Muallif Mavzu: Касалликдан тўлиқ қутуламиз  ( 42701 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Ko'cha-ko'y, gazetalarda, televizorda "foydali, zararsiz, tezkor, og'riqsiz "OZISH" degan reklamalariga ko'zim tushmoqda.
Ozish yo semirish shunchalar qiyinmi?!
Inson tanasiga hokimmi yo tana insongami?
Men xohlasam 10kunda ozib olaman, xohlasam 10kunda semirib olaman, tanamga xokimlikni qo'lga olganman, boshqalarday ortiqcha vazndan yo oriqlikdan aziyat chekmayman, qanday xohlasam tanamni o'shanday holatga keltira olaman, bunga atigi 10kun kifoya qiladi!
Umuman zararsiz, aksincha ozish yo semirish bilan ichki tozalanish ham bo'ladi.
Bu ochlik va parhezdir.

Odamlarga ochlikni gapirsak ensasi qotadi, huddi ovqatsiz bir narsa bo'ladiganday.
Lekin parhezga urinib ko'rishadi, qiyin bo'lsada.
Fitnesga qatnashganlarga ham parhez tavsiya etiladi, har qanday ozish yo semirishga uringanlarga ham muolaja bilan parhez tavsiya etiladi.

Men aniq ayta olamanki parhezdan ko'ra ochlik o'n chandon oson, va yengildir. Parhezda sevimli ovqatlardan tiyilish juda qiyin, buni ko'p odam uddalay olmay parhezni buzib yuborishadi.
Ochlikda esa bunday hol atigi ikki kun davom etadi, keyin ishtaha o'z o'zidan yo'qqa chiqadi.
Kuniga 0.5-1.5kg atrofida ves tashlay boshlaysiz. Eng muhimi yuzdagi ajinlar ham ketadi, ter taranglashadi (kosmetologlarga hojat yo'q, tabiiylik sohtalikdan doim ustundir), soch yaltiraydi, ko'ngil quvonchga to'ladi, harakatlar faollashadi, tanadagi tuzlar chiqib ketgani sabab istagancha egilib bukila olasiz.
Ochlik bilan qanday semirish mumkin, o'zi kunda 1kgdan ves tashlasa deb ajablanmang. Oriqlikning asosiy sababi kam yeyishda emas balki oshqozon hazm sistemasi buzilganidan bo'ladi. Ayrim oriq kishilarni ko'ramiz, ko'p yeydiyu lekin semirmaydi. Bu oshqozoni "buzilgani"dandir. Ochlik yordamida oshqozonga dam beramiz, oshqozon bu vaqtda o'zini o'zi tuzatib oladi. Ochlikdan keyin sharbatlar bilan "Og'iz ochamiz", keyin yengil meva va sabzavotlarga o'tamiz. Bular oshqozonda ajoyib tarzda so'rilib hazm bo'lib ketadi. Mana shu sharbatu meva-cheva, sabzavotlar ham semirishga imkon yaratadi. 2-3kundan keyin qaynatilgan guruch bilan taomlanadi, so'ng semirish boshlanadi, ishtaha  karnay-surnay bo'ladi.

Ozish uchun muhim nuqta mana shu yerda, ishtahaga qul bo'lmay o'zingizni atigi ikki hafta tiyib turing, ishtaha ketadi qoladi, go'zal qomat, tarang tortilgan yuz, charaqlagan ko'zlar, yaltiragan sochlar esa siz bilan qoladi.

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
 :asl3:

Mo'min Mirzo, juda yaxshi ish boshlaganakansiz, nega davom
etmay qo'ydingiz?
Postlaringiz juda ta'sirli bo'libdi, sababi o'zingiz bularga amal
qilganingiz bo'lsa kerak.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Va alaykum assalom. Mufazzala opa bir yarim yilcha amal qildim, ohirgi marta uch haftalik ochlik qilgandim, qarindoshlar "isyon" kotarishdi, shu bo'yi ochlik qilmadim. Aksincha, bahorda Andijonga qaytganimdan beri har kuni ustalar bilan osh yeyapman. Ves-ku normal, lekin ochlik davridagidek yengilliklar yoq.

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Muammo ham shundada. Uydagilar isyoni. 3 kunlik ochlikka qancha noroziliklar bo'lgan.
Yangi uylarga ko'chib olsak, yotvolib ochlik qilamiz, inshaalloh.
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
 :asl3:

Isyon deganda nimani tushunay, bizikilar ochlik qilsam
o'zlarini juda baxtli his qilishadi, biz tarapda :)

Shu bolalarga ovqat qilish, yedirish degan narsalardan
uzoqroqda bo'lganimda menam "yotvolib" ochlik qilardim.
Chunki ochlik paytida o'zimni judayam yengil va sog'lom his qilaman.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Men ko'p ochliklar o'tkazdim, men uchun eng afzali uch kunligi. Eng qiyini ham shu uch kunlik : )
Uch kunga chidab bergan odam to'rtinchi kunlarda o'zida ochlikni xis qilmaydi.
21 kunlik ochlikda menda ko'pam o'zgarishlar bo'lmadi, aksincha, haddan tashqari ozib ketganim sabab amakilarim qattiq tanbeh berishgandi, ochlikni eshitishsa sochlari tikka bo'ladigan darajaga borishgan : )

Iqtibos
sababi o'zingiz bularga amal
qilganingiz bo'lsa kerak.
Yuqorida aytganlarim barchasi o'zimda bo'lgan edi, ayniqsa sochlarim jilolanib yaltirar, ko'zlar charaqlab turardi, juda yengil qushday bo'lib o'zimda umuman behollik sezmasdim. Uydagilar sochlaring yonyaptiya, ovozing tiniq, tekis yuribsan... derdi, hozir bulardan asar ham qolmadi.
Shu uy qurilishlari bitsa Toshkentga qaytib yana ochlikni boshlamoqchi bo'lib turibman, avvalgiday ko'p kunlik emasu 3-7 kunliklarga qarindoshlar vahimaga tushishmas.


Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
 :asl3:

Mening eng qisqa ochligim 3 kun, eng ko'pi esa 40 kunlik bo'lgan.
O'shanda 16kg ves tashlagandim.
Yaqinda esa haftada 3 kunlik, 3 kunlik qilib keyin 10 kunlik qildim.
Ancha dardlardan forig' qildi Robbim.
Ayniqsa dangasalik kasalidan qutuldim, epchilgina-chaqqongina bo'lib qoldim :)
Men ochlik qilsam oila budjetiga rosa foyda bo'lishiga ham qiziqaman :)

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
40 kun? Qoyil opa, menda 18 kunlikdan tomoqlarim qurib suv ham namlay olmaydigan darajaga yetgandi. 21 bir kunda tildagi oqish ketgandan so'ng ochlikni to'xtatgandim. Siz qirq kunlikda tildagi oq parda ketganmidi?

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Assalomu alaykum

:asl3:

Isyon deganda nimani tushunay, bizikilar ochlik qilsam
o'zlarini juda baxtli his qilishadi, biz tarapda :)


Isyon bu hamma siz qilayotgan "be'mani"ishga qarshi chiqishi.Sizlarda ochlik yuqoridagidaka munosabat bo'lsa,biz tarapda teskarisi  :D

Roppa-rosa bir yil oldin men ham Mo'min Mirzo akani yozganlaridan ilhomlanib ochlik o'tkazmoqchi edim.O'zi atigi bir kundan  orada tanaffus qilib ochlik o'tkazgandim,rossa gappi tegida qoldim  :) Sal ves tashlagandim Ota-onam rosa tanbeh berishdi.Ayniqsa onamla.Onam "Hozir yoshsan,ayni yeydigan payting"toshni yesang osh bo'ladi",-deb hech qo'ymaydilar  :D Baribir onalar bolasiga yaxshi bo'lsin deydida,nima ham derdik  :) Uyga Pol Bregni kitobini olib kelgandim.Bu ham foyda bermadi,teskarisiga salbiy ta'sir qildi.Lekin ro'za tutishimga qarshilik bildirishmaydi,shunisiga ham shukr.

Ammo Mufazzalaopaga qoyil qoldim :)
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Ummu Muslima

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 1490
  • -oldi: 506
  • Xabarlar: 239
  • Jins: Ayol
:asl3:

Mening eng qisqa ochligim 3 kun, eng ko'pi esa 40 kunlik bo'lgan.

40 kun :o
qoyile Mufazzala
man 1 yarim yil oldin 3 kunlik ochlik qilib o'zimni "qahramon"dek his qilib yurgandim : )

o't pufakda dimlanish muammosi  bor odamga va oshqozonda yarasi borlarga
Ochlik bn davolanish mumkin emas ekan,
boshqa kasalliklarda ochlik bn davolanish yahshi natija beryatganini ko'p eshityapmiz,

Horazim tarafda ham ochlik bn davolaydigan tabibda davolanib qaytgan bir odamni eshitgandim,faqat meva sokini icharkan,
rosa yahshi natija beribdi,
yana bir tanishimiz Samarqandda ochlik bn davolaydigan bir mashhur tabib haqida gapirdilar,davolanishga bormoqchilar
tanishimiz borib davolanib  kelsalar surishtiramiz, natijasini ko'raylikchi

man Pol Breggni kitobini o'qib kam bo'lmadim deb o'ylayman.
agarki ochlik qilmasa ham shu kitobni bir o'qib qo'yishni tavsiya qilaman,bu foydadan holi bo'lmaydi,
hech bo'lmasa, qorni ochmasa ham "obed bo'ldi,obed qilishim shart"degan tushinchasi o'zgaradiku...



So'nggi nafaslarda ALLOHdan rahmat yetib, jon Tavhid bilan chiqsa,naqadar go'zal Hotima!
(Abu Homid G'azzoliy)

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
ikki kundan keyin ochlik bilan davolanishni boshlayman ;)
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
40 kun? Qoyil opa, menda 18 kunlikdan tomoqlarim qurib suv ham namlay olmaydigan darajaga yetgandi. 21 bir kunda tildagi oqish ketgandan so'ng ochlikni to'xtatgandim. Siz qirq kunlikda tildagi oq parda ketganmidi?


 :asl3:

Ha hammasi ketgan, "otdey" bo'lib ketganman.

Ochlik qilish uchun avvalo nima sababdan shu ishni qilayotganimizni
bilib olsak havasga qilamiz ekan. Men ochlik paytida ichimda "remont"
ketayotganini tasavvur qilib maza qivorardim.
Uylarimiz ta'mirlansa qanaqa xursand bo'lamiz, organizmimiz ham
shunaqa yap-yangi bo'lib qolarkan ochlikdan keyin.
Har yili har mavsum almashganida, qishda ayniqsa angina rosa
qiynardi meni. Isitmasini gardusnik ham o'lcholmay uzr opa, derdi :)
Eng birinchi shu dardlardan qutuldim.
Keyin tishlarim yildan-yilga yemirilib, chirib ketayotgandi u ham to'xtadi,
alhamdulillah. Bo'qoq bor edi, xozir yo'q. Oshqozonim Hudoni bergan har
kuni ertalabda bir yomon og'rivolardi, uyam yo'q. Xullas sanasam ko'p.
Islom.uz dagi Shoshiy birodar va Akbarjonni bizga ilingan Pol Breggni
"Ochlik mo'jizasi" kitobi sabab men bularni anglab yetdim. Ikkalasidan ham Alloh rozi bo'lsin.

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
:asl3:

Mening eng qisqa ochligim 3 kun, eng ko'pi esa 40 kunlik bo'lgan.

40 kun :o
qoyile Mufazzala
man 1 yarim yil oldin 3 kunlik ochlik qilib o'zimni "qahramon"dek his qilib yurgandim : )


 :asl3:

Sizda "zapas" yo'qda opajon, bizda seropchilik ;)
100 kun qilsak ham jin urmeydi.

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Menam bir boshlab köraymikin... Ramazonni örtalarida, imtixonladan keyin boshlasam böladimi? Umuman saxarliksiz röza tutish mumkinmi?
Qanday boshlanishini örgatvorilar...
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
 :asl3:

Shu biz aytib "reklama" qilgan kitobni o'qib chiqib keyin boshlasangiz
juda yaxshi ta'limotlar bilan o'tkazasiz, inshaAlloh.

Kitob nomi "Ochlik mo'jizasi"
Muallif "Pol Bregg"
O'zbek tilida.
Hayotiy, voqeiy asar.