Sevgili kuyov bola!  ( 15550 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  30 May 2011, 12:44:50

 :asl3:

Odatda qizlarga, kelinlarga bizda ko'p nasihat qilinadi. Lekin yigitlarga, kuyov bolalarga nasihatga hech dush kelmaganman.

Yaqinda internetda kuyov bolalar uchun judayam foydali gaplar o'qib qoldim.

Bu mavzuda shunday yaxshi nasihatlardan bo'lsa yozinglar:)

Sevgili kuyov bola!


1. Uyingdan chiqayotganingda xonimingga "Allohga omonatsizlar" deb chiq. Uning ko'nglini xushnud et!

2. Derazalardan yo'lingni uzoq poylab o'tirishga majbur etma, vaqtida uyingga kel!

3. Tashqarida yegan, ichganingdan uyingga ham olib kel!

4. Xonimingning kamchiliklaridan hech kimga bahs etma, fazilatlaridan gapir!

5. Uyingda ishlatishlari uchun doimo pul qoldir, ularni hech kimga muhtoj etma!

6. Ishingdagi janjallarni uydagilarga sezdirma. Uyingda doimo shodlik bo'lsin!

7. To'yga yoki oilaviy mehmondorchiliklarga borganingda albatta xonimingni ham olib bor.

8. Uyga kelganingda ichkariga salom va tabassum bilan kir ki, uydagilar sening kelganingni ko'rib sevinsin!


Qayd etilgan


Aqoid  30 May 2011, 12:48:36

Shu 7 - si jichcha o'xshamapti-da. Darrov tosh otvormasdan mulohaza qilib keyin "otinglar".

Qayd etilgan


Ansora  30 May 2011, 12:52:17

9. Uyingni Qur'onsiz, kitobsiz va namozsiz qoldirma! Bomdod namoziga turganingda uy aholisini ham uyg'ot, rahmat va barakot oilangni kun bo'yi tark etmasin!

10. G'ayratli bo'l, azimli bo'l! Faqat boshqalarni muvaffaqiyatlarini qizg'onma, yomon fikr bilan harakat etma! Kamchilik qidirish bilan ovora bo'lma!

11. Insofli bo'l, xonimingni kuchi yetmaydigan ishlarni undan kutma! Kerak bo'lsa unga yordam et!

12. Beradigan qarorlarda xonimingni fikrlarini olishni unutma!

13. Kutilmaganda surpriz hadyalar berishni kanda qilma!

14. Dunyo uyiga kirmoq (uylanmoq), dunyoga sho'ng'imoq degani emas! Ohiratingni unutma! Din, Vatan va insoniyat uchun xizmat qilishni tark etma!

15. Shuni bilki, oz bo'lgan halol peshona teri, ko'p bo'lgan harom puldan hayrlidir. Harom luqma yema, xoniming va farzandlaringga ham harom yedirma!

Qayd etilgan


Ansora  30 May 2011, 12:56:45

Shu 7 - si jichcha o'xshamapti-da. Darrov tosh otvormasdan mulohaza qilib keyin "otinglar".

Aka, buni har xil tushunish mumkin. Diniy to'ylarda zotan ayollar, erkaklar alohida o'tiradi. Birga borib, birga qaytsin...Men bilgan oilalarda mehmondorchiliklar ham "haremlik, selamlik" degan tarzda bo'ladi, yani erkak, ayollar alohida o'tiradi. Shuning uchun muammomas...

Qayd etilgan


Best friend  30 May 2011, 13:45:45

Shu 7 - si jichcha o'xshamapti-da. Darrov tosh otvormasdan mulohaza qilib keyin "otinglar".

Aka, buni har xil tushunish mumkin. Diniy to'ylarda zotan ayollar, erkaklar alohida o'tiradi. Birga borib, birga qaytsin...Men bilgan oilalarda mehmondorchiliklar ham "haremlik, selamlik" degan tarzda bo'ladi, yani erkak, ayollar alohida o'tiradi. Shuning uchun muammomas...
Assalomu alaykum. Opa qavsni ichiga shuni yozib qo'yseyz bo'larkan. Hamma har hil tushinmasin deymanda :)... Alloh rozi bo'lsin, biz uchun foydali mavzu ochibsiz.

Qayd etilgan


Akbarjоn  30 May 2011, 16:55:24

ohho unda qiynalib qolamizku ;D

ha yaxhsi mavzu ekan :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  30 May 2011, 17:33:32

Sergilili kiyov bola dib o'qiman..izir :)
ishqib kapale kenayimizani gaplariga qo'shilaman..kiyov to'ralar qachongacha hayqirasila, kelin unaqa bo'sin kelin bunaqa bo'sin dib..
Bizadayam principalla bor..
  :4 :4 :4 :4

Qayd etilgan


Nurdinboy  30 May 2011, 23:09:47

Dadam  aytgandilar. Uydan chiqayotganda Men ishga kettim emas, men ishga borib kelaman deyish kerak ekan

Qayd etilgan


Nurdinboy  30 May 2011, 23:11:44

Shu 7 - si jichcha o'xshamapti-da. Darrov tosh otvormasdan mulohaza qilib keyin "otinglar".

menimcha to'g'riroq shu gap lekin.

Qayd etilgan


Музаффар  31 May 2011, 00:56:53

ман битта нарсага қаттиқ ишонаман: А­ркак кишининг етакчи ролини хам сътироф стган холда шуни тафаккур қилиш керакки, Фарзандга тарбис жихатдан ва ақл-идрок, фахм фаросат, зехн жихатдан снг катта таъсир ксрсатадиган инсон бу - ОААдир. Чунки, она қорни, она сути, она алласи инсон шахсисти шаклланиши ва камолотидан снг мухим ахамист касб стади. Фарзандларнинг ОААси сса, бу сизнинг ААЛинингиздир. Ким фарзанд борасида юксак мақсадларни ксзламайди? Албатта хеч ким...
Шундай скан бслғуси фарзандларнинг онаси, съни умр аёлини танлашда аввало, дини, диёнати ва зехни каби юқоридаги мухим фазилатларга сътибор бериш керак. Бу қиз ОАА бслиб фарзандингизга имон ва зехн тарбис қила оладими???...

Qayd etilgan