Muallif Mavzu: "Ajoyib lug'at"  ( 4147 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
"Ajoyib lug'at"
« : 04 Iyun 2011, 08:34:30 »
Atom bombasi – Uylangan erkaklarning o’ylab topgan so’nggi najot yo’li.


Xo’jayin – Vaqtli kelsang "nega erta kelding” deb, kech qolsang "nima sababdan kechikding” deb tanbeh beradigan shaxs.


Tamaki – Inson hayotini o’lim bilan bog’lovchi qog’oz bilan bezalgan zahar.


Notiq – Hammaga ovqat bir xil taqsimlansa ham o’zining ovqati ko’pligiga ishontiruvchi shaxs.


Konferensiya – Hamma gapiradigan, ammo hech kim eshitmaydigan majlis.


Va hokazo – Kallasi aqlli fikrlarga to’lib ketgan odamning ishlatadigan so’zi.


Tajriba – Insonning hayotdagi qoqilgan zinalari.


Va’da – Holvaning og’iz chuchimaydigan turi.


Bo’sa – Xamir uchidan patir.


Ayb – Bandalarga xos xislat.



Kulgi – Insonning portlashi.


Idora – Uy tashvishlari bilan charchagan vaqtingizda sizni boshqa tashvishlar bilan chalg’ituvchi muassasa.


Optimist – Eyfel minorasi qulasa, "yaxshiyam hech kimga ziyon yetmadi” deydigan odam.


Pessimist – ob-havo so’zidagi birinchi "o” harfini emas, oxirgi "o” ni yoqtiruvchi inson.


Riyo (ikkiyuzlamachilik) – Cho’milmoqchi bo’lgan odamni daryoga uloqtirib yuborib, yaxshilik qildim deb gerdayuvchilar toifasi.


Faylasuf – Tirikligida aytgan so’zlari boshiga balo bo’lgan, ammo o’lgandan so’ng tushunib yetilgan shaxs.


Tabassum – Kaliti yo’qolgan qalb qulfiga mos keluvchi mukammal kalit.


Vijdon – Sotishga ashyo topilmaganda, ba’zi birovlarning sotadigan so’nggi ilinji.


Giyohvand – Badavlat otaning bedavlat bolasi.


Klassik asar – Hamma ko’tarib yuradigan, ammo hech kim o’qimaydigan kitob.


Lug’at – Bo’ydoqlarning birinchi quroli.


Uylanish – Kishanlangan mahbus.


Esnash – Leksiyaga qo’yilgan baho.


Anaqa – Skleroz kasalligining birinchi belgisi.

manba

ree7

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 235
  • -oldi: 338
  • Xabarlar: 277
  • Jins: Erkak
  • Mr. PиCевен
Re: "Ajoyib lug'at"
« Javob #1 : 04 Iyun 2011, 17:26:38 »
Ayb - bandalik alomati. Kamayishi komillikdan, ko'payishi johillikdan dalolat.

Aka - mansabdor shaxs.

Amal - ulov. Jilovini bo'sh qo'ysang, olib qochadi.

Aroq - shishaga qamalgan jin. Ichingga kirsa, jinni qiladi.

Ari - til. Dilozorning tili.

Begona - qashshoq qarindosh.

Bozor - savdogarning uyi va ishxonasi.

Bo'sa - xamir uchidan patir.

Va'da - xolvaning og'iz chuchimaydigan turi.

Vositachi - ikki onani emadigan bola.

Gap - ziyofat, istilohiy ma'noda ish o'rniga o'tmaydigan mahsulot.

Dollar - dunyoparast sig'inadigan ko'k qog'oz.

Musulmonlar taqvim kitobi, 2007/1428 y, 1-kitob.
"Ey Robbim, g'am-tashvishlarim naqadar katta" dema, balki "Ey g'am-tashvishlarim, Robbim naqadar katta (buyuk)" degin!

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Re: "Ajoyib lug'at"
« Javob #2 : 01 Noyabr 2011, 07:21:07 »
Енгил кавалерия - харбий хизматдаги кизлар атамаси
Hi, калейсан? - замонавий саломлашиш
Маркетинг биржаси - номи бору, узи йук маркетинг
Замонавий техника - дунёнинг келажаги
Бокиралик юки- инсоний кадриятларга карши реклама
Шахсий хуррият - хийла - найрангли биржа
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: "Ajoyib lug'at"
« Javob #3 : 05 Noyabr 2011, 23:36:36 »
Muzaffarjonni shunaqa mavzularni yo'qmidi?

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: "Ajoyib lug'at"
« Javob #4 : 05 Iyun 2013, 16:10:19 »
Lug'atga gap yo'q lekin menga bowliqa berilgan ta'rif yoqmadi. Bizni bowliq 5 daqiqa kech qolsak chora ko'radiyu lekin negadir bir necha soat oldin kelganingiz yoki iwda uzoq uwlanib kech qaytganizga kelganda ko'z yumib o'tib ketadi.

 

"Bushro" arabcha-o'zbekcha, o'zbekcha-arabcha mobil lug'at

Muallif OlimxonBo'lim Darsxona

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 24866
So'nggi javob 26 Avgust 2013, 05:18:41
muallifi كوثر
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6560
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13504
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7245
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7210
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom