Muallif Mavzu: Bola qulog'iga azon o'qish  ( 17576 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

dilfuz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 7
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 13
Bola qulog'iga azon o'qish
« : 18 May 2011, 18:56:09 »
 Assalomu alaykum.Bu mavzu bo'yicha ma'lumot balki aytilgandir lekin men topa olmadim.2 ta bolam bor ;3 va 5 yoshda.Ularning qulogiga azon o'qitish kerakmi?Shu haqda ma'lumot bersangiz.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #1 : 18 May 2011, 19:13:07 »
Янги туғилган боланинг қулоғига азон ва такбир айтиш

Рофеъ розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Фотима розияллоҳу анҳонинг туққан боласи Ҳасан ибн Алининг қулоғига азон айтаётганларини кўрдим».
Абу Довуд ва Термизий ривоят қилган.
Ушбу ҳадиси шарифга биноан янги туғилган фарзанднинг ўнг қулоғига азон, чап қулоғига иқома айтмоқ мандубдир. Аллоҳнинг зикри янги туғилган боланинг қулоғига кирган биринчи нарса бўлиши қандай ҳам яхши. Албатта, бу улуғ нарсанинг ўзига яраша баракаси бўлади.
Ҳусайндан ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимнинг боласи туғилса-ю, унинг ўнг қулоғига азон, чап қулоғига иқома айтса, унга Умму Сибён зарар етказа олмас», дедилар».
Абу Яъло ривоят қилган.
Умму Сибён болаларга зиён етказадиган жин тоифасидир.

Савол: Асаалому алайкум  рахматуллоху ав баракотух.
Чакалоклигида азон айтилмаган булса. Еши 10 га етган булса азон чакириса буладими. Ёки кечми.

Жавоб: Кеч.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф.
Manba
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

dilfuz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 7
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 13
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #2 : 18 May 2011, 19:32:00 »
Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.Nima deb o'ylaysiz mening bolalarim uchun ham kechmi?nega shu narsani oldinroq o'ylamabman

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #3 : 18 May 2011, 21:44:46 »
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.

Best friend

  • Mehmon
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #4 : 18 May 2011, 23:49:38 »
Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.Nima deb o'ylaysiz mening bolalarim uchun ham kechmi?nega shu narsani oldinroq o'ylamabman
Mo'min Mirzo akaning gaplariga qo'shilaman. Islomda har narsaning ilojisi bor! Aytish noqulayu lekin, aytaman: Ibrohim a.s. yetmish yoshdan o'tganlarida o'zlarini o'zlari sunnat qilgan ekanlar.

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #5 : 19 May 2011, 02:25:33 »
Hm... fikrimcha juda kech..


Chunki jiyanim tug'ulganida, (hozir ikki yoshda) Masjida aytishgandi-kiy, Musulmon chaqolaqa uch kunga qadar azon aytish Shart! uch kundan kiyin esa juda kech...
Yana Allah o'zi bilguvchidur
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Best friend

  • Mehmon
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #6 : 19 May 2011, 07:48:12 »
 Nega birovni umidsiz qilasizlar? Birovning umidini so'ndirish yahshi narsa emas-ku?

Rasululloh s.a.v. dedilar: "Alloh taoloning rahmatidan umid qilguvchi gunohkorlar, gunohkorlarni Alloh taoloning rahmatidan noumid qilguvchi kimsalardan yahshiroqdir". (Ibn Mas'ud rivoyati)

Abdumuhaymin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 182
  • -oldi: 603
  • Xabarlar: 728
  • Jins: Erkak
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #7 : 19 May 2011, 08:50:41 »
Hechdan ko'ra kech yaxshi!

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #8 : 19 May 2011, 09:09:45 »
Аввало бу саволдан бирор исломий илм эгаси бўлган инсондан жавоб олиб беришга харакат қилайлик азиз форумдошлар. Опамиз жуда яхши фикр қилибдилар. Агар фарзандлари хусусида шундай ниятда эканлар, у кишидан Оллох рози бўлсин.
Ўз шахсий фикрларингиз билан бундай нозик масалада чалкашлик келтириб чиқарманглар. Пайғамбаримиз хам айтганларку "битта оқил, илмли киши юзта обиддан афзалроқ" деб. Имконияти бор юзерлар бу масала юзасидан илми кучли, ислом билимдонларидан сўраб берганларинг маъқулроқ бўлса керак.

P.S. Ўзим шахса бир ёши улуғ, кўпни кўрган инсондан эшитгандим: Агар бола онасида йиғлаб туғилса, унга исм қўйиб, қулоғига азон чақирилади. Боланинг умри қанча бўлишидан қатъий назар! (чунки илганри тиббиёт ривожланмаган пайтларда чақалоқларнинг чала туғилиши ва бу орқали умрининг қисқа бўлиши хозиргидан кўп бўлган экан) Бу билан у бола хам қиёматда пайғамбаримиз умматлари қаторида бўлиши назарда тутилади. Чунки Расулуллох с.а.в "Қиёматда умматларимнинг кўплиги билан фахрланай" деган ният қилганлар.
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #9 : 19 May 2011, 10:27:48 »
Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.Nima deb o'ylaysiz mening bolalarim uchun ham kechmi?nega shu narsani oldinroq o'ylamabman
Cиз мана шу савол билан ҳазратга мурожаат қилинг.  Ёки илмли кишига учрашинг.

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #10 : 19 May 2011, 17:42:09 »
Best friend, sovol soralgan, jovob beryapmiz... Bunaqa joyda umidsizlik bolmayapti? Soragan sovollarga togri jovob olsalar ozlariga yaxshi
Yana Allah ozi bilguvchidir
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Best friend

  • Mehmon
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #11 : 19 May 2011, 20:33:38 »
 Hazratdan so'rab nima qiladilar kech deb javob beribdilarku.

 Kech bo'lsa endi Mo'min Mirzo akaning maslahatiga rioya qiling opa.
Iqtibos
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.
Ko'nglingizni cho'ktirmang faqat. Sahobalarga ham azon aytilmagan vallohua'lam. Chunki johiliyat paytda tug'ilganlar. Lekin qanday inson bo'lishdiya. Birinchi navbatda umidni, ikkinchi navbatda maqsadni uchinchi navbatda amalni qilavering opa...

P.S. Kechirasizlar, yana kichkina bo'lvolib aql o'rgatyapti demanglar. Nima bo'lganda ham noumid faqat Shayton alayhila'na...

ree7

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 235
  • -oldi: 338
  • Xabarlar: 277
  • Jins: Erkak
  • Mr. PиCевен
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #12 : 19 May 2011, 22:11:11 »
Bilishimcha bolani qulogiga birinchi kirgan narsa busin deb azon aytiladi. Katta bugandan keyin ilgari aytilmagan bulsa endi shartmas deyilibdi. Bu narsani farz, qimasa bumidigan muhim amallardan deb tushunib olishlik ham tug'ri bulmasa kerak.
"Ey Robbim, g'am-tashvishlarim naqadar katta" dema, balki "Ey g'am-tashvishlarim, Robbim naqadar katta (buyuk)" degin!

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Bola qulog'iga azon o'qish
« Javob #13 : 20 May 2011, 21:25:17 »
Hazratdan so'rab nima qiladilar kech deb javob beribdilarku.

 Kech bo'lsa endi Mo'min Mirzo akaning maslahatiga rioya qiling opa.
Iqtibos
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.
Ko'nglingizni cho'ktirmang faqat. Sahobalarga ham azon aytilmagan vallohua'lam. Chunki johiliyat paytda tug'ilganlar. Lekin qanday inson bo'lishdiya. Birinchi navbatda umidni, ikkinchi navbatda maqsadni uchinchi navbatda amalni qilavering opa...

P.S. Kechirasizlar, yana kichkina bo'lvolib aql o'rgatyapti demanglar. Nima bo'lganda ham noumid faqat Shayton alayhila'na...

Best friendni gaplariga qo'shilaman albatta Habib aka aytgandek ilmli insonlardan ham so'rashlik kk lekin bu narsada umidsizlikka tushish musulmonga yarashmaydi .
,shunaqa muhit ,oilada yashaganlar borki  namozni faqat katta yoshli , ishi qomagan odamlar o'qiydi zerikkanidan deb o'ylashadi astag'firulloh .lekin Alloh hohishi bn hidoyatdan nurlangach tavba va istig'fordalar hozir .

 

Horijda o'qish

Muallif AbdulAzizBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 64
Ko'rilgan: 58125
So'nggi javob 18 Fevral 2015, 01:29:08
muallifi Grantlar.uz
Kitob o'qish kimga yoqar...

Muallif MargilanetsBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 76
Ko'rilgan: 34148
So'nggi javob 04 Mart 2012, 21:33:10
muallifi Skromnaya
Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 62
Ko'rilgan: 43500
So'nggi javob 07 Iyun 2017, 01:42:24
muallifi Zaha
Bola saqlab olishga munosabatingiz?

Muallif MuslimаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 6133
So'nggi javob 24 Yanvar 2010, 00:42:56
muallifi Akbarjоn
Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman

Muallif gani sherBo'lim Xorijiy bo'lim/Foreign board

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 37997
So'nggi javob 18 Dekabr 2014, 12:59:36
muallifi KTL Yuridik idorasi