Hazratdan so'rab nima qiladilar kech deb javob beribdilarku.
Kech bo'lsa endi Mo'min Mirzo akaning maslahatiga rioya qiling opa.
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.
Ko'nglingizni cho'ktirmang faqat. Sahobalarga ham azon aytilmagan vallohua'lam. Chunki johiliyat paytda tug'ilganlar. Lekin qanday inson bo'lishdiya. Birinchi navbatda umidni, ikkinchi navbatda maqsadni uchinchi navbatda amalni qilavering opa...
P.S. Kechirasizlar, yana kichkina bo'lvolib aql o'rgatyapti demanglar. Nima bo'lganda ham noumid faqat Shayton alayhila'na...