Sevgili kuyov bola!  ( 15928 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Elcom  10 Iyun 2011, 18:13:16

Bo`ydoqlarga  omad  tilayman  !

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  10 Iyun 2011, 20:04:52

Chetdan qaraganda shundoq. Uylanganda Alloh ro'zg'orga baraka beradi, bu fakt. Uylangandan keyin yoshlarning ko'zi ochiladi, avvalgi hayoti ko'ziga juda bachkana bo'lib ko'rinadi.
Avvalo uylanish bilan shaytonga qattiq zarba beradi, shuning uchun hayot birdan o'zgarganday tuyuladi, behuda sarf, behuda o'yin-kulgu, isrofgarchiliklar o'z-o'zidan yo'qoladi, vaqt qadriga yetib uyga vaqtli keladi, bu vaqtda shayton ancha zaiflashib qolgan bo'ladi, shuning uchun ham behuda sarflar, uyga kech qaytishlar refleks ravishda yo'qoladi... Buni "xotin aka" bilan bog'lash o'rinsiz, erkak xotiniga qul bo'lmaydi, faqat shayton vasvasasi ta'sir qilmagani sabab behuda ishlardan tiyiladi.
Qachonki farzand ko'rsa o'z ota-onasi o'zini qanchalik qiynalib (kasal bo'lsa qo'rqib, kechalari bedor chiqishganlari, uyqusi kamayib bor tashvishiyu quvonchi, mehr-muhabbati bolasiga ketganini) katta qilganini aniq tushunib yetadi, ota-onasini yanada ko'proq qadrlaydi, ularga hurmati yanada ortadi.
Uyga shirinlik ko'tarib kelib yosh kelinchakni quvonchini ko'rib ertaroq uylansam bo'lardikan deb ham qoladi.
Shunday vaqtda qanchalik savobga ega bo'lib shaytonga zarba berayotganimizni ham bir o'ylashimiz kerak. Rasululloh s.a.v. sadaqani oiladan boshlashga buyurganlar.
Shunga bo'ydoq birodarlar, "xotin yo'q, o'ynab qolay" degan quruq hayolga bormanglar, bu shaytonning bir vasvasasi holos, chunki uylanish shaytonga juda kuchli zarba bo'ladi.
Keyin kelin xizmatkor emas, unga ham oilaning bir a'zosi sifatida qaraladi. 

Qayd etilgan


ibnUyayna  10 Iyun 2011, 22:30:08


birlamchi : ovqat pishirish, kiyim yuvish, dazmol qilish va shu turdagi kamchiliklari borda aka buydoqlar.



OFF: Endi shularniyam problema disez qanaqa erke bo'ldizzz. Bunaqa ishlardan osoni yo'q.


ON:  Uylangandan keyin nuqul chiqim. Mundo o'ziz topgan pulizga biron nima omoqchi bo'sez uyda bitta "qora ko'z" kutib turgan bo'ladi, ungayam biron nima olish kere bo'ladi. Ko'cha-kuyda birga yurganda mazzaaaa qilib osh yeyman dib tursez, "uyam" sizga qarab turgan bo'ladi keyin ungayam olishga to'g'ri keladi. Eee bitta sezonda 3 komplekt kiyim oberish kere. Tembole ayollarni kiyimi qimmat. O'rtoqlar bilan cjhoyxonaga to'playotgan pul faqat xotinga ketadi.

Bulariga chidasa bo'ladi lekin, ko'p gapirishiga chidash qiyin. Radioni qulag'ini burab ovozini o'chirsa bo'ladi, lekin xotinni...

Xullas , faqat chiqim, problemani ichida yurasiz. A bo'ydaqlikda bo'lsa mazzaaaa...

  Astag'firulloh

Qayd etilgan


ibnUyayna  10 Iyun 2011, 22:30:50

Og'il bollarni bilmadim-u..
Lekin qizlagaya bo'ydoqlik yoqadi!!
mazza-de, ishin bo'masa hohlagan paytinda turasan( agar oyiz saparda bo'sala-de), charchagan paytinda, ustinga hohlagnini kiyib uyddaa yurasan..Radio eshitasan, telivozor ko'rasan... internetga kirasan.. bozorlarda yurasan.. HOHLAGANINI OLASAN, olib berishlarini kutmisan.... har kuni kir yuvmisan, honeni hohlagan paytinda yeg'ishtirasan, qoshini qimarlatib turgan qaynonen bo'miydi... kechasi kech uxlesen, serial ko'rasan... ovqat pishirmisan( endi har doim ham mas..), o'qishga borasan...yana... moshinada tez yurasan... dugonalarin bilan uchrashasan...
Ishqib qizlar... qizlagayam bug'doylu yoqadi...OQQAN SUVNI QAADRI YO LEKIN... lekin manda bor!!!

  yana 1 ta astag'firulloh

Qayd etilgan


ibnUyayna  10 Iyun 2011, 22:32:21

Kechasi  2-3 largacha  Termizning  cho`llarida  yoki  Uchqizil ko`llarida  AvtoPoygalarda  qatnashib  turamiz

 Bu mavzuga nima aloqasi bor bu postti chummadim??   ???
 yoki u-bu kim so'rovdimi (dsama)

Qayd etilgan


Ansora  22 Iyun 2011, 15:32:26

Kechasi  2-3 largacha  Termizning  cho`llarida  yoki  Uchqizil ko`llarida  AvtoPoygalarda  qatnashib  turamiz

 Bu mavzuga nima aloqasi bor bu postti chummadim??   ???
 yoki u-bu kim so'rovdimi (dsama)

Uka, mavzuni o'qisangiz tepada savol berilgandi, nima qilasiz 2-3 da deb:)

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Iyun 2011, 19:02:05

Haa mayli Kapalak opa mavzuni nomini o'zgartirib qo'yin.. nima qibti?
FORMULA 1 dib qo'ysez hamma hursand.

Qayd etilgan