Men ham oz-moz ma'lumotlar yig'ib qo'ydim shularni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman
foydasi tegsa xursand bo'laman:
Mo'min Mirzo aka odatda go'jani bir o'zini sotishmaydi Toshkentda,Uni oldiga ayron va o'rik sharbati ham qo'shib sotishadi.Bugun go'ja sotadigan mahallalik propisanal bo'p ketgan(24 yildan beri sotisharkan go'jani
)bola bilan gaplashdim.Goja tayyorlashda birinchi maxsus go'ja uchun yanchilgan bug'doyni bozordan sotib olib kelib,suvga solib qaynatar ekansiz.Qaynaganda ham bug'doylar titilib ketmaydigan darajada pishib qaynagandan so'ng ularni olib quritib qo'yar ekansiz.Keyin bug'doy qo'shiladigan suyuqlikni qatiqdan emas suzmadan qilinsa yanada yaxshi chiqar ekan.Bozordan suzmani qattig'idan olib kelib(suzmaga barmog'ingizni botirib ko'rsangiz suzmaning qattiq yo yumshoqligini bilsa bo'lar ekan),qaynatib,sovutib qo'yilgan suvga aralashtirar ekansiz.Men so'ragan odam go'jani ko'p miqdorda tayyorlaydi shuning uchun 50 litr suvga,15kg suzma solar ekan.Keyin quyuq,suyuqligiga qarab ozgina qo'shishingiz ham mumkin ekan.Suzma solib yaxshilab aralashtirayotganningizda tuz solib,tuzini ham yaxshilab olishingiz kerak ekan.Keyin rayhon boshqa narsalarni qo'shsangiz bo'larkan.Keyin tayyor masalliqga bug'doy arlashtirasiz,qarabsizki go'ja tayyor
.Ayron esa go'jani bug'doy qo'shilmagan suyug'i bo'ladi.Unga tuzdan boshqa narsa aralashtirilmagan bo'lishi kerak.O'rik sharbat uchun turshak va suv kifoya.Go'jani qatiqdan ko'ra suzmadan qilgan yaxshiroq bo'ladi dedilar ,lekin uni me'yorida chiqarish uchun ko'p ter to'kish kerak ekan propisanal bolaning aytishicha.