Muallif Mavzu: Inson Xotirasi  ( 10115 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

akula

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 189
  • Xabarlar: 237
  • Jins: Erkak
  • Textileluxe.ru
    • Textileluxe.ru
Inson Xotirasi
« : 09 Iyul 2011, 01:28:21 »
XOTIRANGIZ PASAYYAPTIMI? ESLAB QOLOLMAYAPSIZMI?
   

Xotirangiz kerakli ma’lumotlarni eslab qolishda pand berayaptimi? Sizda tanishlaringiz ismini unutib qo’yish holari tez-tez uchrab turadimi? Quyidagi holatlar balki sizga juda tanishdir: nima haqdadir gapirmoqchi bo’lasiz, lekin u kutilmaganda esingizdan chiqib ketadi; fikringizning o’rtasida aslida o’zi nima haqda o’ylayotganingizni hech eslay olmaysiz. Agar shu muammolardan birortasi sizga tegishli bo’lsa, maqolani o’qishda davom etavering. Bu maqola orqali siz qanday qilib xotirani mustahkamlashni bilib olasiz. Bizning xotiramiz cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Agar biz shu imkoniyatlarni kengaytiruvchi usullarni qanchalik ko’p mashq qilsak, kerakli ma’lumotlarni eslab qolishimiz shunchalik osonlashadi.
Miyamizda 3 turdagi xotira mavjud va ular o’z vazifasini turli yo’sinda bajaradi.
Masalan:- Tasodifiy xotira hayotimizdagi sodir bo’ladigan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni turli his-tuyg’ular bilan bog’liq holda saqlab qoladi. - Semantik xotira bizni o’rab turgan olam haqidagi, turli so’zlar va ularning ma’nolari to’g’risidagi umumiy bilimlarni o’z ichiga oladi.
- Takrorlanib turuvchi xotira esa bizga doimiy amallarni  bajarishimiz uchun imkoniyat beradi.Xotiraning pasayishi nimadan kelib chiqadi?Buning bosh sababi atrofimizda har kuni ro’y beradigan chalg’ituvchi voqea-hodisalardir. Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, bir kunda hech bo’lmaganda mingta reklama namoyish qilinadi va bu chalg’itish uchun yetarli bo’ladi.
Quyidagilarni ham sabab sifatida ko’rsatish mumkin:
1. Gipertoniya – agarda qon bosimingiz yuqori bo’lsa, sizda xotirangiz pasayishi va ruhan og’irlashish ehtimoli ko’proq bo’ladi.
2. Diabet – gipertoniya kabi miyamizning anglash, tushunish, o’rganish funksiyasini pasaytirishda katta rol o’ynaydi, bu holat asosan yoshi katta ayollar orasida ko’proq uchraydi.
3. B12 vitamini yetishmasligi – agar sizning kunlik ovqatingizda yetarlicha B12 vitamini bo’lmasa, xotirangiz zo’riqishlarni osongina qabul qiladi.
4. Boshqa oziq bo’ladigan moddalar yetishmasligi esa miya qo’shimcha funksiyasining susayishiga olib kelishi mumkin.
5. Zaharlanish – shunaqangi zaharlovchi moddalar borki, insonning miya funksiyasini susaytirish bilan birga narkotikaga yo’liqtiradi.
6. Klimaks davri (Ayollarda hayz ko’rishning butunlay to’xtashi) – ha bu to’g’ri, qadrli ayollar! Bu vaqt davomida siz xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog’liq talaygina muammolarni boshingizdan o’tkazishingiz mumkin.   
 

Xotirtamiz qanday ishlaydi?

U avvalambor ma’lumotni ko’rish, hidlash, tegish, eshitish orqali saqlab qoladi. Ma’lumotni uzoq vaqtli xotiraga saqlab qo’yishdan oldin qisqa muddatli xotirada vaqtinchalik ma’lumotlar almashiniladi. Miyaning ma’lumotlarni avtomatik ravishda ro’yxatga olish tizimi yo’q. Eslab qolish qobiliyati yaxshi bo’lishi uchun ma’lumot xotirada kodlashtirilgan bo’lishi kerak. Ma’lumotni qanday kodlashtirishimiz mumkin?Bu uslubni siz maktabdan beri bilsangiz kerak: esda saqlab qolishni xohlagan narsani ifodali o’qish va uni hech bo’lmaganda bir marta qaytarish. Bu tez-tez uychraydigan holat. Masalan, biz telefon raqamini, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o’qisak, ularni eslab qolishimiz oson bo’ladi.Aynan shu uslubdan murakkabroq ma’lumotlar uchun ham foydalansak, qanchalik samarali natija berishi mumkin? Masalan nutqni yod olish haqida nima deysiz? Uni takrorlayverish shak-shubhasiz foydali bo’lib chiqadi – nutqiningiz ustida qanchalik ko’p ishlasangiz, har bir qatorni eslab qola olasiz. Yana bir foydali usul: ma’lumotlarni guruhlarga ajratish va ularni tanish biror narsa bilan bog’lab, eslab qolish. Uzunroq matnni tezroq yod olish uchun esa mutaxassislar quyidagilarni tavsiya qilishadi:

1. O’qiyotgan ma’lumotingizning ko’rinishini miyangizda yarating. Ularni tasavvur qila olganingizda siz ma’lumotni yanada osonroq esda saqlab qolasiz.

2. Kulgili yoki bema’ni biror narsa haqida o’ylang. Keyin shu ifodani o’qiyotgan narsangizga bog’lang. Bu sizga xotiralaringizni hissiyotlarga bog’lashga imkon beradi. 

Agar sizda xotira susayishi kuzatilayotgan bo’lsa, bu holni yaxshilash uchun qo’llaniladigan bir qancha usullar mavjud:
1. Vaqtingizni o’zingizni qiziqtiradigan ruhiy, xayoliy amallar bilan shug’ullanishga sarflang.
2. Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering. Bilasizmi, miyamiz tana og’irligining atigi 2%ini tashkil qiladi, lekin biz qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarning 20%ini iste’mol qiladi. Umumiy qoidalarga ko’ra, siz qimmat ozuqaviy qo’shimchalarga muhtoj emassiz. Shuning uchun "yomon narsalar” iste’mol qilmayotganingizga ishonch hosil qiling.
3. Miya tananing bir qismi ekanligini unutmang. Tanangiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam bera oladi.
4. Mashqlarni ko’tarinki ruhda va kelajakka bo’lgan katta ishonch bilan bajaring. Tashqi hodisalar ta’siridan yoki o’z fikrlaringiz tomonidan zo’riqtirilganligidan qat’iy nazar, asabiylashish va xavotirlanish nerv xo’jayralarimizni halok qiladi va yangi bittasi yaralishiga to’sqinlik qiladi. Bunga misol tariqasida surunkali ruhiy zarbani ko’rsatishimiz mumkin. Miyangizdagi nerv xo’jayralarining qanchalik uzoq yashashi siz ulardan qanday foydalanishingizga bo’gliq.
5. O’rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham yashab turgan muhitimizni o’rganish, o’zgartirish. Bu miyangizni tez-tez yangi g’ayrat, faollik bilan harakatga undang deganidir.
6. Bilamizki, biz sayyoramizdagi o’zini-o’zi nazorat qila oladigan, boshqara oladigan yagona tirik mavjudotmiz. Hayotingizda zabt etishingiz mumkin bo’lgan cho’qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg’otuvchi so’zlar, nutqlarni tinglang. Maktab, kollejni, oliy o’quv yurtini tugatgandan keyin ham har doim izlanishda davom eting, bunda yoshingizning ahamiyati yo’q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko’rinadi.
7. Tadqiqot olib boring, sayohat qiling. Turar joyni o’zgartirib turish sizni muhitga ko’proq e’tibor berishga undaydi. Yangi qarorlar qiling, miyangizni ishlating.
8. Miyangizni tashqi manbalarga ko’ra ishlatmang. Kino yulduzlari, siyosatchilar, aqlli qo’shningizga ko’ra ham emas. O’z qarorlaringizni o’zingiz qabul qiling va hattoki xatolarni ham. Harakatlaringizdan to’g’ri xulosa chiqaring. Shu yo’sinda siz o’z miyangizni mashq qildirib borasiz, qo’shningiznikini emas.
9. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va tez-tez kulib yurishga odatlaning.
10. Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi.
11. Yangi til o’rganish - izlanishlar shuni ko’rsatadiki, o’z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan odamlar xotira pasayishi kasaliga nisbatan ko’proq duchor bo’lishadi.  Hozirdan kurashni boshlang va bugunning o’zidayoq yuqoridagi usullardan hech bo’lmaganda bittasini yaxshilashga harakat qiling!
Olloh yakkayu yagona  va undan o'zga iloh yoqdur

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 674
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: Inson Xotirasi
« Javob #1 : 13 Avgust 2012, 18:09:10 »

  Imom Buxoriydan ba'zi talabalar so'rashdi:
– Zehnni o'tkirlash uchun biron narsa (dori) iste'mol qilish kerakmi?
– Ko'p mutolaa qilish kerak, - deb javob berdilar.

Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Maysara

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 195
  • -oldi: 335
  • Xabarlar: 181
  • Jins: Ayol
Re: Inson Xotirasi
« Javob #2 : 19 Avgust 2012, 06:14:20 »
 :vsl3:

Ибн Қаййим рах. майиз яхши озуқа бўлишини ва ошқозонни кучайтириб, ёдлашга манфаатли бўлишини айтган. Зуҳрий рах.: "Ким ҳадис ёдлашни хуш кўрса, майиз есин" деган.

Зуҳрий рах. Ибн Журайж рах.га: "Сен асални лозим тут, албатта у ёдлаш учун яхшидир" деди.

Бир киши Али ибн Толиб розияллоҳу анҳуга кўп унутишидан шикоят қилди. Шунда у киши: "Сен сигирнинг сутини лозим тут. Албатта у қалбга дармон бўлур ва унутишни кетказур" дедилар. Хотиб ривоят қилган.

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Inson Xotirasi
« Javob #3 : 12 Mart 2013, 17:59:06 »
bolalarni xotirasi mustahkam bo'lishi uchun ularga ko'p she'r yodlatish kerak. Bu kattalargayam foyda beradi agar vaqt ajrata olishsa

Salsabil

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 131
  • -oldi: 280
  • Xabarlar: 99
  • Allohim, o'zingdan o'zgaga MUHTOJ aylama!...
Javob: Inson Xotirasi
« Javob #4 : 12 Mart 2013, 20:28:49 »
She'rmas balki Qur'on yodlashsa zehn o'tkirlashadi. Qur'on yodlagan sari zehn ochilib boradi. Sinovdan o'tgan! Ukamni rus maktabga bergan edik. Uni darslarini man qildirardim. Dars chuntirvogunimcha rossa qiynalib ketardim. To'rtinchi sinfdan keyin ko'p qur'on yodlagan edi MashaAlloh zehni ochilib ketti! Mana hozirgacha 18 pora yodlagan zehni MashaAlloh! Fransuz maktabini a'loga tugatib, hozir Ingliz maktabda tengdoshlaridan bir sinf yuqorida a'loga o'qivotti Alhamdulillah! Oilamizdayam ukam ko'p qur'on yotlagani uchun, zehni eng kuchliyimiz, sinim oramizda kam qur'on yotlagani uchun, ichimizda zehni zayifrog'imiz...
اللهُمَّ إِنِّي  أَسْأَلُكَ  أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي، وَنُورَ صَدْرِي، وَجَلاءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي
Allohim!Qur'onni qalbimning bahori, ko'nglimning nuri, mahzunligimni ketgazuvchi va tashvishimni aritguvchi qilgin!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Inson Xotirasi
« Javob #5 : 13 May 2013, 16:41:48 »
Ertangi qiladigan ishlaringiz ro'yxati tuzib yostig'ingiz ostiga qo'yib uxlang va ertasi kuni qilingan ishlar ro'yxatini tuzib solishtiring qoldirilgan ishlarni ertasi kun ro'yxatiga qo'shing bu usul kuningizni unumli bo'lishidayam yordam beradi

 

Inson qalbi bilan hazillashmang Siz ...

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 10403
So'nggi javob 17 Iyun 2006, 12:08:41
muallifi Mohinur
Inson kim va u nima uchun yaralgan?

Muallif Muhammad AminBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 11133
So'nggi javob 29 Sentyabr 2007, 18:53:57
muallifi Muhammad Amin
Inson o'ylashi kerak..............

Muallif MuzayyanaBo'lim Islom

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 3837
So'nggi javob 30 Avgust 2014, 10:58:19
muallifi MirzoMuhammad
Sizningcha haqiqiy musulmon inson qanday bo'lishi kerak?

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4611
So'nggi javob 23 Iyul 2012, 15:11:51
muallifi Muslimahon
Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob

Muallif siddiqaBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 77
Ko'rilgan: 39851
So'nggi javob 21 Mart 2009, 21:01:48
muallifi AbdulAziz