Tog'dan tushish ham oson kechmadi. Kechqurungi taom: sho'rvani Muhammadsohib pishirguncha hamma soyning bo'yida 1-2 soat cho'zilishga ulgurdi.
Ikkinchi kungi manzilimiz Sharsharalar tomon bo'ldi. Bu yerlarda asosoiy transport vositasi ko'rib turganingizdek, (kajavali) mototsikllardir. Ushbu mototsikllarga 10-12 kishining sig'ishi va ularning tog' so'qmoqlari aro uchib yurishini ko'rganingizdan so'ng "Taksi" filmini ko'rmasangiz ham bo'laveradi. Xayriyatki biz, 20 kmlik yuqori manzilga "Niva"da borib keldik.
Yo'lning ikki tomoni tog'lar bilan o'ralgan.
Katta sharshara. 20 metrlar yuqoridan pastga tushadi. Mahalliy xal bu sharsharani "Tuya sharshara" deb nomlarkan. Sabab sharshara yaqinidagi hayvonot bog'chasida tuya bor ekan.
Kichik sharshara. Mahalliy xalq bu yerga "Diskoteka sharshara" deya nom beribdi. Sababi: o'sha sharshara tagida buyurtmaga qo'shiq qo'yib berisharkan.