam suv separ qilib, tushishga majbur qildik. Xisob 3:2 uylanganlar oldinda. Mirolim aka boshini yuvish bilan kifoyalandi: zarba noaniq. Öyin nihoyasiga yetdi.... Iy uzr nima deyapman özi. Yuvinib bölgach, toqqa qarab yöl oldik. Eh söz bilan ifodalash qiyin, tabiat gözal, havo musaffo, yana nimalardir közni qamashtiradi. Forumchilarga sovg'a va yangilik tariqasida ilk bor tabiat qöynida videoreportaj uyushtirdik. Batafsil, foto va videolar bilan AbdulAziz aka tanishtiradi. Kelasi uchrashuvlarniyam shuyoqlaga uyushtirorila.