Sevgili kuyov bola!  ( 15543 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  01 Iyun 2011, 12:39:39

Azizlar, zotan oilagi tinchlik farovonlik ham ayol, ham erkakka bog'liq. Bekorga turmushni juft qanotli qushga o'hshatishmaydi.

To'g'ri ayol kishi farzand tarbiyasida juda katta rol o'ynaydi, lekin erkak bunga sharoit yaratib bermasa, ayol hech narsa qila olmaydi. Masalan erkakni topgan puli ro'zg'orga yetmadi, ayol majburan ishlagani ko'chaga chiqadi, yoki erkak dangasa, uyda yotib ayolini ishlashga majbur qilsa, ayol ham ko'cha, ham uyni ishiga qanday ulgursin, qolaversa bolaga shirin so'z ayta olishi uchun ham kayfiyat, ham vaqt kerak.

Bir qarindoshimizni oy desa oyday, kun desa kunday, hijobli qizi bor edi. 1 yilga yaqin madrasada ham o'qidi. Hamma qizni havas qilardi, kelin qilsam, deb. Taqdir ekan, uzatishdi. Oradan ko'p o'tmay kuyov bola ayolini qizg'ona boshladi, xatto ota-onasini uyiga ham jo'natmay qo'ydi. Hali uylanmasdan namoz o'qiydi, dindor deyilgan bolani asl basharasi ochildi. Shunday bo'libdi-ki, qiz Quron o'qisa "yana nima issiq sovuq" qilyabsan, deb uni toat ibodatdan ham sovutibdi...
Kuyov qanchalik dindor bo'lsa, ayoli ham shunchalik uni izidan boradi. Chunki unga bo'ysinadi. Aks holda esa yuqoridagi kabi holatlar afsus yuz beraveradi...

Qayd etilgan


Ansora  01 Iyun 2011, 12:46:48

O'zimdan kuyov bolalarga nasihatlarga kelsak:

1. O'z oilangiz, ota-onangizni qanchalik yaxshi ko'rib hurmat qilsangiz, ayolingizni oilasi, ota-onasini ham shunchalik yaxshi ko'ring, ajratmang. Ana shunda ham ayolingiz, ham quda tarafni haqiqiy ishonchi, muhabbatini qozonasiz...albatta Alloh rizosini ham:)

2. Farzandlaringizga bo'lgan sevgingizni yashirmang, ularni yaxshi ko'rishingizni ochiq til bilan aytmasangiz ham hatti harakatlaringiz bilan sezdiring. Onani sevgisi muhim, lekin ota sevgisi bolani oyoqda tik ushlab turadigan kuchdir, tirgakdir...

3.Ayolingiz bilan orada tortishuvlar bo'lganda, unga o'z fikrlarini aytishi uchun vaqt bering. Uni tinglang, er-xotinni urishi, doka ro'molni qurishi, deganlariday, hammasi o'tib ketadi. Turli xil tortushuvlar paytida qattiq so'z aytishdan o'zingizni tiying, orangizdagi muhabbat rishtasi uzilmasin...

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyun 2011, 18:22:25

Daxshat , bo`lajak  Kuyovlarga  dars  bo`ladigan  bo`ldi  :5

Qayd etilgan


Ansora  09 Iyun 2011, 13:46:43



yaxshisi,Kuyovlarga ayollar maslahat bermagani ma'qul ekan... A bu maslahatti 80%i "xotiningga undoq qil,ayolingga sovg'a ober,jufti halolingga mundoq qil" bo'pyotibdiku...


kuyovlaga o'zi atigi bitta va chetkiy maslahat bor:

Sevgili kuyov bola,




1.  Xotinlarning gapiga kirma.

TAMOM!

 

Men sizi qidiromoqchiydim, bor ekansizu:)

Eng boshdagi maslahatlar bir din odamini gaplari edi, yani erkak kishi.

Qolganlarini esa ozgina bo'lsa ham foydasi tegar, degan umidda yozgandim, shaxsan men. Hech qanday yomon niyyatsiz. Har kim har xil tushunadi bu nasihatni. Baxtli bo'lsangiz bo'lgani yigit:)

Qayd etilgan


Elcom  09 Iyun 2011, 17:40:30

Xa bo`ydoqlik  mazza , xoxlaganimizcha  bolalar bilan istagan  joyizimizga boramiz , uyga  kech  2-3 larda kirib kelamiz , Uylangan Sinfdoshlarim ko`chaga  chiqa olishmaydi , Oila  tashvishlari  hozirdan boshiga tushgan

Qayd etilgan


Akbarjоn  09 Iyun 2011, 19:33:23

Unisini bunisini bilmadimu, lekin bo'ydoqlikka hech nima yetmidi. Mazza qilib yurasiz kechgacha, hech kim uyda kutib turmidi. Uyga borganda "qayerda ediiiz", "uyda go'sht qomapti", ko'chaga chiqqanizda "qachon kelasiz", "qizlarga qarmayapsizmi" deb qulag' miyyanini yeydigan odam yo'q.

Xullas, bo'ydag'lik mazzaaaaa....

Xa bo`ydoqlik  mazza , xoxlaganimizcha  bolalar bilan istagan  joyizimizga boramiz , uyga  kech  2-3 larda kirib kelamiz , Uylangan Sinfdoshlarim ko`chaga  chiqa olishmaydi , Oila  tashvishlari  hozirdan boshiga tushgan

xazil manosida bo'lsa yaxshikuya ammo xaqiqatdan ham shunday ekan deb hulosa chiqarayotgan bo'lsak unda, Alloh asrasin.

Alqama rivoyatqiladirlar: «Men Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga ketayotgan erdim. Shunda Abdulloh: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bo‘lganimizda, ul Janob: «Kimki uylanmoqqa qodir bo‘lsa, uylansin, chunkim uylanmoq kishi ko‘zini nomahram ayollarga qaramoqdan, uni noshar’iy jinsiy aloqa qilmoqdan saqlag‘aydir. Agarda kimki uylanmoqqa qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunkim ro‘za ro‘zadorning shahvatini (ayolga bo‘lgan ag‘batini) kesguvchidir!» - dedilar».

Qayd etilgan


registan  09 Iyun 2011, 20:11:11

Xa bo`ydoqlik  mazza , xoxlaganimizcha  bolalar bilan istagan  joyizimizga boramiz , uyga  kech  2-3 larda kirib kelamiz , Uylangan Sinfdoshlarim ko`chaga  chiqa olishmaydi , Oila  tashvishlari  hozirdan boshiga tushgan

Kech 2-3 gacha ko'chada nima qilasiz?

Qayd etilgan


azizbek_mx  09 Iyun 2011, 20:22:31

Xa bo`ydoqlik  mazza , xoxlaganimizcha  bolalar bilan istagan  joyizimizga boramiz , uyga  kech  2-3 larda kirib kelamiz , Uylangan Sinfdoshlarim ko`chaga  chiqa olishmaydi , Oila  tashvishlari  hozirdan boshiga tushgan

Ja unaqamasdir...

ko`chada yurganimda soat kechki 9 dan o`tsa darrov onam telpon qiladila, tez kegin uyga, deb. Ja ayolizi o`ylamasezam onaizi o`ylasez bo`lardi, kechasi bilan mijja qoqmay chiqishsa kere yo`ligizda

Qayd etilgan


NANO  09 Iyun 2011, 20:31:26

mazkuya buydoqlik lekin ammo biroq bir hil kamchiliklar ham borde
birlamchi : ovqat pishirish, kiyim yuvish, dazmol qilish va shu turdagi kamchiliklari borda aka buydoqlar.

ayniqsa jiyanizni ko'rganda yuragiz jizzilab ketadi...  :-[

Qayd etilgan


Nurilla  09 Iyun 2011, 21:57:00

jaa yaxshi mavzu bo'bti. Ayollani qadrlash kerak.

Qayd etilgan