Islom ayoldan la’natni ko’tarib tashladi, inson o’g’lining, Odamning jannatdan chiqishiga, la’natlanishiga ayol sabab bo’ldi, degan e’tiqodni ham rad etdi.
Islomga ko’ra, ayol ham erkak kabi dindosh bo’lishga, ibodat qilishga haqli va buyurilgandir. Qiladigan amaliga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Jinsiyat farqi savobining kam bo’lishiga sabab emas. Allohning quli bo’lish yoki Allohga bandalik jihatidan erkak bilan ayol orasida farq yo’qdir.
Din ulamolarining ta’kidlashicha, Alloh taolo iymon keltirganlar soyasida iymon keltirmaganlarni halok qilmayapti, zakot berganlar soyasida zakot bermaganlarni, ro’za tutganlar soyasida ro’za tutmaganlarni, zikr etganlar soyasida zikr etmaganlarni, namoz o’qiganlar soyasida namoz o’qimaganlarni halok qilmayapti.
Ilmga juda e’tiborli bo’laylik. Tish bergan rizqni ham berar, Yaratgan bizni och qo’ymas. Hadisi sharifda marhamat qilingani kabi: "œKim Alloh uchun ilm talabida bo’lsa, Alloh taolo uning rizqini kutmagan yeridan yetkazadi".
Islom ayollarning ilm egallashlari uchun qulayliklar ta’min etmoqda. Maqsad Islom jamiyatining foydali bir a’zosi, millati, vatani, davlatiga manfaat yetkazuvchi inson bo’lib yetishish va yetishtirishdir. Islom ayolni jaholatdan kutqarib, yuksaltirdi, sharafladi. Jamiyat ayollarga hurmat bilan qaraydigan bo’ldi, ayollarning iqtidorlari, qobiliyatlarini erkaklar tan oldilar. Urva bin Zubayr (r.a.) hazrati Oisha (r.a.) haqlarida; "œHazrati Oisha Qur’on hukmlari, she’r va adabiyotni, arab tarixi va uning pog’onalarini boshqa shaxslardan ko’ra ko’proq bilardi", deganlar.