"Ajoyib lug'at"  ( 6754 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Akbarjоn  04 Iyun 2011, 08:34:30

Atom bombasi — Uylangan erkaklarning o’ylab topgan so’nggi najot yo’li.


Xo’jayin — Vaqtli kelsang "nega erta kelding" deb, kech qolsang "nima sababdan kechikding" deb tanbeh beradigan shaxs.


Tamaki — Inson hayotini o’lim bilan bog’lovchi qog’oz bilan bezalgan zahar.


Notiq — Hammaga ovqat bir xil taqsimlansa ham o’zining ovqati ko’pligiga ishontiruvchi shaxs.


Konferensiya — Hamma gapiradigan, ammo hech kim eshitmaydigan majlis.


Va hokazo — Kallasi aqlli fikrlarga to’lib ketgan odamning ishlatadigan so’zi.


Tajriba — Insonning hayotdagi qoqilgan zinalari.


Va’da — Holvaning og’iz chuchimaydigan turi.


Bo’sa — Xamir uchidan patir.


Ayb — Bandalarga xos xislat.



Kulgi — Insonning portlashi.


Idora — Uy tashvishlari bilan charchagan vaqtingizda sizni boshqa tashvishlar bilan chalg’ituvchi muassasa.


Optimist — Eyfel minorasi qulasa, "yaxshiyam hech kimga ziyon yetmadi" deydigan odam.


Pessimist — ob-havo so’zidagi birinchi "o" harfini emas, oxirgi "o" ni yoqtiruvchi inson.


Riyo (ikkiyuzlamachilik) — Cho’milmoqchi bo’lgan odamni daryoga uloqtirib yuborib, yaxshilik qildim deb gerdayuvchilar toifasi.


Faylasuf — Tirikligida aytgan so’zlari boshiga balo bo’lgan, ammo o’lgandan so’ng tushunib yetilgan shaxs.


Tabassum — Kaliti yo’qolgan qalb qulfiga mos keluvchi mukammal kalit.


Vijdon — Sotishga ashyo topilmaganda, ba’zi birovlarning sotadigan so’nggi ilinji.


Giyohvand — Badavlat otaning bedavlat bolasi.


Klassik asar — Hamma ko’tarib yuradigan, ammo hech kim o’qimaydigan kitob.


Lug’at — Bo’ydoqlarning birinchi quroli.


Uylanish — Kishanlangan mahbus.


Esnash — Leksiyaga qo’yilgan baho.


Anaqa — Skleroz kasalligining birinchi belgisi.

manba

Qayd etilgan


ree7  04 Iyun 2011, 17:26:38

Ayb - bandalik alomati. Kamayishi komillikdan, ko'payishi johillikdan dalolat.

Aka - mansabdor shaxs.

Amal - ulov. Jilovini bo'sh qo'ysang, olib qochadi.

Aroq - shishaga qamalgan jin. Ichingga kirsa, jinni qiladi.

Ari - til. Dilozorning tili.

Begona - qashshoq qarindosh.

Bozor - savdogarning uyi va ishxonasi.

Bo'sa - xamir uchidan patir.

Va'da - xolvaning og'iz chuchimaydigan turi.

Vositachi - ikki onani emadigan bola.

Gap - ziyofat, istilohiy ma'noda ish o'rniga o'tmaydigan mahsulot.

Dollar - dunyoparast sig'inadigan ko'k qog'oz.

Musulmonlar taqvim kitobi, 2007/1428 y, 1-kitob.

Qayd etilgan


Lu`lu`  01 Noyabr 2011, 07:21:07

Енгил кавалерис - харбий хизматдаги кизлар атамаси
Hi, калейсан? - замонавий саломлашиш
Маркетинг биржаси - номи бору, узи йук маркетинг
Замонавий техника - дунёнинг келажаги
Бокиралик юки- инсоний кадристларга карши реклама
Шахсий хуррист - хийла - найрангли биржа

Qayd etilgan


Ansora  05 Noyabr 2011, 23:36:36

Muzaffarjonni shunaqa mavzularni yo'qmidi?

Qayd etilgan


Muxsiya  05 Iyun 2013, 16:10:19

Lug'atga gap yo'q lekin menga bowliqa berilgan ta'rif yoqmadi. Bizni bowliq 5 daqiqa kech qolsak chora ko'radiyu lekin negadir bir necha soat oldin kelganingiz yoki iwda uzoq uwlanib kech qaytganizga kelganda ko'z yumib o'tib ketadi.

Qayd etilgan