Assalomu alaykum.
HUJJAT TOPSHIRISH VAQTI KELDI!Biz shu kunga qadar vaqtning tez o‘tib borishi haqida ko‘p gapirdik. Mana, kutilgan onlar juda ham yaqin qolganiga yana bir ishora sifatida, oliy o‘quv yurtlariga bugundan, 20-iyundan, hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
Endi abituriyent do‘stlarimiz qaysi oliy o’quv yurtini tanlasam ekan deb bosh qotirishadi. Ballarni bir- biriga solishtirib, taqqoslashadi.
Oliy o‘quv yurtini tanlash haqida gazetamizning 8-sonida maqola berilgan edi. Shu sababli sizni bu masalada yana bir marotaba boshingizni og‘ritib o‘tirmaymiz, faqatgina mazkur maqolaga o‘z e’tirozini bildirgan bir muxlisimizning savoliga javob berib o‘tsak:
— Odatda, bir yili o’tish balli 185 yoki undan yuqori bo'lgan oliy o'quv yurtlarining ballari keyingi yili tushadi yoki, aksincha, balli past bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarida juda ham ko'tarilib ketadi. Shaxsan o'zimning tajribamdan: balli 175 ball atrofidagi fakultetga topshirgandim, o‘sha yili 196 ballga ko'tarilib ketdi. Xo’sh, bunday hollarda nima qilish kerak? Ehtimol, balli juda yuqori bo’lgan joyga hujjat topshirish kerakdir. Chunki bir yil oldingi ma’lumotlarni ko'rgan ko‘pchilik abituriyentlar past balli OTMga hujjat topshirishadi va shu sababli raqobat yana oshib ketadi.
— Albatta, abituriyentlar ko‘p hollarda o‘tgan yilgi ballarga qarab xulosa qilishadi. Lekin bu o‘z nomi bilan o‘tgan yilgi ball, bu yilgi ball emas. Ba’zan boshqa fakultet va universitetlarga solishtirib ko‘rilganida ball nisbati unchalik o‘zgarmaydi. Ya’ni, qaysidir oliy o‘quv yurtining boshqa oliygohdan balli sezilarli darajada past bo‘lsa, keyingi yil birdaniga ikkinchi oliygohdan ko‘tarilib ketmaydi. O‘tgan yilgi ball solishtirish uchun yaxshi. Lekin bu yilgi ballni taxmin qilish uchun 3-4 yillik ballarni ham solishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda vaziyat sizga oydinroq ko‘rinadi.
Undan tashqari, u yerga topshiruvchilarning soni kamligi ham ballning pasayishidan dalolat bermasligi mumkin. Biroq nisbatan raqobat kam joyda ball tushish ehtimoli ortadi.
Ballning birdaniga ortib yoki kamayib ketishi, asosan, o‘tish ballari yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yuz beradi. Yuqori balli joyga hujjat topshirishning o‘ziyoq tavakkal hisoblanadi. U yerda ball oshishi yoki kamayishini, albatta, inobatga olishingiz lozim.
Hujjat topshirishda shoshilish yoki o‘ta xotirjamlikka berilish yaramaydi. Chunki shoshilinchda topshirilgan hujjat sizga bir qancha noqulayliklar olib keladi, fikringiz o’zgarib hujjatlaringizni qaytib olaman desangiz, ham o’zingizga, ham qabul komissiyasi a’zolariga ortiqcha boshog‘riq yaratasiz. Aksiga, o‘ta xotirjamlikka berilib, hujjat topshirishni oxirgi kunga qoldirsangiz, kichik bir kamchilik tufayli hujjatlaringiz qaytarilsa, bu yil talaba bo’lish baxtini qo‘ldan boy berib qo‘yishingiz mumkin.
Hujjat tayyorlash biroz vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu bois hujjatlarni tartibga solish davomida dars tayyorlash rejangiz buziladi. Bu narsani oddiy qabul qilib, kunduzi yo‘qotilgan vaqtni kechki paytda to‘ldirib olasiz. Quyida esa Oliy o‘quv yurtiga topshirish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini keltiramiz:
Ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan ariza;
O'rta yoki o'rta maxsus kasb- hunar ma'lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086/U-shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;
3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiada va tanlov g'oliblariga imtiyozli ravishda o'qishga kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi;
Muddatli harbiy xizmatni imtiyozli tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
Jismoniy tarbiya institutiga kiruvchi abituriyentlar, yuqorida qayd etilganlaridan tashqari, sport malakasini tasdiqlovchi hujjat, 8 ta fotosurat (maxsus tibbiy ko'rik varaqasi uchun) taqdim qiladilar.
ManbaDo'stlar man ham bu yil Jizzax davlat ped.institutiga hujjat topshirmoqdaman. Bu man uchun birinchi imtixon! To'g'risi hammasiga tavakkal qimoqchiman. Chunki ishdan bo'shay olmepman. Lekin o'qishga kirgim keladi! Duo qilinglar!
Olloh o'zi madad bersin!