Алифбе байрами :) :) :)  ( 31233 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


BelleQizcha  10 Iyun 2011, 04:41:19

Eng yozishga qiynalgan harfim K , Q va H bo'gan..
Kni yozmachasiga yozomasdim.. qni esa kichkinasini yozomasdim.
Hni Akami ismi H dan boshlangani uchun yozgim kemasdi... Ey o'rganmiman dib turvolgandim...
Anchadan Kiyin, o'zimiyam ismim H dan boshlanishi bilib kiyin o'rganvogandim..

Qayd etilgan


ree7  10 Iyun 2011, 04:52:47

Bizda ko'p bolalar "I" ni yozishga qiynalishardi. O'ziyam ja g'alati qilib o'rgatishardida shu harfni. 2 ni yozib, tepa uchini pastiga chiziq bilan tutashtirib qo'yardik. Bunaqa "I" boshqa hech qaysi davlatda yo'q ))

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  10 Iyun 2011, 11:43:07

"S" harfini to`g`ri aytolmay logopedga qatnaganman :)

Qayd etilgan


Ansora  10 Iyun 2011, 13:27:48

Valaykum assalom. Voy Muzaffar :'( meni yig'latdingiz, chunki Alifbe bayramiga 1 hafta qolganida boshqa joyga ko'chgandik, hech narsa ayttirishmagan menga yangi maktabimda. Vaholanki eski maktabimda sinfkom edim, judayam aktiv edim, qancha she'rim, qo'shiqlarim bor edi:( Yangi uyga ko'chganimizdan keyin ko'p o'tmay alifbe bayrami bo'lgandi. Men yangi o'quvchi bo'lganim uchun harf ham berishmagan, chunki butun tayyorgarliklar qilib bo'lingandi, ularni ham ayblamayman.

Haliyam aniq esimda, (oradan 27 yil o'tgan bo'lishiga qaramay) men hammadan ajralib sahnani ohirida turgandim:( hamma she'r aytardi, mazza qilardi, men esa yolg'iz edim:(

Ha bazan eng kichkina narsa ham bolaga katta ta'sir qiladi. Judayam siqilganman, uyga kelib yig'laganman, lekin hech kimga hech narsa demaganman. Sababi biz uyalardik, dada, aya shunday degani...Ular ham Alifbe bayramidan keyin ko'chishsa bo'lardi-ku...

1 oy o'tmasdan meni sinfkom qilishgan, butun tadbirlarda ilk saflarda edim.

Lekin, ah lekin,,,,"Alifbe" bayramini o'rnini hech narsa to'ldira olmadi...Har eslaganimda xozirgiday ko'zimdan yum yum yosh oqadi, uzr kayfiyatlaringni tushirgan bo'lsam.


Farzandingizni bunday kunlarini jiddiyga oling, unutmang, aziz ota-ona va bo'lajak ota-onalar!

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  10 Iyun 2011, 14:06:28

Kapalak opa, mayli yig`lamang, hozir aytib beraqoling she'ringizni? ;)

Qayd etilgan


Ansora  10 Iyun 2011, 14:08:13

Kapalak opa, mayli yig`lamang, hozir aytib beraqoling she'ringizni? ;)

Arazlab yig'laganimdan hammasi esimdan chiqqan:)

Qayd etilgan


Aqoid  10 Iyun 2011, 15:06:48

Bir yig'ilganlaringizda alifbe bayrami o'tkazinglar,Kapalakka 2 ta she'r berasizlar.
Kapalak honim alam qilsin siz bittayam aytmabsiz,men 2ta aytganman.:-) (o'ta beg'ubor hazil bu)

Qayd etilgan


Музаффар  10 Iyun 2011, 16:42:36

манга сса хар репетияисда қайтиб - қайтиб айтилаверганидан бошқа синфдошларимнисм шеърларини сз сзидан ёдалнилиб қолган сди. Тутилиб қолишса суфлёрлик қилиб турардим...
Харфларга бслган шеърлардан кейинги сахна ксринишчаси хам бслган, у ерда ман айиқ бслганман. манабунақа шеър айтганман:
Айни пешин чоғида,
Ўрмоннинг қучоғида,
Ўтирволиб тснкага
Асал қсйиб сртага
Мазза қилиб слаймиз,
Кейин сна қувнаймиз...

кейин айиқ боласига схшаб "ғувв-ғувв" деган овоз чиқарардим.
Хозир ссласам қанақ қилиб айиқ бслган сканман, синфдошларимга нисбатан дсмбоқроқ бслганман шекилли. Агар хозир сша байрам бслиб қолса манга айиқ смас, илон хақида шеър беришарди... :)

Qayd etilgan


Ummu Muslima  10 Iyun 2011, 21:07:29

"Nega man hamma bilan bir xil bo`lishim keraak! Ahir boshqachamankuuu!!" ;D deb:))
;D yoshlikdagi harakterimiz bir hil bo'lgan ekan

...Ular ham Alifbe bayramidan keyin ko'chishsa bo'lardi-ku...



Farzandingizni bunday kunlarini jiddiyga oling, unutmang, aziz ota-ona va bo'lajak ota-onalar!

haa,,Kapalakhon  to'g'ri aytasiz,bir narsa esimga tushdi .
yaqinda (bahorda) o'g'limizni alifbe bayrami bo'ldi.bayramni juda alo darajada tashkillashtirishibti,bolalar qolib Ota-onalar mazza qildik.
bayram tugashidan bir oz avval  Ustozlari hamma ota onalarga tashakkur bildirib, bolalarga bittadan gul tarqatishdi.hamma bolalar   Onajonlariga gulni berishi kk  ekan,

 bolalar  yugurishganicha o'z  onalariga  gul berib, qaytib sahnaga chiqishdi.shunda bir bola  u yoqqa bu yoqqa yuguradi onasini topolmay,
avvaliga hamma kuldi "voyy onasini tanimayapti shekilli " deb,
haligi bola mo'lltillaganicha onasini ohtarish bn ovora,endi Ustozlariyam birga  qarab chiqdi ,,,
u bolani oilasidan hech kim kelmagan ekan,

bola bechora qo'lida gul bn yig'lavordi....
u go'dak nima uchun yig'ladi Alloh biladi,

tengdoshlari orasida hijolat bo'lganidanmi,ota onasini beparvoligidan qadriga yig'ladimi ....
(ehhh....
mana hozir ham ko'zimga yosh keldi)

o'sha yerda tomog'imga bir narsa tiqilgandek bo'g'ilib qoldim,,chidamay yig'lavordim,
boshqalar ham ko'zlariga yosh kelib haligi bolani ota onasini  beparvoligidan hafa bb gapirib o'tirishdi.
Ustozlari tez bolani yupatishga harakat qilib aldab chetga oldi,

balki oilasida sharoit bo'lmagandir,lek nima bo'lganda ham bir vakil junatishi kk edi..

Qayd etilgan


ibnUyayna  10 Iyun 2011, 22:28:48


 Gorilla degan maymun,
Gugurt oynabdi 1 kun.
 
 deyarli hama sherri yodlavogamman osha paytta.. :)

Qayd etilgan