Muallif Mavzu: Касалликдан тўлиқ қутуламиз  ( 42260 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Ochlik bilan kuniga 1-2 kg ves tashlaydi, bir haftada 10 kg'ga ozasiz...

Bundan chiqdi man ikki hafta ochlik qilsam, qo'shimcha daromad ham olishim mumkin ekan:
Maktabga yarim stavkaga ishga kiraman - biologiya darsida ko'rgazmali qurol sifatida skeletning o'rniga burchakda tursam oyiga 300-400 ming borda! )))
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Ana ko'rdingizmi har tomonlama foydali bu, siz bo'lsa bir yildan beri etibor bermay kelasiz. 30-40 kunli ochlik qilsangiz yog', go'sht, shakar, oliy nav un, qahva, panta kola, tuzlamalardan naq ikki oy istemol qilmaysiz, suv tekin, bemalol behavotir yuraverasiz.
Ochlik 30 kunga yetganda et suyakka yopishib, ko'zlar kosasidan chiqquday bo'lib qolganda biror daxshat filmda rol o'ynasangiz kamida 6ming ko'kni qurtday sanab olsangiz bo'ladi.
Darsda ham ko'krakda nechta suyak bor deb belalol ko'rgazma o'tkazaverasiz, qarabsizki oiladagi iqtisod, va darsdagi qo'shimcha daromad bilan ikki oyda sutrang lositti sotib olasiz. )))

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
 :asl3:

Mo'min Mirzoni gaplariga qo'shimcha (rihlom)

Baqirolmay, chaqirolmay qolasiz.
Choyxona, samovar, gap, o'tirish ham yo'q. Qarabsizki, uyda sevimli
va fidokor ota-onaga aylanasiz qolasiz.
Sanasam ko'p juda, foydalari. Hullas har tomonlama foyda.
Kep qoling, och qoling.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
:asl3:
Baqirolmay, chaqirolmay qolasiz...
Shu joyi sal to'g'ri kelmayapti-da... Unda kim ishlaydi?...
Iqtibos
Choyxona, samovar, gap, o'tirish ham yo'q...
Hmmm... Choyxonachining ham bola-chaqasi bor...
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
:asl3:
Baqirolmay, chaqirolmay qolasiz...
Shu joyi sal to'g'ri kelmayapti-da... Unda kim ishlaydi?...
Iee hali ishxonada baqirib kun o'tkazaman deng, oqsoqol deb bejiz aytmagan ekanman : )

Mufazzala opaning gaplarida jon bor. O'tgan yili shunday holatga tushgandim.
Uyda bir-ikki ortiqcha meva bor edi, shuni bir forumdoshimizdan pul kerak deb sotib berishini so'radim, u forumdoshimiz o'sha narsa bilan savdo qilardi...
Oldimga keldi, ozib ketganimni ko'rib hol-ahvol so'radi.
- Nima bo'ldi?
- O'zi, ovqat yemayapman.
- A, nima bo'ldi? Umuman yemayapsizmi? (Boyaqish aka, pul kerak deganimga umuman puli qolmaganidan ovqatsiz kun o'tkazyaptikan deb o'ylabdi)
- Ha.
- Puliz yo'qmi?
- Oldimdami, yo'q uzr. (uy kiyimida chiqqanim uchun pul olmabman)
Aka qo'rqib ketti, "tez o'tiring mashinaga" deb rulga o'tirdi. Gapiray desam ovoz yo'q, gapirsam ham tushunmaydi, tomoq yarim soniyada qup-quruq bo'lib qolib tilimga bir tomchi ham so'lak kelmasa...
- Qayoqqa ketyapmiz?
- Bozorga, yegulik olamiz. Ishqilib o'g'ilchez yaxshimi?
- Iee aka... - og'iz qurib ketib gapirolmay qoldim, cho'ntakdan telefonni olib "ochlik o'tkazyapman, Pol Breg" deb yozib ko'rsatdim.
- Ee shunaqa demaysizmi, qo'rqib kettimey, Xudoga shukr. Xayriyat. O'g'liz yaxshimi o'zi?
« So'nggi tahrir: 05 Yanvar 2013, 19:25:41 muallifi Mo‘min Mirzo »

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Оч қолиш бидъатмасми ишқилиб? :)
Hozir nanotexnologiyalar asri, bidi'atligini ham, bidi'atmasligini ham isbotlab berishlari mumkin. "Ho'p," - deb tursangiz bo'lgani. ;)
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Талабга биноан жигар, ут пуфак, ошкозон, асцит (сув йигилиши) дан келиб чикадиган касалликларга кандай очлик утказиш хакида гаплашамиз.
Бу бир неча боскичдан иборат, асосий киладиган ишимиз зарарли таомлар тузлама, дудланган, консерваланган, аччик шур харкандай таомдан тийилиб пархез килиш, ва очлик утказиб ични тозалаш...
Ут пуфак бевосита жигар билан богланиб туради, буни даволаш учун уртача 15-20 кунлик очлик ва 15 кунлик пархез утказиш керак булади.
1 чи кадам.  1-2 кунлик пархез, зарарли таом ва ичимликлардан тийилиш, асосий ичимликни сув ташкил этиши керак, кора чой ва кахва такикланади.
2 чи кадам. Кечаси ётиш олдидан сурги дори ичиш. Буни аптекадан олмай Пайгамбаримиз "Агар бирор нарсада улимнинг шифоси булса, санода булар эди" деб мактаб утган маккаи сано дамламасидан ичамиз, бу жуда енгил сурги дори хисобланади, магний сулфатга ухшаб одамни кийнамайди.
Бир ош кошик маккаи санодан олиб катта кружка деб аталадиган 350-400 мл пиёлага солиб, устидан кайнок сув куйиб 2-3 соатга димлаб куйилади. Кечаси ётиш олдидан шуни охиригача ичиб уйкуга кетилади, шу билан очлик бошланди.
3 чи кадам. Очлик утказишда кунда 2литр тоза сув ичиш тавзия этилади. Хар соатда 100-200 мл сув ичилса кечгача бемалол 2 литр сув истеъмол килиш мумкин.
Очлик вактида хеч нима ейилмайди, витаминга тула шарбатлар хам, табиий доривор гиёхлардан тайёрланган дамламалар хам ичилмайди, ичимлик хам таом хам факат сув.
Очликда корин огриб, бош айланиб кунгил айнаб кусса, бу ошкозонда захарлар тупланганидан далолат, бунинг давоси клизма. Кунда бир марта клизма килиб ични тозалаб туриш тавсия этилади. Агар бош айланмаса клизмага хожат йук, шунчаки бир чой кошик лимон сувини 50 мл сувга солиб ичиб юбориш керак булади. Бу лимон шарбатини кунда факат бир марта ичилади, бу ошкозонда йигилиб колган захарларни ташкарига хайдайди.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Лимон топилмаса асал хам булаверади. 100мл сувга чой кошикнинг туртдан бир кисмича асал кушилади, шуни симириб ичиш керак, кунига бир махал.

Йукорида бир нарсани унутибман, янги бошлаганлар бирдан 15 кунлик очликка утиб кетмасин, аввал уч кунликдан бошланади, сабаби бирдан 15 кунлик утказишга ошкозон тайёр булмайди. Аввал 3 кунлик, бир хафталик танаффусдан сунг 15 кунлик очликка утилади.

Абдурроҳман

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 65
  • -oldi: 428
  • Xabarlar: 194
Қон таркибидаги гемоглобин  миқдорини тез фурсатда халқ табобати билан кўпайтириш юзасидан кимда қандай тавсиялар бор? Бир ойча муддат ичида 8 ни хеч бўлмаса 11 га кўтаришимиз зарур.

Дори дармон кор қилмаяпти, сабаби дори истеъмол қилиши билан кўнгил айниб, ич кетиши ва кечаси билан ухлай олмай чиқиш ҳоллари кузатиляпти.

Кунда жигар қовуриб беришга қарор қилдим. Лекин 3 марттадан кейин у ҳам ошоқозонни безовта қила бошлади. 3 кунда зўрға ўзига келди...

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Gemoglobinni kopaytirishda meditsina ham yaxshi ishlaydi.
biz asosan barbaris (qoraqand) dan kompot qilib ichib oshiramiz. Uch litr suvga bir piyola barbaris solib qaynatiladi, 10-15 daqiqalardan so'ng 200mg novvot ham solinadi, bir litr qolguncha qaynatiladi.
Yoki yong'oq, bodom, mayiz, novvotni olib, barchasini tuyib bir idishga solib qoyiladi. Har kuni nahorda och qoringa bir qoshiqdan istemol qilinadi.

Муҳаммад Соҳиб

  • Moderator
  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Қон таркибидаги гемоглобин  миқдорини тез фурсатда халқ табобати билан кўпайтириш юзасидан кимда қандай тавсиялар бор? Бир ойча муддат ичида 8 ни хеч бўлмаса 11 га кўтаришимиз зарур.

Дори дармон кор қилмаяпти, сабаби дори истеъмол қилиши билан кўнгил айниб, ич кетиши ва кечаси билан ухлай олмай чиқиш ҳоллари кузатиляпти.

Кунда жигар қовуриб беришга қарор қилдим. Лекин 3 марттадан кейин у ҳам ошоқозонни безовта қила бошлади. 3 кунда зўрға ўзига келди...

Мўмин Мирзога қўшимча. Қизилчани Лавлаги дермиди қирғичдан ўтказиб, хомича ейиш ҳам гемоглобинни кўпайтиради иншоаллоҳ. Асосийси, табии, безарар.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Meva sabzavotlarni supermarketdan olmang, iloji boricha dexqonlardan oling, chiroyli uzun sabzilarda siz kutgan moddalar bo'lmaydi. Hunuk, kichkina bolsayam dorilanmaganini, tabiiy yol bilan o'stirilganini oling.

Gemoglobin MuhammadSohib aytgan qizilchani qirib ustiga yong'oq qo'shib yeyilsa yanada yaxshi bo'ladi.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Mirzo, Hamma narsani yozibsiz-u, ochlikning eshigidan qanday kirishni yozmabsiz-ku? Misol uchun, men ochlik boshlamoqchi bo'lsam, ertalabda turib, yaxshilab saharlik qilib, osh-posh, qovurilgan birnimalar, shashlik-pashlik, baliq, tabakalarni yeb, keyin  boshlaymanmi, yoki kunning to'g'ri kelgan paytidan boshlab "bo'ldi, endi hech narsa yemayman" - deb o'zimga-o'zim hukm chiqarib qo'yaveramanmi?
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Oqsoqol Kasallikdan to'liq qutulamiz edimi mavzu nomi, hullas salomatlik bo'limida kecha yozdim. Avval ikki kun siz sanab o'tgan narsalardan tiyilib (yaxshisi chiroylik tog'oraga solib toshkentga jonatvoring ))) parhez qilasiz, keyin kechasi yotish oldidan sano damlamasi ichib yotasiz, shu bilan ochlik boshlanadi.

Зайнаб

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 290
  • -oldi: 202
  • Xabarlar: 151
  • Jins: Ayol
Ассалому алайкум. Менинг ҳам саволларимга жавоб берсангиз.
Сано русчасига нима бўлади? Маккажўҳори сочи эмасми?
Кейин, очлик пайтида баданнинг ҳар хил жойларида оғриқ туриши нимадан? Бу нормал ҳолатми? Бу оғриқлардан қандай қутилиш мумкин?