"Vodiy uchrashuvlari 5 yoxud Chodakdagi yozgi xordiq"  ( 68413 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Elcom  11 Iyul 2011, 12:47:06

Videolarni  ko`rdim , chodak  chiroyli va  so`lim go`shalar ekan , keyingi  safar  Albatta  boraman !!!

Qayd etilgan


Ansora  11 Iyul 2011, 12:55:42

Assalomu alaykum forumdoshlar, dindoshlar, qardoshlar:)

Rasm va videolarni ko'rib havasim keldi. Xuddi Chodakni havosi bu yerlargacha esganday bo'ldi. Vatanni bir parchasini bo'lsa ham ko'rib xursand bo'ldim.
Chodak, deb ko'p eshitganman, uyimizdagilar ham borishgan, lekin menga nasib bo'lmagandi. Balki bir kuni borib qolarmiz:)
Yana bir bora rahmat:)

Iye, mavzuni muallifi kelmabdilaru uchrashuvga :D

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:09:00



Biz o'tirgan joy shu soyning chap biqinida joylashgan edi.



Chodakka dam olgani bormoqchi bo'lganlarga tavsiya etamiz. Ikkita so'ri, ikkita yotoqxona, kladovka, o'choq-qozon, idish tovoq, xullas hamma narsasi bor. Telefon raqamini Muhammad Sohib yozib olgan. Shundoq yonginamizda chim-stadion ham bor. Futbol o'ynamoqchi edik-ku, lekin saxardan so'ng hamma uxlab qoldi...
Xullasi kalom, kelo'rila, "joy bor ->"

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:13:23



Saxarlabdan uyidan choy ichmay chiqqan men kabilarning talab va istaklariga ko'ra, dachaga tushib olgach, avvalgi ishimiz ovqat tayyorlash bo'ldi.



Bosh oshpazlikni Muhammadsohib bo'yniga oldi. Unga Abdulhafiz ko'maklashdi. Kartoshkalarni Mirolim bilan Javik yuvdi. Javik bir kilo kartoshkani soyga oqizib yubordi.



Ikki namanganlik o'choq boshida o'z yumushlari ila shug'ullanishdi.



Javik va Muzaffar ularni kuzatgancha hangoma aytib turishdi. O'choqqa ilk o'tinni men tashladim. O'tni Muhammadsohib yoqdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:18:01



Bosh oshpazimiz Muhammad Sohib. Aqoid akaning aytishicha, u Chustiydan o'zib ketdi. Nega deysizmi? Biz Chustiyning ovqatini faqat ko'ramiz, Muhammad Sohibnikini tatib ham ko'rdik.



Namangancha "qotirma" shunday bo'larmish.



Qotirmaning go'shtlari ham qotib-qotib pisharkan. Yeganingizda g'isir-g'isir qilarkan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:20:57



Bu yosh baliqchilar haqida yuqoridagi videolavhamizda batafsil...



Aqoid akamizning yoshliklari esga tushib ketdi.



Cho'milish marosimidan so'ng tarvuzxo'rlik qildik. Tarvuzso'yar: Mirolim.

Qayd etilgan


Ansora  11 Iyul 2011, 13:24:08

Haaa, "Qotirmajonni"yeyish uchun juda sog'lom tish kerak ekan : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:29:07



Toqqa sayrimiz boshlandi. Bir payt bo'ydoqlarimizdan biri "Huv ana BelleQizcha!" desa, qani deya o'sha tarafga qarabman. Ko'rmayapmanku, desam, bo'ydog'imiz uzoqda yolg'izgina ochilib turgan kungaboqarni ko'rsatdi... Qaytishda ham ko'pgina Bellelarni ko'rdik... :)



Toqqa chiqish oson emas ekan. Ayniqsa, u tikka bo'lsa.



Biz chiqqan cho'qqidan atrofdagi tog'larning ko'rinishi.



Chodak tog'lariga ham ziyouz.com ni muhrladik.



Cho'qqida qolgan yigitlarning tosh otish musobaqasi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:45:02

Tog'dan tushish ham oson kechmadi. Kechqurungi taom: sho'rvani Muhammadsohib pishirguncha hamma soyning bo'yida 1-2 soat cho'zilishga ulgurdi.



Ikkinchi kungi manzilimiz Sharsharalar tomon bo'ldi. Bu yerlarda asosoiy transport vositasi ko'rib turganingizdek, (kajavali) mototsikllardir. Ushbu mototsikllarga 10-12 kishining sig'ishi va ularning tog' so'qmoqlari aro uchib yurishini ko'rganingizdan so'ng "Taksi" filmini ko'rmasangiz ham bo'laveradi. Xayriyatki biz, 20 kmlik yuqori manzilga "Niva"da borib keldik.



Yo'lning ikki tomoni tog'lar bilan o'ralgan.



Katta sharshara. 20 metrlar yuqoridan pastga tushadi. Mahalliy xal bu sharsharani "Tuya sharshara" deb nomlarkan. Sabab sharshara yaqinidagi hayvonot bog'chasida tuya bor ekan.



Kichik sharshara. Mahalliy xalq bu yerga "Diskoteka sharshara" deya nom beribdi. Sababi: o'sha sharshara tagida buyurtmaga qo'shiq qo'yib berisharkan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2011, 13:47:31



Ushbu tabiat mo'jizasi mahalliy xalq orasida "Onaning ko'z yoshlari" deb atalarkan.




Qayd etilgan