Касалликдан тўлиқ қутуламиз  ( 43835 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Mo'min Mirzo  16 Iyul 2012, 18:18:10

Men ko'p ochliklar o'tkazdim, men uchun eng afzali uch kunligi. Eng qiyini ham shu uch kunlik : )
Uch kunga chidab bergan odam to'rtinchi kunlarda o'zida ochlikni xis qilmaydi.
21 kunlik ochlikda menda ko'pam o'zgarishlar bo'lmadi, aksincha, haddan tashqari ozib ketganim sabab amakilarim qattiq tanbeh berishgandi, ochlikni eshitishsa sochlari tikka bo'ladigan darajaga borishgan : )

Iqtibos
sababi o'zingiz bularga amal
qilganingiz bo'lsa kerak.
Yuqorida aytganlarim barchasi o'zimda bo'lgan edi, ayniqsa sochlarim jilolanib yaltirar, ko'zlar charaqlab turardi, juda yengil qushday bo'lib o'zimda umuman behollik sezmasdim. Uydagilar sochlaring yonyaptiya, ovozing tiniq, tekis yuribsan... derdi, hozir bulardan asar ham qolmadi.
Shu uy qurilishlari bitsa Toshkentga qaytib yana ochlikni boshlamoqchi bo'lib turibman, avvalgiday ko'p kunlik emasu 3-7 kunliklarga qarindoshlar vahimaga tushishmas.


Qayd etilgan


Mufazzala  17 Iyul 2012, 03:49:01

 :asl3:

Mening eng qisqa ochligim 3 kun, eng ko'pi esa 40 kunlik bo'lgan.
O'shanda 16kg ves tashlagandim.
Yaqinda esa haftada 3 kunlik, 3 kunlik qilib keyin 10 kunlik qildim.
Ancha dardlardan forig' qildi Robbim.
Ayniqsa dangasalik kasalidan qutuldim, epchilgina-chaqqongina bo'lib qoldim :)
Men ochlik qilsam oila budjetiga rosa foyda bo'lishiga ham qiziqaman :)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  17 Iyul 2012, 06:39:58

40 kun? Qoyil opa, menda 18 kunlikdan tomoqlarim qurib suv ham namlay olmaydigan darajaga yetgandi. 21 bir kunda tildagi oqish ketgandan so'ng ochlikni to'xtatgandim. Siz qirq kunlikda tildagi oq parda ketganmidi?

Qayd etilgan


Sadulla  17 Iyul 2012, 07:26:15

Assalomu alaykum

:asl3:

Isyon deganda nimani tushunay, bizikilar ochlik qilsam
o'zlarini juda baxtli his qilishadi, biz tarapda :)


Isyon bu hamma siz qilayotgan "be'mani"ishga qarshi chiqishi.Sizlarda ochlik yuqoridagidaka munosabat bo'lsa,biz tarapda teskarisi  :D

Roppa-rosa bir yil oldin men ham Mo'min Mirzo akani yozganlaridan ilhomlanib ochlik o'tkazmoqchi edim.O'zi atigi bir kundan  orada tanaffus qilib ochlik o'tkazgandim,rossa gappi tegida qoldim  :) Sal ves tashlagandim Ota-onam rosa tanbeh berishdi.Ayniqsa onamla.Onam "Hozir yoshsan,ayni yeydigan payting"toshni yesang osh bo'ladi",-deb hech qo'ymaydilar  :D Baribir onalar bolasiga yaxshi bo'lsin deydida,nima ham derdik  :) Uyga Pol Bregni kitobini olib kelgandim.Bu ham foyda bermadi,teskarisiga salbiy ta'sir qildi.Lekin ro'za tutishimga qarshilik bildirishmaydi,shunisiga ham shukr.

Ammo Mufazzalaopaga qoyil qoldim :)

Qayd etilgan


Ummu Muslima  17 Iyul 2012, 09:36:16

:asl3:

Mening eng qisqa ochligim 3 kun, eng ko'pi esa 40 kunlik bo'lgan.

40 kun :o
qoyile Mufazzala
man 1 yarim yil oldin 3 kunlik ochlik qilib o'zimni "qahramon"dek his qilib yurgandim : )

o't pufakda dimlanish muammosi  bor odamga va oshqozonda yarasi borlarga
Ochlik bn davolanish mumkin emas ekan,
boshqa kasalliklarda ochlik bn davolanish yahshi natija beryatganini ko'p eshityapmiz,

Horazim tarafda ham ochlik bn davolaydigan tabibda davolanib qaytgan bir odamni eshitgandim,faqat meva sokini icharkan,
rosa yahshi natija beribdi,
yana bir tanishimiz Samarqandda ochlik bn davolaydigan bir mashhur tabib haqida gapirdilar,davolanishga bormoqchilar
tanishimiz borib davolanib  kelsalar surishtiramiz, natijasini ko'raylikchi

man Pol Breggni kitobini o'qib kam bo'lmadim deb o'ylayman.
agarki ochlik qilmasa ham shu kitobni bir o'qib qo'yishni tavsiya qilaman,bu foydadan holi bo'lmaydi,
hech bo'lmasa, qorni ochmasa ham "obed bo'ldi,obed qilishim shart"degan tushinchasi o'zgaradiku...




Qayd etilgan


Abdulhafizaka  17 Iyul 2012, 11:02:02

ikki kundan keyin ochlik bilan davolanishni boshlayman ;)

Qayd etilgan


Mufazzala  17 Iyul 2012, 11:45:59

40 kun? Qoyil opa, menda 18 kunlikdan tomoqlarim qurib suv ham namlay olmaydigan darajaga yetgandi. 21 bir kunda tildagi oqish ketgandan so'ng ochlikni to'xtatgandim. Siz qirq kunlikda tildagi oq parda ketganmidi?


 :asl3:

Ha hammasi ketgan, "otdey" bo'lib ketganman.

Ochlik qilish uchun avvalo nima sababdan shu ishni qilayotganimizni
bilib olsak havasga qilamiz ekan. Men ochlik paytida ichimda "remont"
ketayotganini tasavvur qilib maza qivorardim.
Uylarimiz ta'mirlansa qanaqa xursand bo'lamiz, organizmimiz ham
shunaqa yap-yangi bo'lib qolarkan ochlikdan keyin.
Har yili har mavsum almashganida, qishda ayniqsa angina rosa
qiynardi meni. Isitmasini gardusnik ham o'lcholmay uzr opa, derdi :)
Eng birinchi shu dardlardan qutuldim.
Keyin tishlarim yildan-yilga yemirilib, chirib ketayotgandi u ham to'xtadi,
alhamdulillah. Bo'qoq bor edi, xozir yo'q. Oshqozonim Hudoni bergan har
kuni ertalabda bir yomon og'rivolardi, uyam yo'q. Xullas sanasam ko'p.
Islom.uz dagi Shoshiy birodar va Akbarjonni bizga ilingan Pol Breggni
"Ochlik mo'jizasi" kitobi sabab men bularni anglab yetdim. Ikkalasidan ham Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Mufazzala  17 Iyul 2012, 11:50:16

:asl3:

Mening eng qisqa ochligim 3 kun, eng ko'pi esa 40 kunlik bo'lgan.

40 kun :o
qoyile Mufazzala
man 1 yarim yil oldin 3 kunlik ochlik qilib o'zimni "qahramon"dek his qilib yurgandim : )


 :asl3:

Sizda "zapas" yo'qda opajon, bizda seropchilik ;)
100 kun qilsak ham jin urmeydi.

Qayd etilgan


azizbek_mx  17 Iyul 2012, 12:23:16

Menam bir boshlab köraymikin... Ramazonni örtalarida, imtixonladan keyin boshlasam böladimi? Umuman saxarliksiz röza tutish mumkinmi?
Qanday boshlanishini örgatvorilar...

Qayd etilgan


Mufazzala  17 Iyul 2012, 12:40:12

 :asl3:

Shu biz aytib "reklama" qilgan kitobni o'qib chiqib keyin boshlasangiz
juda yaxshi ta'limotlar bilan o'tkazasiz, inshaAlloh.

Kitob nomi "Ochlik mo'jizasi"
Muallif "Pol Bregg"
O'zbek tilida.
Hayotiy, voqeiy asar.

Qayd etilgan