Yangi loyiha: Hadyalashamiz - muhabbatlashamiz!  ( 153973 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 16 B


AbdulAziz  26 May 2011, 19:11:35

 :bsm3:
Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Hadyalashingiz, bir-biringizni sevingiz». (Abu Hurayradan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan).

Hadyalashib turmoq ham bir muhabbat vasilasidir. «Bir-biringizga hadyalar bering, muhabbatingiz ortgay», degan bir hadisi sharif bor: «Tahadav-tahabbu». «Hadyalashing – muhabbatlashgaysiz». Shuning uchun turli bayram-hayitlarda, muborak kun, mavlud, to‘y kabi sabablar bilan, turli fursatlarda birodarlar bir-birlari bilan hadyalashib turgaylar. Yodgor-esdalik, xotira narsalar berib turmoqlari lozim. Muhabbatlarining tarjimoni bo‘lgay bu hadyalari. Shu yo‘sin muhabbatni orttirmoqqa uringaymiz. (Mahmud As'ad Jo'shon)

Assalomu alaykum!

Taqdim:
Inson jamiyat bilan birgalikda yashar ekan, albatta ularni mehr-muhabbat birlashtirib turadi, mehr bo'lmasa, insonning yashashga nisbatan hissi susayadi, muhabbat bo'lmasa, hayotning qizig'i qolmaydi. Yuqorida hadisi sharifda ta'kidlanganidek, insonlarning bir-birlariga mehr-muhabbatlari oshishining sabablaridan biri hadya ulashmoqdir. Shul sababdan ushbu loyihani "Hadyalashamiz - muhabbatlashamiz!" deya nomladim.

Tavsif:
Inson doimo "menga u kerak, menga endi bu kerak" kabi g'alvalar bilan yuradi. Unga intilishga harakat qiladi. Shuningdek, ba'zi narsalar unchalik kerakmasdek tuyuladi. Shunda musulmon qalb o'sha narsani boshqa birodariga ilingisi keladi. Loyihamizning asosiy maqsadi o'zimizga kerak bo'lmagan, ortqicha bo'lgan narsa-buyumlarimizni boshqalarga tortiq qilamiz. Shuningdek, kimgadir shu narsani tortiq qilardim, degan dilingizga tugib qo'ygan hadyani ham taqdim etishingiz mumkin.

Tartib:
Avvalo o'zingizda mavjud bo'lgan, sizga kerak emas, yoki sizda 2 ta bo'lgan narsangizni aniqlaysiz. Masalan, menda ikkita bir xil kitob bor. O'zimga bittasi yetadi. Shuning ikkinchisini kimgadir bermoqchiman. Lekin men bu kitobga kimning ehtiyoji borligini bilmayman. Men o'sha kitobni ehtiyojmand biroviga hadya qilishim haqida shu mavzuda xabar qoldiraman. O'sha kitobning suratini qo'yaman, kitobning nima haqdaligini, holatini yozaman.
Shu tarzda e'lonlar beriladi. Kimning o'sha narsaga ehtiyoji bo'lsa, e'lon egasiga PM yo'llaydi. "Shuni menga bering", "shu menga kerak edi" kabi postlar o'chiriladi. Bunday so'rov faqat PM orqali yo'llanishi mumkin. E'lon egasi so'rovlarni o'rganib chiqadi va ma'lum muddat ichida hadyani kimga berishini o'zi hal qiladi.

Tahsin:
Hadya beruvchi va oluvchi sovg'ani yetkazishni PMda kelishib oladilar. So'rov bo'yicha hadyani taqdim etgan shaxs bu haqda mavzuda xabar qoldiradi. Agar hadyani olgan shaxs ham hadya beruvchiga boshqa hadya bilan javob qilsa, nur ustiga a'lo nur. Diqqat: har qanday hadya uchun narx belgilanmaydi va pul aralashtirilmaydi. 

Taklif:
Ushbu loyiha yuzasidan taklif va mulohazalaringizni ushbu mavzuda qoldirishingiz mumkin. Allohdan boshlanajak xayrli ishlarga barakot tilaymiz!


Hadyalashamiz - muhabbatlashamiz! loyihasiga taqdim etilgan sovg'alar

2. "Muhabbat taronalari" kitobi :f:
3. "Amerika hikoyalari" kitobi :f:
5. "Alkimyogar" kitobi (Paolo Koelo) :f:
7. "Ten little Niggers" kitobi (Agata Kristi) :f:
8. "Tushda kechgan umrlar" kitobi (O'tkir Hoshimov) :f:
13. "Parma ibodatxonasi" kitobi (Stendal) :f:
14. "Eski o'zbek yozuvi" kitobi (Rahimboy Jumaniyozov) :f:
16. Koreys tili o'rganuvchilari uchun kitob va koreyscha-ruscha-o'zbekcha lug'at :f:
17. Қуръони Карим ўзбекча маънолар таржимаси (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф) :f:
18. "Xulafoi Roshidin" kitobi :f:
20. Hadis va Hayot. 1 juz' (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) :f:
21. Tishni oqartiradigan, milklar qonashidan to'xtatadigan tabiiy tish kukuni :f:
22. Soch to'kilishiga qarshi tabiiy yog' :f:
25. Hadis va Hayot. 1 juz' (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) :f:
27. "Kelinlar daftariga" (Tohir Malik) (3 ta jild) :f:
28. "Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi" (Alouddin Mansur, 1992) :f:
29. "Bobur armoni" kitobi (Hasan Qudratullayev) :f:
30. Aлишер Навои. Поэмы. 2-книга (ruscha) :f:
31. "Devona Mashrab" romani ( Xayriddin Begmatov) :f:
32. "Ibn Sino" romani (Maqsud Qoriyev) :f:
34. Qur'oni Karim turkcha ma'nolari tarjimasi :f:
37. "Ehl-i beyt imamları" kitobi ("Ahli bayt imomlari" Siraceddin Önlüer ) :f:
15. "O'gay Ona" kitobi (Ahmad Lutfiy Qozonchi) :f:
41. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tasavvuf haqida tasavvur" kitobi :f:
43. Said Ahmad "Yo'qotganlarim va topganlarim" kitobi (1999-yil) :f:
44. Odil Yoqubov "Ulug'bek xazinasi" kitobi (1994-yil) :f:
45. Hikmatlar xazinasi (MP3 disklar) :f:
42. "Bir vijdon uyg'onur" kitobi (Ahmad Lutfiy Qozonchi) :f:
38. MTS 3g Usb modem :f:

Band etilgan hadyalar

86. Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик кодекси
87. Ўзбекистон Республикасининг жиноят-ижроия кодекси
88. Ўзбекистон Республикаси фармонлар ва қарорлар
89. Нодар Думбадзе. Нишонга текмаган ўқлар. Қисса
65. Тўхтамиш Ҳакимбек. Улуғбек хазинасининг сири. Қиссалар
66. Габриэль Гарсиа Маркес. Ёлғизликнинг юз йили. Роман
79. Теодор Драйзер. Бахтиқаро Керри. Роман
59. Алишер Навои. Поэмы. 2-книга
67. А.Қ.Мунавваров. Оила педагогикаси
68. М.Асқархўжаева, А.Ҳакимова. Боғчаларда ўзбек тилини ўргатиш
69. Н.У.Бикмаева ва б. Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш
70. К.Қ.Мамедов ва б. Олигофрено-педагогика асослари
71. Р.Икромов, К.Қосимова. Ўзбек тилидан машқлар тўплами
72. Зафарбек Очилов. Синфдан ташқари тарбиявий ишларда касбга йўллашни шакллантириш
73. А.Ғ.Муҳиддинов. Ўғув жараёнида нутқ фаолияти
74. Р.Қурбонгалиева. Ўрта асрлар тарихидан контрол ишлар
75. Р.Икромова. Грамматика, имло ва нутқ ўстиришдан тарқатма материаллар
76. Н.У.Бикмаева ва б. Бошланғич синфларда математика ўқитиш методикаси
77. Ёш психологияси ва педагогик психологиядан практикум
78. Жамол Жалолов. Чет тил ўқитиш методикаси
81. Исҳоқ Содиқов. Фарғона зулмат қўйнида. Роман

O'z egasini kutayotgan hadyalar

1. Komputerlar uchun DVB karta
4. CD-RW va Dial-up 56 k modem
6. Amerikadan inglizcha, arabcha kitoblar
9. 9-10 sinf Nemis tili darsligi
10. 9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi (1998 yil)
11. Xorij mamlakatlari soliq tizimi  (2003 yil)
12. "Леся Украинка" китоби (Асил Рашидов)
19. Yota WiMax 4g modem (Rossiyadagilar uchun)
23. "Bir vijdon uyg'onur" kitobi (Ahmad Lutfiy Qozonchi)
24. "Payg'ambar atrofidagi kishilar" kitobi
26. "O'limdan so'ng" kitobi (Abu Homid G'azzoliy) 2 dona
33. Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash (Hasanmurod Jo‘rayev)
35. Yusuf Tovasliyning "Hikmatlar Xazinasi" (ikkinchi kitob) - Tarjimon Urfon Otajon (1993 yil)
36. Abdurahmon bin Hammad aali Umar "Islom- haq din" (1993 yil)
39. "Miracles of Quran" kitobi
40. "Masnaviy hikoyalardan darslar" kitobi
46. "O'tkan kunlar" (roman). Abdulla Qodiriy
47. "Oqqa qizil bilan" (hikoya). Artur Konan Doyl
48. Axborotnoma. Testlar to'plami (biologiya)
49. Axborotnoma. Testlar to'plami (kimyo)
50. Axborotnoma. Testlar to'plami (ona tili va adabiyoti)
51. "Ресурсы Windows NT" kitobi
52. "Сетевые средства Windows NT" kitobi
53. Tohir Malik. "Talvasa" kitobi
54. Tohir Malik. "Nomus va ajal" kitobi
55. Den Braun. "Da Vinchi siri" kitobi
56. Makka va Madina tarixi (Qadimgi Arabiston tarixidan lavhalar)
57. Мечети в Мекке и Медине
58. TOEFL cliffs. 2 tom
60. Universiteye hazirlama testleri. Modern matematik
61. Universiteye hazirlama testleri. Modern fizik, kimya, biyoloji, fen bilgisi
62. Uygulamalarla temel bilgisayar ve programcilik
63. Мирмуҳсин. Умид. Дегрез ўғли. Романлар
64. Роберт Луис Стивенсон. Меросхўр. Катриона. Романлар
80. Л.Космодемянкая. Зоя ва Шура ҳақида қисса
82. Хидир Деяев. Қисмат. Роман
83. Ишчилар. Очерклар
84. Жуна Давиташвили. Қўлларимни тинглайман
85. Содиқ Сайхун. Тўрақўрғоннома

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  26 May 2011, 20:02:37

яхши мавзу булибди, бекор ётган нарсаларимиздан биродарларимиз фойдаланиб бизни дуо килишлари хайрлирок.

1. Менда DVB карта бор, 2йил олдин тв тюнер деб адашиб олгандим, ушандан бери бекор турибди. Буни тарелкалик антенналарни компга улаб маза килиб курса буларкан. Бизда кабел тв булгани учун антенналарга эхтиёж йук.

Кимга керак булса пм ташлайверсин.

Qayd etilgan


AbdurRohman  26 May 2011, 21:16:38

Assalamu alaykum.
Alloh rozi bo'lsin sizdan, juda foydali va xayrli mavzu ochibsiz. InshaAllah bu mavzu orqali ko'pchili userlarimiz juda ko'p xayrli iwlarni amalga oshirishadi. InshaAllah bu mavzu forumdowlarni bir-biriga bo'lgan birodarlik mehrini oshirishda ham xizmat qiladi.
Alloh xayrli va bardavom qilsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2011, 21:53:22

2. "Muhabbat taronalari" kitobi



Kitob haqida: Rudakiy, Abusaid Abulxayr, Bobotohir, G'ijduvoniy, Kubro, Xayyom, Bag'dodiy, Attor, Rumiy, Pahlavon Mahmud, Sheroziy, Nasimiy, Xorazmiy, Foniy, Ubaydiy, Mirzo g'olib ruboiylari.
Tarjimon: Ergash Ochilov
Hajmi: 432 bet
Nashriyoti: Sharq
Yili: 2005
Holati: Yangi

Bir paytlar kimgadir hadya qilarman deb olgandim. Kimga bu kitob kerak bo'lsa, PM yozsin.

Qayd etilgan


Chustiy  26 May 2011, 21:58:29

Pishir, kuydirga oid kitobla bo'lsa hech ikkilanmay, tortinmay manga murojat qivurila :) milliy oshxonamizga oid bo'lsa yanada a'lo ;D

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2011, 22:00:27

3. "Amerika hikoyalari" kitobi



Kitob haqida: Zamonaviy Amerika adabiyotidan hikoya va qissalar
Tili: O'zbekcha
Tarjimonlar: Faxriddin Nizomov, Shoahmad Mutalov, A'zam Obidov.
Hajmi: 256 bet
Yili: 2011
Holati: Yangi

Kuni kecha menga 2 dona hadya qilishgan edi. Bittasini sizga hadya qilaman. Kimga kerak bo'lsa, PM yozsin.

Qayd etilgan


Sadulla  27 May 2011, 07:10:04

 :asl3:

AbdulAziz aka juda ham yaxshi mavzu ochibsiz.Inshaolloh biz ham shu mavzuga o'z hissamizni qo'shishga harakat qilamiz  ;)

Qayd etilgan


Ansora  27 May 2011, 12:35:39

 :asl3:

Hayrli mavzu uchun Alloh rozi bo'lsin, insonni ichiga iliqlik olib kirdi:)

Hadya baribir boshqacha narsada...

Qani endi masofalar yaqin bo'lsa edi,,,,,,eng boshda kitob almashuvlari olib borardik sizlar bilan:)

Ha keyin, bazi hadyalar uchun bir nechta pm kelishi mumkin, birinchi pm yozganga berasizmi hadyani :D

Qayd etilgan


registan  27 May 2011, 13:02:08

Juda foydali mavzu, Alloh davomli qilsin. Albatta eng yaxshi kitob foydalanilayotgan kitobdir.
Tokchada chang bosib yotgan kitobdan foyda yo'q.

Ha keyin, bazi hadiyalar uchun bir nechta pm kelishi mumkin, birinchi pm yozganga berasizmi hadiyani :D

E'lon egasi so'rovLARni o'rganib chiqadi va ma'lum muddat ichida hadyani kimga berishini o'zi hal qiladi.

Menimcha ham to'g'ri fikr, birinchi PM yozgan kishiga emas, ehtiyoji ko'proq kishiga berilishi foydaliroq.

Qayd etilgan


UzMuslim  27 May 2011, 20:13:46

Ajoyib MAvzu BO'liBDi.Alloh TaolO Davomli Qilsin...

Qayd etilgan