Muallif Mavzu: Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayol mukarramdir  ( 27251 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayol mukarramdir
« : 13 Avgust 2006, 08:00:52 »
Fotimaxon Sulaymon qori qizi

AYOL MUKARRAMDIR

Toshkent
Movarounnahr – 2004

Mundarija

Ayol – Alloh nuri
Insonning yaratilishi
Tarixda ayolning o’rni
Davrimizda ayol
Islomda ayolning o’rni va qadr-qimmati
Islomiy oila farog’ati

Ayol – Alloh nuri
(muharrir muqaddimasi)

Bismillahir rohmanir rohim

Alloh taolo birinchi ayol – Havvoni erkak, ya’ni Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday, erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday deyilgan:

“Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”. (A’rof,189) Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: “Ular (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo’lgani kabi muhtojdirlar)”.(Baqara,187)
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 15:21:36 muallifi AbdulAziz »

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #1 : 13 Avgust 2006, 08:01:08 »
Insoniyatning oxirgi Payg’ambari Muhammad alayhissalom ayol nomini ulug’lash, uning sha’nini ko’tarish, xotin-qizlarning huquqini belgilab berishda faqat Islom ummatigagina emas, balki kishilik jamiyatiga ibrat va namuna bo’lib kelyaptilar. U zotdan rivoyat qilingan hadisni bir eslang: “O‘z xotiniga mehr-shafqatli bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi kishilardir”. Payg’ambar alayhissalomdan «Nimani yaxshi ko’rasiz?» deb so’rashganida: «Ayolni, xushbo’y narsalarni va namozni», deb javob qaytarganlar. Buni shoir chiroyli satrlarga shunday muhrlagan:

Xotin-qizlar, xushbo’ylar mehri,
Bu dunyoda dilga bo’ldi jo.
Ko’nglim xushi, ko’zim qorasi,
Dil yupanchi namozda ammo.


Payg’ambar alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat, muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’, badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch, dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi. Kenja zavjalari hazrati Oisha (r.a.) Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p jonbozlik qildilar. Payg’ambar alayhissalomning qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va Husaynlarday tabarruk insonlarni hayot bergan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #2 : 13 Avgust 2006, 08:01:35 »
Ammo jaholat va kufr hukmron bo’lgan zamonlarda ayolning holiga voy edi. Unga bir buyum, erkaklarning ko’ngilxushi sifatida qaralardi. Islomgacha bo’lgan arab dunyosida qiz farzandlarni tiriklay ko’mish odat tusiga kirgandi. Ayollarni cho’ri sifatida olib sotishardi, tanfurushlik qilib, pulini xojasiga topshirishga majburlashar, xotinlari sonini ko’payirib, ularni xo’rlashar, zulm ko’rsatishar edi.

Hatto, o’zini ancha madaniyatli va hur fikrli sanagan G‘arb olamida ham ayollarning holiga maymunlar yig’lardi. Unga bir xizmatkor yoki bir buyum sifatida qaralardi. “Shaytonning urg’ochisi”, degan nomlar bilan kamsitib, xo’rlashardi. Hatto, G‘arb mamlakatlaridan birining parlamenti “Ayolni inson, deb hisoblash kerakmi-yo’qmi?” degan masalani muhokama qilgan ekan. Nasroniy olimlar erkaklarni yo’ldan ozdirguvchi, bolalarni yamlamay yutuvchi bu dunyoni “ayol dunyo”, deb ta’riflagan ekanlar.

Ammo Islom qonunlari asosida yashay boshlagan o’lkalarda ayolning mavqei oshdi, sha’ni ulug’landi, huquqi kengaydi. Uning jamiyatdagi huquqlari haqida gapirmay qo’yaqolaylik, hatto, oiladagi huquqlarining kengligi va adolatparvarligi hozirgi G‘arb tadqiqotchilarini ham hayratga solyapti. Islom shariatiga ko’ra, erkak xonimining ro’zg’or, kiyim-kechak, yemak-ichmak sohasidagi barcha sarfu-xarajatlarini, ehtiyojlarini zimmasiga oladi, uning ruxsatisiz Hajga ham ketolmaydi, agar ayoli bolani emizishni xohlamasa, bu ishga boshqa ayolni pulga yollaydi, xonimiga yaxshi muomalada bo’lib, uning nuqson-ayblarini, sirlarini yashiradi va hokazo.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #3 : 13 Avgust 2006, 08:01:51 »
Sharqda ayolni ulug’lamagan, uning sha’niga biror og’iz madhiya, maqtov bitmagan allomayu shoirni, fuzalo-mutafakkirni topish qiyin. Mavlono Jaloliddin Rumiy dunyoni hayratga solgan shoh asari “Masnaviy”sida shunday yozadi:

«Ayol Alloh nuri, oddiy jononmas,
Yaratur, yaralgan oshufta jonmas».


Yolg’izlikni faqat o’ziga munosib ko’rgan Alloh taolo butun mavjudotlarni juft-juft qilib yaratgan. Shu jumladan, insonni ham. Ammo barcha zohir va botin narsalarni qamrab olgan juftlik qonuni insonlarda yuksak kamolot cho’qqisiga ulangan. Erkak va ayolning, oshiq va ma’shuqaning bir-biriga intilishi, bir-biriga muhabbatida Allohga intilmoqning, ilohiy ishqning namoyon bo’lishi Sharq adabiyotida, so’fiylar she’riyatida o’z go’zal ifodasini topgan. Sharq she’riyatida Yusuf va Zulayho, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzro, Tohir va Zuhro kabilar mashhur oshiq-ma’shuqlardir. Ana shu sevgi rivoyatlarining barchasida ayol timsoli Alloh ishqida kuyib-yonishlarning, intilish-talpinishlarning ilohiy xotimasiga aylangan, ular siymosida Alloh taoloning sifatlari zohir bo’lgan.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #4 : 13 Avgust 2006, 08:01:59 »
Barcha zamonlarda ayollar sha’niga bo’lmag’ur tuhmatlar, kamsitishlar qilib kelindi, ular xo’rlandi, jaholatga otildi. Ammo Alloh taolo ularni xo’rlatib qo’ymadi, aksincha, ularning maqomini yuqori ko’tardi. Insoniyatga Iso alayhissalomni hadya etgan bokira ayol Maryam, kufr va kibrga berilib, o’zini buyuk qudrat sohibi atagan Fir’avnni bu razil yo’lidan qaytarmoqchi bo’lgan xotini Osiyo, oxirgi payg’ambar Muhammad alayhissalomga cheksiz yordam ko’rsatgan, yupanch va sodiq-hamdard bo’lgan Xadichai Kubro kabi ayollar “jannatiy” maqomini olishdi. ayollar orasida so’fiylikning tamal toshini qo’ygan Robi’a al-Adaviyya, Imom Ja’fari Sodiqning kelini, olima va avliyo Sayyida Nafisa, nishopurlik yirik so’fiy olima Fotima, xotirasiga Agradagi “Toj Mahal” obidasi tiklangan malika Mumtoz Mahal, siyosat, ilm-fanlar bobida javlon urgan yuzlab, minglab ayollarning shijoati, zakovati, taqvosi kimlarni lol qoldirmagan, deysiz?

Shu o’rinda ulug’ so’fiy ayol, buyuk taqvo egasi basralik Robia al-Adaviyya bilan bog’liq bir rivoyatni keltirsam: “Bir kuni bir ulug’ kishi Robia oldiga kelib, uni sinamoq uchun shunday dedi: “Yo Robia, buncha ulug’lanmasang! Axir ayolsan, hargiz ayol zotiga payg’ambarlik kelmadi. Barcha fazilatlar erkaklarga kelibdi. Payg’ambarlik tojini erlar, eranlar boshiga qo’ydilar va kamarini ularning bellariga bog’ladilar”. Robia aytdi: “Bu aytganlaring to’g’ridir. Ammo “menlik” da’vosi ham hargiz ayoldan kelmadi. “Va ana Robbikum ul a’la” da’vosi erdan keldi. (Fir’avn shunday degandi, ya’ni: “Men sizning yuksak Robbingizman”.) Hech bir ayol muxannaslik nomini taqmadi. Muxannaslik va manmanlik–kibr erdadir”.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #5 : 13 Avgust 2006, 08:02:07 »
Bunga qo’shimcha qilib, Mavlono Jomiyning yana bir hikmatga to’la so’zlarini keltirib o’tish joiz: “Quyoshning muannas /jenskiy rod/ga mansubligi ham uni xiralashtira olmaganligi singari Oyning muzakkar /mujskoy rod/ga mansubligi ham uning darajasini oshira olmaydi”.

Olmoniyalik taniqli olima Annamarie Shimmel xonim “Jonon mening jonimda” nomli kitobida yozadi: “Islom jamiyatida eng katta hurmatga loyiq zot–ayol, aniqrog’i, ona hisoblanadi. Bu hol Payg’amg’ar alayhissalomning “Jannat – onalarning oyog’i ostidadir”, degan hadisi shariflarida ham yaqqol bayon etilgan. Islom dini nozil etilgan kundan boshlab hozirgi kungacha taqvodor, o’qimishli va yolg’iz Alloh taoloni sevguvchi ayollar bo’lgan, bor va  bo’ladi”.

“Ayol mukarramdir” deb nomlangan mo’’jaz risola ham ayol haqida. Uning jamiyatda tutgan o’rni, Islom dinining va hozirgi zamon hazorasining (tsivilizatsiyasining) ayolga munosabati to’g’risida. U ana shu dolzarb masalaga xolis, adolat nuqtai nazaridan yondashuvi bilan barcha kitobxonlarga manzur tushadi, degan umiddamiz.
Tavfiq Allohdan!

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #6 : 13 Avgust 2006, 08:02:24 »
Insonning yaratilishi

Alloh taolo Yerni yaratishi bilan unga jinlarni joylashtirdi. Jinlar yer yuzida fasod chiqargach, Alloh taolo farishtalardan bir lashkar bilan Iblisni yubordi. Ular jang qilib, jinlarni orollarga va tog’larga surdilar.

Faqat Iblis kibr bilan hech kim qilolmaydigan ishni bajardim, deb o’yladi. Farishtalar Alloh taoloning bilgani – Iblisning kibrini, kekkayganini bilmadilar.

So’ng Alloh taolo farishtalarga «Muhaqqaq, Men yer yuzida (O‘zimga) bir xalifa yaratmoqchiman», deyishi bilan malaklar: «Jinlar kabi u ham yerda buzg’unchilik qiluvchi, qon to’kuvchi bo’ladimi?» dedilar.

Alloh taolo: «Shubhasiz, Men bilganni bilmassiz», ya’ni siz bilmaganni, Men bilguvchiman, dedi.
Janobi Haq Odamni yaratmoqni murod qilishi bilan yerga xitoban marhamat qildiki: «Men sendan xalifa yaratmoqchiman, ulardan Menga toat qiluvchilarni jannatga, isyon qiluvchilarni jahannamga joylayman».

Alloh taolo yerning turli: oq, qora, qizil tuprog’idan, baland-past, yaxshi-yomon, serhosilu hosilsiz, yumshoq va qattiq joylaridan, ba’zi tog’lardan keltirishni amr etdi.*

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #7 : 13 Avgust 2006, 08:02:44 »
Alloh taologa tuproq keltirilganda, uni qora, hidli balchiqqa aylantirib, undan Odamni (a.s.) yaratdi. Odam (a.s.) qirq kecha tashlangan bir jasad holida yotdi. Iblis kelib oyoqlariga urar, urganda, Odam gavdasidan sado chiqardi. Farishtalar Odam (a.s.) jasadi yonidan o’tisharkan, surati go’zalligiga, bo’yi uzunligiga hayratlanishardi. Ular hali bunga o’xshash suratni ko’rmagan edilar. Iblis g’ashlanib: «Sen qanday ish uchun yaratilding?» deya unga teginardi.

Odam (a.s.) juma kuni asrdan so’ng yaratildi. Yer jinsidan yaratilgani uchun «Odam», deyildi. Janobi Haq Odamga (a.s.) ruh pufladi, nafha – puflash Odamning (a.s.) bosh tarafidan keldi va qaysi joyiga tegsa, o’sha joy et va qonga aylandi. Alloh taolo ruh puflagach, Odam (a.s.) eshitib, ko’rib, tanib va so’zlay boshladi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so’ng) quritilgan loydan yaratganmiz» («Hijr», 26).

«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo’ydik…» («Hujurot», 13).

«Ey odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo’rqingiz!…» («Niso», 1).

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #8 : 13 Avgust 2006, 08:02:53 »
Hadisi sharifda: «Ayol erkakning qobirg’a suyagidan yaratildi», deyilgan.

Chegarasiz, poyonsiz borliq olamni yaratgan, yo’qdan bor etgan Oliy Qudrat sohibi mavjudotni jufti bilan yaratdi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:

«Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o’zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur» («Yosin», 36).

«(U) osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun o’zlaringizdan bo’lmish juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o’shanday (juftlikda) ko’paytirur» («Sho’ro», 11).

Janobi Haq O‘z zotidan mustasno vahdoniyatini barcha hashamati bilan namoyon qilmoq uchun har yaratilmishni boshqasi bilan to’ldirgandir. Yer ko’kning, kecha kunduzning, urg’ochi erkakning to’ldiruvchisi va bir jihatdan tenggi, sherigi emasmi?

Shuurli bir shaklda bir-birlariga eshlik qilmoq uchun yaratilganiga shubha bo’lmagan eng uyg’un juft ham, albatta, erkak bilan ayoldir.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #9 : 13 Avgust 2006, 08:03:04 »
Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va boshqa sahobai kiromlardan (r.a.) rivoyat etiladiki: «Odam (a.s.) jannatga o’rnashgan, ammo yolg’iz edilar. Huzur topadigan oilalari yo’q edi. Bir gal oson uyquga ketdilar. Uyg’ondilaru bosh taraflarida o’tirgan ayolni ko’rdilar. Alloh taolo uni Odam (a.s.) uxlayotganlarida, qobirg’a suyagidan yaratdi. Odam (a.s.) unga «Sen kimsan?», dedilar. Ular: «Ayolman», deb javob berdilar. Odam (a.s.): «Sen ne uchun yaratilding?» dedilar. Ular: «Sen men bilan huzur topishing uchun», dedilar».

Bu hodisani tomosha qilayotgan farishtalar Odam (a.s.) ilmini tekshirmoq, sinamoq uchun so’radilar: «Uning ismi nima?» Odam (a.s.): «Havvo», dedilar. «Yaxshi, nechun Havvo ismi berildi?» «Chunki tirikdan yaratilgandir», deya javob berdilar.

Bundan so’ng Alloh taolo dedi: «Biz yana aytdik: «Ey Odam, sen jufting (Havvo) bilan jannatda yashangiz va xohlagan joylaringizda undan (ne’matlaridan) bemalol tanovul qilingiz. Faqat mana bu daraxtga* yaqinlashmangiz, (aks holda) zolimlardan bo’lib qolursiz». Bas, shayton ikkisini vasvasa bilan, turgan joylaridan (jannatdan) chiqardi. Biz (ularga) aytdik: «Bir-birlaringizga (kelajak zurriyodingiz bilan o’zaro) dushman bo’lib (Yerga) tushingiz! Ma’lum vaqtgacha (ajal yetguncha) sizlar uchun Yerda barqarorlik va (undan) foydalanish (bordir)» («Baqara», 35-36).

Shayton Odam (a.s.) bilan Havvoning har ikkisini vasvasa qildi, ularni yalong’och holda tushirdi va fikridan qaytardi hamda aslida mamnu’ (ma’n etilgan) daraxt mevasidan yegizdi.

«Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o’zlarini jannat yaproqlari bilan to’sib oldilar. Odam Parvardigoriga osiy bo’lib, yanglishdi. So’ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi» («Toha», 121-122).

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #10 : 13 Avgust 2006, 08:03:30 »
Tarixda ayolning o’rni

Turli zamonlarda ayolning ijtimoiy ahvoli, jamiyatdagi o’rni har xil bo’lgan. Tarixda har doim ham ayolga inson sifatida qaralmagan. Hatto, Alloh taolo payg’ambari Iso Masihga (a.s.) Injil nozil bo’lgan davrda ham ayol haq-huquqlari to’la bo’lmagan va bari ham ado etilmagan. Butun yer yuzida ayolga adolat bilan qaraydigan jamiyat yo’q edi. Qadimgi Hindistonda ayol turmush qurish, meros va boshqa hech qanday haqqa ega emasdi. U nopok tamoyilga, zaif fe’lga, yomon axloqqa ega, deb hisoblanar, shu sababli Manu III qonuni uni bolaligida otasiga, yoshligida eriga, erining vafotidan so’ng ham o’g’liga yoki erining aqrabosidan bir erkakka qaram bo’lmoqqa majbur etardi. Hatto, ba’zi joylarda eri o’lgach, ayolga yashash ta’qiqlanardi. Marhum eri bilan tiriklayin yoqib yuborishardi.

Hindlarning muqaddas kitobi «Veda»da ayol momaqaldiroqdan, o’limdan, zahardan va ilondan ham yomonroq maxluq sifatida tasvirlanadi.

Buddaviylik asoschisi Budda avvallari ayolni dinga qabul qilmasdi. Yaqin do’sti bo’lgan amakivachchasi Ananda:
– Ayollarga qanday muomala qilamiz? – deb so’rashi bilan oralarida shunday suhbat bo’ldi:
–  Ularga hech qaramaysan!
– Agar qarashga majbur bo’lsak-chi?
– Suhbatlashmaysan.
– Suhbatlashishga majbur bo’lib qolsak-chi?
– U holda ulardan juda ehtiyot bo’lasan, saqlanasan.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #11 : 13 Avgust 2006, 08:03:40 »
Ananda ayollarni himoya etardi, uning qat’iyligi bilan Budda ancha taraddudlardan so’ng ayollarni diniga qabul qiladigan bo’ldi. Faqat buning buddachilar jamoati uchun bir talay tahlikalar keltirganini doim so’zlashardi.

Budda bir gal Anandaga shunday dedi:
 â€“ Ayolni bu dinga qabul qilmaganimizda, buddachilik (buddizm) sof holda uzoq asrlar davom etardi. Endi oramizga ayol kirgach, bu din uzoq yashaydi, deb ayta olmayman.

Mesopotamiya va unga yaqin hududlarda ayolning ahvoli quyidagicha bo’lgan: masalan, shumerlarda zino qilgan ayol na o’ldirilardi va na eridan ajrashga hukm qilinardi. Faqat erining ikkinchi uylanishiga e’tibor berishmasdi. Aybdor ayol esa oiladagi yuksak maqomidan mahrum etilardi.

Yana shumer huquqiga ko’ra, bir ayol eriga: «Sen mening erim emassan», desa, ya’ni ajrashmoqni istasa, u ayol daryoga tashlanardi. Faqat erkak xotiniga: «Sen mening xotinim emassan», deydigan bo’lsa, erkak unga bir miqdor kumush pul berishi lozim edi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #12 : 13 Avgust 2006, 08:03:49 »
Azaldan akadlarda bir erkak ayolning bolasini tushirishga majbur qilib, natijada u ayol o’lsa, o’sha erkakning qizi o’limga mahkum etilardi. Chunki akadlarga ko’ra, ayolga muqobil erkak o’ldirilmaydi, ayolga muqobil ayol, hur erkakka muqobil hur erkak, qulga muqobil qul o’ldirilardi.

Bu huquqqa ko’ra, birovning jinoyati boshqaga ko’chirilmoqda. Aybdor, jinoyatchi erkak o’rniga ma’sum bir qiz o’ldirilmoqda.

Ko’hna Bobildagi Hammurapiy qonunlari aslida shumer qonunlarining o’zginasi. Faqat keng qamrovli va mukammal. Bu qonunda oila huquqi jihatidan ayol foydasiga ba’zi moddalar kiritilgan. Qonun yolg’iz ayol bilan turmush qurishni asos qilgani holda, ba’zi vaziyatlarda birdan ziyod ayolga uylanishga ruxsat etilgan.

Shu bilan birga agar bir odam birovning qizini o’ldirsa, o’z qizini u odamga cho’ri va xizmatchi sifatida berishi kerak bo’lardi.

Miloddan oldingi 1800-1700 yillar orasida Onado’lida yashagan xatitlarda uyda bolalarga hokim faqat ota edi. Istasa, bolalarni tovon, badal sifatida boshqasiga bera olardi. Er o’lganda, ayol oiladagi qarindoshlariga topshirilardi. Bunga aloqador qonunning 193-moddasida shunday deyiladi:

«Agar bir kishi o’lib, xotini tul qolsa, avval ayol erning erkak qarindoshiga turmushga chiqadi. Bu o’lsa, uning otasiga, ota o’lsa, er qarindoshining o’g’liga (erning jiyaniga) turmushga chiqish majburiyatida edi».

Shu qonunda yana shunday deyilgan: «O‘lgan otasidan qolgan o’gay onaga uylanish ayb emasdir».

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #13 : 13 Avgust 2006, 08:03:58 »
Bundan tashqari, tul xotinga erining qarindoshlari ham uylanishga haqli bo’lgan. Mehnatga to’lanadigan haq jihatidan ayol erkak haqqining yarmini olardi.

Qadimgi Yunonistonda ayol xor va xaqir sanalardi. Qonun jihatidan bozorda sotiladigan va olinadigan mol turidan, narsadan uning farqi yo’q edi. Madaniy haqlarga oid turli erkinliklardan va hurriyatdan mahrum edi, butun umri davomida bir erkakning obro’si ostida bo’lib, turmush va turmush qurish ishlari o’sha erkakka topshirilardi. O‘sha erkak istagan biriga er sifatida taklif etar va ayolni zo’rlab tasarrufiga olardi. Erkak kishi barcha mol-mulkning idorachisi edi. Uning roziligisiz ayol hech bir tasarruf huquqiga ega emas edi. Ajralish ishlarida er mutloq haq hisoblanardi. Faqat ba’zi istisno hollardagina ayol ham ajralishni talab eta olardi. Faqat bu istak oldiga bir necha to’siqlar ham qo’yilardi. Bu to’siqlardan biri – ayol ajralishni talab  qilib mahkamaga bormoqchi bo’lsa, erkak yo’lini to’sib, zo’ravonlik bilan uyga qaytarardi.

Spartaliklar esa ayolga, masalan, merosda, kelin sepida va muomalada ba’zi huquqlar, madaniy haqlar bergandilar. Faqat bu ularning ayollarni hurmat qilganlari sababli emasdi. Sparta harbiy joy bo’lganligi uchun erkaklar davomli urush, jang bilan mashg’ul bo’lardilar. Sita (maxsus biror narsa bilan shug’ullanuvchi shahar, o’lka, davlat)da bo’lmaganlaridan, tasarruf etishni majburan ixtiyorsiz ayollarga qoldirishardi. Shu sababli spartalik ayol Afina va boshqa Yunon shaharlarida yashagan ayollarga qaraganda erkinroq edi.

Yunon madaniyati cho’qqiga chiqqach, ayollar ahvoli yanada yomonlashdi. Fahsh yoyildi. Ayollar bir zavq vositasi va shahvatlarni qondiradigan ermak holiga tushdi. Turmushdan maqsad, faqat zavq va shahvat qondirish bo’lib qoldi. Farzand ko’rish maqsadi yo’qoldi. Spartada jinsiy jozibasi bo’lgan ayollar eridan boshqa erkaklar bilan g’ayri mashru’ aloqalarga zo’rlanadigan bo’ldi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
« Javob #14 : 13 Avgust 2006, 08:04:11 »
Aflotunning fikricha: «Ayol qo’ldan-qo’lga o’rtalikning moli bo’lib o’tishi kerak».

Vaqti bilan jamiyatda Lut qavmida bo’lgani kabi erkakning erkak bilan munosabatga kirishishi yoyildi. Nihoyat, Yunon madaniyati bu axloqsizlik va buzuqlik sababidan tarix sahnasidan tushib ketdi.

Rumliklarda tug’ilgan bola xoh o’g’il, xoh qiz bo’lsin, ota buni oilaga qabul qilish majburiyatini olgandi. Hatto, bola tug’ilar-tug’ilmas, eng avval otaning oyoqlariga qo’yilardi. Ota uni quchib, yuqori ko’tarsa, qabul qilganiga dalil edi. E’tibor bermasa, bola tark etilgan hisoblanardi. U holda bola bir umumiy maydonga tashlanar  yoki «tangri» haykallari yonida qoldirilardi. Bola erkak (o’g’il) bo’lsa, xohlagan farzand qilib olardi. Agar qiz bo’lsa, ko’pincha uni hech kim olmas, u esa ochlikdan, suvsizlikdan, issiqdan, sovuqdan halok bo’lardi. Oilada ota mutloq hokim edi. Bolalarni istaganicha tasarruf etardi. Qizning mulk tutish haqqi yo’q edi. Moli bo’lsa, oila raisining moliga qo’shib qo’yilardi.

Miloddan 4 yil avval va milodiy 65 yillar orasida yashagan Rum mutafakkiri va faylasufi Sineka Rumdagi ajrashish razolatlarini qayg’u ichida shunday tasvirlaydi: «Zamonamizda Rumdagi ajrashish hodisasi endi ayb sanalmayapti. Ayol hisobsiz marta erkaklarga turmushga chiqa oladi».

O‘sha davrdagi Rum ayoli birin-ketin, qatorasiga, bir necha bor nikohlanishi va xohlaganicha er almashtirishi mumkin edi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

 

Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Muallif xxmexxBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 140
Ko'rilgan: 211393
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:41:37
muallifi AbdulAziz
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Mo'minalar silsilasi

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 95
Ko'rilgan: 46296
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:26:58
muallifi AbdulAziz
Muqaddassan, Ayol!

Muallif shoirBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 32296
So'nggi javob 25 Dekabr 2007, 11:50:21
muallifi Usmon
Ayol kishiga qo'l ko'tarish PASTKASHLIK!

Muallif MuslimаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 16838
So'nggi javob 24 Mart 2014, 13:56:32
muallifi Muxsiya
ISLOM VA AYOL

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 20309
So'nggi javob 05 Avgust 2013, 20:16:44
muallifi MUSLIM_uz