Muallif Mavzu: Go'ja  ( 25914 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Go'ja
« : 29 May 2011, 09:25:47 »
Go'ja tayorlashni biladiganlar bormi?

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Go'ja
« Javob #1 : 30 May 2011, 05:55:34 »
 :asl3:

Bizzi uyga yaqin joylarda juda ko'p joyda go'ja sotishadi.Og'aynilarim bilan tez-yez ichib turamiz go'ja,ayron,sharbat degande.Go'jani bug'doy,qatiq va suvga tuz solib tayyorlashadi.Agar sizga batafsil ma'lumot kerak bo'lsa,bilib berishim mumkin.
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Re: Go'ja
« Javob #2 : 30 May 2011, 06:46:30 »
Bilib bering qori.
Go'jani tayorlashda bug'doyni qanday yumshatadi. Tahminan 1litrli taomga qancha bug'doy, qancha sut va qatiq ketishi, qaysinisini qachon solinishi haqida.
Biz ham qishloqda go'ja, okroshka, ayron tayorlab sotsakmikan deb o'ylab qoldim.

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Go'ja
« Javob #3 : 30 May 2011, 06:59:18 »
 :asl3:

Harakat qilamiz bilib berishga.Yoz kunlarida bu narsalar juda yaxshi ketadida.Bizda katta yo'lni chetida deyarli har 100 metr joyda bor,qatorasiga 4-5ta lekin har birida ko'pincha odam bo'ladi.O'tirib ichishga vaqti yo'qlar baklashkada sotib olib ichib ketaveradi.Bunaqa narsani yo'lni chetiga ochsa yaxshiroq bo'ladi meni fikrimcha.

Bilib bering qori.

 ???  :D   ;D
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Go'ja
« Javob #4 : 30 May 2011, 07:32:21 »
meni bilishimcha oddiy mastava qilinganday qilinadi
guruch o'rniga esa bozorga chiqib go'ja sotib olasiz va shuni qo'shasiz
bug'doy deganlarizga tushunmadim, go'jaga bug'doy emas o'z nomi bilan go'ja qo'shadi

shunaqa don turi bor moshdan kichik oq rangli, tariqdan kata. Bizning bozorda narxi 2400 edi oxirgi marta olganimda

Faqat pishganidan keyin qatiq va ko'katni ko'proq qo'shasiz
meni bilganim shu, sizlar nazarda tutgan taom balki boshqadir :)

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Re: Go'ja
« Javob #5 : 30 May 2011, 09:21:45 »
Mo'min Mirzo bu savolni qayerda yozdingiz? Toshkentda yozgan bo'lsangiz Sadullaning gapi to'g'ri. Anjonda bo'lsa Akbarjonning gapi to'g'ri.
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Go'ja
« Javob #6 : 30 May 2011, 09:45:35 »
Акбаржонни фикрларида жон бор. Гўжа асосан гўжа донидан таёрланади. Наманганда жевара гўжа деган таом бўларди ёшлигимда. Тановул қилиб турардик. Жевара гўжа маставага Ñžҳшаган бўларди. Лекин биз айтаётган гўжа сузма, қатиқдан тайёрланади, Валлоҳу Аълам.
Гўжа тайёрланадиган "точкалар" :

Қўйлиқ массив йўли, Мебельний деган жойлан ўтгач, мозорга етмасдан йўл бўйида. Яримтаси 1000 сўм, бутуни 1500 сўм.
Комолон масжиди ёнида Жумаъ куни сотишади. 1.5 литри 2500 сўм.

« So'nggi tahrir: 08 Sentyabr 2011, 10:21:35 muallifi Habib »

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Go'ja
« Javob #7 : 30 May 2011, 09:48:46 »
Мана бу сайтда перловкадан тайёрлангани бор экан ))

САЙТ

ummugulsumm

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 40
  • -oldi: 140
  • Xabarlar: 107
Re: Go'ja
« Javob #8 : 30 May 2011, 09:58:22 »










juda hush kuraman shu taomni birinchi matta yoshligimda Jizzahda istemol qilgandim shundan beri yoqadi juda mazali chnqoq bosti taom.
   Bizayam perilovkadan tayorlaymiz suvda qaynatib qaynash jarayonida piyoz qushiladi sovutib chakki bilan aralashtiqamiz ham parhez taom.






Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Re: Go'ja
« Javob #9 : 30 May 2011, 10:22:56 »
Aqoid aka hozir Chinoboddaman, go'jani sog'indikda. Ochlikdan keyin bir go'jaho'rlikni dilga tugib qo'ydim, ungacha tayorlashni o'rganib olay : ) Akbarjon aytganni ya'ni go'jali mastavani biz "go'ja osh" deymiz.
Men hozir Toshkentda yo'l chetlarida sotiladigan qatiqlimi suzmalimi bo'ladigan salqin taomni nazarda tutgandim, kimda kim tayorlashni bilsa o'rtoqlashinglar. Qo'l shirin chiqib o'rganib olsam "go'ja" biznesini yo'lga qo'yib ham yuborarman : )

Go'ja doni nima ekanligini rosti bilmayman, Chustiy buni "ustidagi yupqa klyonkasi olingan bug'doy..." degandi. Yana kimdandir "supurgi doni" deb esittim. O'simliklarga oid kitoblardan "go'ja" degan donni topolmadim, ensiklopediyasi bor birodarlar bir qarab yuborishsa xursand bo'lardim.
Bozor (Chorsu, Oloy)larda sotilyapti, tayor donni sotib olish osonu faqat qiziquvchanligim ham borda. Yeyayotgan narsamda qanday vitamin, oqsilu uglevodlar bor, mijozi qanday, asabga ziyonli emasmi va hokazo.

ummugulsumm

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 40
  • -oldi: 140
  • Xabarlar: 107
Re: Go'ja
« Javob #10 : 30 May 2011, 10:47:49 »
Bilib bering qori.
Go'jani tayorlashda bug'doyni qanday yumshatadi. Tahminan 1litrli taomga qancha bug'doy, qancha sut va qatiq ketishi, qaysinisini qachon solinishi haqida.
Biz ham qishloqda go'ja, okroshka, ayron tayorlab sotsakmikan deb o'ylab qoldim.
Menimcha hamma bozorlarda maydalangan bugdoy(yorma deyiladi) sotilsa kere.Ammo 1litr suv kamli qiladimi deb uylayman chunki kup qaynatiladi 2litrga tahminan 250gm yorma ketadi qatiqni qancha solish uz ihtiyorizda  ammo sovigach soling aks holda uz tamini yuqotadi          

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Go'ja
« Javob #11 : 30 May 2011, 11:56:33 »
Go'ja doni nima ekanligini rosti bilmayman, Chustiy buni "ustidagi yupqa klyonkasi olingan bug'doy..." degandi. Yana kimdandir "supurgi doni" deb esittim. O'simliklarga oid kitoblardan "go'ja" degan donni topolmadim, ensiklopediyasi bor birodarlar bir qarab yuborishsa xursand bo'lardim.
Supurgi o'simligiga o'hshash o'simlikning gulidan chiqadi bu don, adashmasam.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Go'ja
« Javob #12 : 30 May 2011, 12:10:35 »
Go'ja tayorlashni biladiganlar bormi?

 :asl3:

Go'ja, go'ja osh- o'g'irda tuyib oqlangan jo'hori yoki bug'doydan tayyorlangan suyuq ovqat. O'zbek tilining izohli lug'ati. 201-sahifa.

Bazi viloyatlarda "ko'cha oshi" ham deyiladi.

Bu yerda ham ma'lumotlar bor ekan:

http://www.arbuz.com/archive/index.php/t-56025.html

Bu ovqatni hamma har xil tayyorlaydi. Masalan bizni Jizzahlik qo'shnimiz bor edi, 1 kunda pishardi bu ovqat. Keyin sovutib, 3-4 kungacha iste'mol qilishardi.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Go'ja
« Javob #13 : 30 May 2011, 12:14:12 »
Гўжа оши ҳақида интернетдан топилган маълумот
Iqtibos
гўжа оши

Гўжа ош жуда тўйимли, инсонга қувват бағишлашда женьшень ва сумалакдан кейин туради ҳамда уни тайёрлаш учун ота-боболаримиз, момо-оналаримиз ҳафталаб тайёргарлик кўришади. Туршак, нўхат, ловия, қўй ва мол гўшти, буғдой, арпа, жўхори, мошдан тайёрланган ушбу таом халққа баробар тарқатилади. Момоларимиз: "Омонлик, сомонлик, ҳеч кўрмайлик ёмонлик", дея таом ейишни бошлаб берадилар. Ҳақиқатан ҳам "гўжа ошини" еган одам йил бўйи бардам юради.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Go'ja
« Javob #14 : 30 May 2011, 12:26:01 »
Буғдой ёрмасидан тайёрланади шекилли чиндан ҳам. Бу ҳақида ўзим учун батафсил билиб олишга ҳаракат қиламан тез кунларда ))


Гўжа ҳақида русча маълумот