Попрощайтесь с болезнями / kassaliklar bilan xayrlashing  ( 7206 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


akula  21 May 2011, 13:29:19

Aziz forumdoshlar ushbu mavzuda yordamiz kerak kim ushbu kitobni uqigan bulsa yo bumasa oz moz habari busa yordam bersun mani sherigim bor Saak degan u odam Arman birga ishlimiz  sherigim yoshi 58 ga borib qolgan kurinishi judda ham yosh kelishgan qadi qomatga ega va hotirasi juda ham kuchli  3-4 ta tel nomerni bir marotaba aytsangiz bas eslab qola oladi ... hech qachon qaynatilgan va qovurilgan ovqat istemol qilmaydi va manga ham shunday deb maslahat beradi va ushbu kitobni tafsiya etdi manga Майс Гогулан "Лопрос‰айтесь с болезнсми"  shu kitobda uqib qoldim sog bulay desangiz ovqatlanishda faqatgina iloji boricha yangi uzilgan svejiy meva va usimliklar iste'mol qilish kerak ekan va yana qovurilgan qaynatilgan ovqatla yemaslik kerak deb yozipti umuman oganda biz istemol qilyotgan ovqatlar hamma hammasi qovurilgan yo bumasa qaynatilgan ovqatlar istemol qilamiz nima endi bunday tartibda ovqatlanmaslik kerakmi bu endi odam uchun ziyoni bormi bu yevotgan ovqatlarimizni ?? kitobda yozilgandek ovqatlanish keremi usimliklar mevalar va tabiy mahsulotlar bilan kimda qanday fikri bor bulsa yozib qoldirng !!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 May 2011, 15:09:55

:as:
Juda to'g'ri aytibdi. Bu mavzuda 5-6 oydan beri qiziqib o'qib amalga o'tyapman.
Avvalga o'rganizmga chiniqtirib (mijozni mo'tadillashtirish) olish lozim.
Tabiiy yeguliklar bilan (tuzsiz, kraxmalsiz, hayvon yog'isiz, kofeinsiz) taomlansak avval organizmda o'zgarishlar boshlanadi. Qo'ltiq, oyoq, og'izdan sassiq xid keladi, bu organizm tozalanayotganiga nishona. Organizm tozalangandan keyin qo'ltiq, og'iz, oyoq umuman sasimay qo'yadi, hatto jazirama issiq kunlarida terlab ketsangiz ham qo'ltiqdan hid kelmaydi! O'zingizni yengil sezasiz, teringiz yasharadi, yuzdagi ajinlar ketadi... Bular o'z tajribamdan.
Hatto falaj (insult), revmatizm, kabi meditsinani uyaltirib qo'yadigan dardlar ham to'gri ovqatlanish yordamida tezlik bilan davolasa bo'ladi.
Qorinni aldash uchun ko'p suyuqlik ichish kerak bo'ladi, bu organizmni toza tutishiga katta ro'l o'ynaydi. Qaynatilgan suv, ko'kchoy, limono't, kiyiko't, yalpiz, namatak, dolchin, zanjabil singari giyohu ziravorlardan shakarsiz damlamalar juda foydali, mo'jizani o'zi.
Go'sht o'rnini yong'oqlar har tomonlama bemalol bosa oladi. Yog', oqsil ham kaloriya ham yong'oqlarda ko'p. Hayvon yog'lari bizga zarar (qonda xolesterin ortib ketishi mumkin), yong'oqlarda esa foydali yog' bor. Go'sht o'rnini kunjut, semechka, mak, zig'ir urug'i bemalol bosadi.
Eng afzal taom bu toza havo va suv. xom sabzavotu ho'l-quruq mevalar, giyohlardan damlamalar. Bug'da pishirilgan taomlar, qaynatma sho'rvalar.
Eng yomoni yog'li tuzli ovqatlar (qovurdoq, qozonkabob, gamburger singari ko'p miqdorda yog' va tuz qo'shilgan taom), dudlangan go'shtlar, qayta isitilgan taomlar, konservalar, konditer mahsulotlari (va sintetik mahsulotlar, shakar, qahva, kraxmal, tuzlamalar va shulardan tarkib topgan taomlar organizm uchun koni zarar.
Bizda bunday taomlar ko'p iste'mol qilinadi, shuning uchun ham barcha kasallikdan boshi chiqmaydi. Oddiy ich qotishga odamlar ahamiyat bermaydi, vaholanki organizm bu vaqtda oshqozon, jigar, buyrak, yurakni juda qiynab ko'plab kasalliklarga eshiklarni lang ochib berayotgan bo'ladi.
Tabiiy yeguliklarda qon doim toza bo'ladi, qon toza bo'lsa odam sovqotmaydi, sovuq kunda ham bemalol cho'mila olasiz, shamollash degan narsa nimaligini ham bilmaysiz.

Qayd etilgan


akula  21 May 2011, 16:49:28

 ;D rahmat aka lekin man hech ko'nikolmayabman negadir qorin och qoluvradi qiyinroq ekan bunaqada ozib ketmimanmi shu tarzda ovqatlanib ??

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  24 May 2011, 22:30:29

;D rahmat aka lekin man hech ko'nikolmayabman negadir qorin och qoluvradi qiyinroq ekan bunaqada ozib ketmimanmi shu tarzda ovqatlanib ??
Qorningiz ochmaydi!!!
Agar ofislarda ishlasangiz, bizga o'xshab kompyuterda, mashinada o'tirib ishlasangiz qorningiz umuman ochmaydi. Balki miya oshqozonga signal yuboradi, "ovqatlanish vaqti bo'ldi, tur oshxonaga" deydi : )
Ertalabki yengil nonushta kechgacha bemalol yetadi, kechgacha shu bir burda non bilan maska yog'ni hazm qilishi ham gumon.
Masalan Payg'ambarimiz zamonida sahobalarimizning 2-3dona xurmo va yarim kosa sut bilan kuni o'tar edi. Xotirasi juda kuchli, tadbirli, parhezkor, jangda shijoatli bo'lishgan. Ko'p yeyish me'dani sovutib qo'rquv hissini kuchaytiradi.

Faqat biz bolalikdan kunda 3 marta taomlanib organizmni o'rgatib qo'yganmiz. Qornimiz ochsa-ochmasa peshin vaqti bo'lganda oshqozonimiz buray boshlaydi, o'zimizda biroz behollik sezamiz. Bu vaqtda oshqozon aldayotgan bo'ladi, ishonavering, ochlikdan emas bu, balki miya o'rganib qolgan vaqtda oshqozonga signal yuboradi, oshqozon esa ovqat kerak bo'lmasa ham talab qila boshlaydi.
bir necha kun shunday erkaligiga chidab bersangiz bu o'tib ketadi, uzog'i bilan 2 hafta qiynalasiz.
Agar 16 soatda bir bor ovqatlanishga o'rganganimizda, huddi shunday har 6 soatda emas balki 16 soatda oshqozon burab behollik boshlanardi. Bu oshqozonning erkaligi holos, ochlikdan emas : )

Ozib ketish haqidagi gapingizga kelsak... Ozg'in bo'lsangiz ozimaysiz, qaytaga semirishingiz mumkin. Semiz bo'lsangiz oziysiz. Qisqasi, kelinchakka yoqadigan darajaga borasiz, ya'ni eng normal ko'rinishga kelasiz : )
o'tgan postda yozgan edim, go'shtdagi moddalar mak, zig'ir urug'i, yong'oqlar, kunjut, kungaboqarlarda, boqila, loviya, mosh singari dukkakliyu donlarda bor, bular odamni go'shtday semirtira oladi. faqat go'shtdagi yog'da xolesterin bor, o'simliklardagi moydan esa tashvishlanmaysiz.
Xolesterin bizga kerak, lekin kunda 2-3 mahaldan go'sht, tuxumlar yesak xolesterin meyordan oshib ketadi. xolesterinning kunlik meyorini bitta tuxum yeyish bilan to'ldirsa bo'ladi, ortiqchasi zarar.

Iqtibos
lekin man hech ko'nikolmayabman negadir qorin och qoluvradi qiyinroq ekan

Bu chindan ham oson emas, to'g'ri ovqatlanishga birdan o'tish uchun "bedavo" kasallikka chalingan bo'lishi kerak : ) Aniqrog'i, meditsina bedavo deb tashxis qo'ygan kasallargina birdan to'g'ri ovqatlanishga o'ta oladi. Chunki oldida boshqa yo'l ham yo'q, mediklar bedavo dedimi endi u uchun yagona yo'l tabiblarga quloq solish, to'g'ri ovqatlanib va haftada 1-3kun faqat suv yoki zardob bilan ichni tozalab turish bilan kasallikni yenga oladi.
Boshqalar to'g'ri ovqatlanish va ochlik qilib turish naqadar foyda ekanligini, buni Payg'ambarlar ham avliyolar ham qilib turishini, ovqatlarning ziyonlarini tushunib yetib asta-sekin to'g'ri ovqatlanishga o'tishni yo'lga qo'ysa bo'ladi.
Hozir kunda 3 mahal go'shtli taom iste'mol qilayotgan bo'lsangiz, endi kunda 1 marta (faqat tushlikda), keyinroq haftada 3marta go'shtli ovqat yeng. Shunday yo'l bilan go'shtda qocha boshlaysiz. Go'shtni sog'lom odamlar haftada bir marta yesa yetadi.

2. Yuqori miqdorda shakar qo'shilgan maxsulotlardan qoching (murabbo, qandolat maxsulotlari, ko'chada sotiladigan turli sharbatlar, koka kola singari salqin ichimliklar...). O'rniga mineral suv, yoki uy sharoitida tayyorlangan, shakar o'rniga asal qo'shilgan salqin ichimliklar iching.

3. Tuzni dasturxondan olib tashlolmasangiz ham kamaytiring. Tuz havfli, lekin yog'chalik emas, tuzni organizmdan oson yuvib tashlasa bo'ladi. Bunga bir necha kunlik ochlik, yoki tarvuzli parxez bilan erishish mumkin.

4. Kraxmal ya'ni oq undan qilingan nonlar, ayniqsa bo'lka non, bozor non, patir nonlardan qoching. Bo'lka non chala pishgan nonlar turiga kiradi, juda yopishqoq.

Ps. Jismoniy mehnat ko'p qiladiganlar har qanday taomni yesa ham oshqozoni hazm qilib yuboraveradi, yog'li dimlamalar ham krahmalli bo'lka nonlar ham usta halqining baquvvat oshqozoniga chiday olmay tez hazm bo'lib ketadi.
Bizga o'xshab kam harakat qiladiganlar esa yog'li ovqatlarni salatlar bilan yoki ajdodlarimiz odatiga rioya qilib ovqatdan so'ng qatiq ichish bilan oshqozonga og'irlik yuklab qo'ymasligimiz lozim bo'ladi.

Qayd etilgan


akula  26 May 2011, 20:16:18

Kotta rahmat Mo'min Mirzo aka juda foydali maslahatlar berdiz !! endi quldan kegancha harakat qilaman ovqatlanish tartibini uzgartirishga ..

Qayd etilgan


ummugulsumm  26 May 2011, 23:23:23

 
;D rahmat aka lekin man hech ko'nikolmayabman negadir qorin och qoluvradi qiyinroq ekan bunaqada ozib ketmimanmi shu tarzda ovqatlanib ??
  Asosan ochlikka asta sekinlik bilan kuniktirib borish kk aks holda organizmdagi ayrim a'zolarni shikastlashingiz mumkin.
 Kun buyi tetik yurib,ochliknisal bulsada unutishni iloji bor albatta sizga tafsiyam
 1 ta bedana tuhumi
 150 gm qaynatib sovutilga sut
 tabga kura shakar,vanil
bu massalarni birlashtirib mikserda kupirtirib istemol qiling.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  26 May 2011, 23:49:05

UmmuGulsum! Birodarimiz salomatlik haqida so'ramoqdalar, baquvvat yoki ochlikni sezdirmaydigan taomlarni so'ramadi. Siz aytgan retsept ozimoqchi bo'lganlarga yordam berar, bu yog'ini bilmadim. Lekin salomatlikka foydasi yo'q.
Shakar, vanilinni hech qanday foydasi yo'q, aksincha bu qayta ishlangan maxsulotlar qonni buzadi.
Muntazam sut (qatiq) bilan tuxumni qo'shib yeyish esa organizm ishlarini buzib pes kasalini keltirib chiqaradi.

Qayd etilgan