Алифбе байрами :) :) :)  ( 31243 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Maysara  27 Noyabr 2011, 19:51:51

Maniyam yoshligim esimga tushib ketti. 3-4 yoshlarimdan boshlab doimo qölimda daftar-ruchka bölgan. Man borgan bog'cha öqish-yozishni örgatmaydigan, oddiy bog'cha edi. Lekin man daftarimni oborib bog'chamda DARS qilardim. Natijada, 5-6 yoshlarimdayoq 1-sinfning alifbe va öqish kitoblaridagi barcha hikoya-yu she'rlarni yodlab olgan edim. Keyin esa 1-sinfda "Maqtov yorlig'i" oluvdim.

"Alifbe" bayramida man "O" harfi bölganman. Bayram maktabning kattakon zalida bölgan.

Oqqush kölda suzadi,
Oppoq böynin chözadi.


Keyin ikki yonimga "N" harflarini qöyib manga mic. berishgandi, "Non yopganda, non yopganda, mening oyim"ni etganidim. Bayram oxirida hamma bolalarga gul berilib, uni bolalar ustozlariga berishlari kerak edi, manga gul yetmi qogan, dilim qattiq og'rigandi...

Boshqa hamma harflarning she'rlarini haligacha bilaman!

Qayd etilgan


Maysara  18 Dekabr 2011, 11:03:30

Boshqa hamma harflarning she'rlarini haligacha bilaman:

Ayiq asal yaladi,
Asal-ari taladi.

Baliq dedi: - Ey Baqa!,
Beraymi senga chaqa?

Varrak uchar havolab,
Vali kular hah-holab.

Gorilla degan maymun,
Gugurt o'ynabdi bir kun.

Dengiz to'lg'anib toshar,
Dovul bilan dovlashar.

E. Yelkanli kema yelar,
Yellardan o'zib kelar.

Qayd etilgan


Maysara  18 Dekabr 2011, 11:13:36

Yomg'ir-yomg'ir yog'aqol,
Yoy kamalak chiqaqol!

Jo'ja va jiblajibon,
Juda jo'ra jonajon.

Zog'cha zo'ldir topibdi,
Zarg'aldoqqa chopibdi.

Itim bor, nomi "œTo'rtko'z".
Ikkalamiz inoq-do'st.

Yo'lbarsning to’ni yo'l-yo'l,
Yo’liqsang ehtiyot bo’l!

Kak-kulab dedi Kakku:
- Ko'klamda in kerakku!!!

Laylak kelsa Tulkivoy,
Likopchada berdi choy.

Moshvoy, nima yalaysan?
Muzqaymoqqa qalaysan?!

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2011, 12:47:54

 :asl3:

Maysara, yoshingiz nechchida:)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  18 Dekabr 2011, 13:05:02

:asl3:

Maysara, yoshingiz nechchida:)

Manam shunga hayron bo'lgandim, "Alifbe bayramlari"ni nishonlaganlariga necha yil bo'ldiykin dib..

Shaxsan o'zim, shu mavzuni ko'rganimdan beri qancha urinmay, bayram xotiralari esimga kelmadi.
Faqatgina bitta narsani - ya'ni, bayramdan keyin man, opam va oyijonimning birga rasmga tushganimizi esloldim xolos.
Opam "O'qish kitobi" bo'ganakanlar bizi "Alifbe bayrami"da.. Buyam esimda yo'q.

Qaysi harf bo'lganimni esa, oyijonim aytib berdilar.
Onalarimizga rahmat-e, biz farzandlarning barcha yaxshi-yomon kunlari doimo yodlarida bo'larkan.
Shu mavzudan gap ochganimda, maniyam, opamniyam qaysi harf bo'lganimizu, qande she'rlar o'qiganimizi aytib berdilar.

Xullas, kamina "B" harfi bo'ganakanlar:

Bog'da bir tup bodom bor,
Bobom ekkan bodom bor,
Bodom ekkan bobom bor...


Hozir o'qisam, she'rmas, tez aytishga o'xsharkanmi-yey..  :)

Qayd etilgan


Maysara  24 Dekabr 2011, 16:25:07

hop, davom etamiz:

Ninachi, hoy Ninachi!,
Nog'oraga o'ynachi!

Oqqush ko'lda suzadi,
Oppoq bo'ynin cho'zadi.

Pashsha sovqotti juda,
Paypog'i yo'q edi-da!

Ra'nogul, hoy Ra'nogul!,
Rangingda bor ma'no gul.

Sa'va saxar sayraydi,
Salqin bog'da yayraydi.

Toshbaqa tog' osholmas,
Toshin tashlab qocholmas.

Uzib beraymi uzum?
Uzummi ekkan o'zim!

Fil fontanda cho'mildi,
Faqat yarmi ko'mildi.

Qayd etilgan


muxlisa  01 Mart 2012, 09:41:01

 :asl3:

Maktab payti xotiralarni qayta esga tushursak-a?:)

Maktab fanlaridan qaysi fanga juda qiziqardila?
 Qaysi o'qituvchilani yaxshi ko'rardila? Nimaga? ya'ni qaysi jihatlarini hurmat qilardila?

Shaxshan man fizikani o'ta yomon ko'rmasam ham, shu darsga uncha  tobim yo'q edi:) haliyam shu:), "yosh fiziklaga" 1 marta kirdimu darrov chiqib ketaqoldim:)) Manga til, adabiyotga tegishli darslar yoqardi.

 

Qayd etilgan


azizbek_mx  01 Mart 2012, 11:58:58

Menam hamma fanga qiziqardim. Lekin, oxirgi ikki yil qolganda öqishga butunlay befarq böp qoldim. Darslarga kirmasdim, vazifalarku, söramang:))) ammo lekin, hamma fanga qiziqardim. Hozir fizika bilan geometriyani örganmaganimga afsusdaman ):

Qayd etilgan


Maysara  01 Mart 2012, 16:12:33

Hali ham kech emas, repititorda yoki qöshimcha kurslarni topib öqing. Qiziqishingiz kuchli ekan, afsuslanishiz bundanda ortib ketmasin. Hechdan köra kech, deyishadiku!

Qayd etilgan


Aqoid  02 Mart 2012, 03:36:24

Men fizikani yomon ko'rardim. Fizikani yaxshi ko'rganlarni ham yomon ko'rardim. :-)  Donishmand bilan Muzaffar. ;-)
yosh fiziklar mavzusiga kirib fizikani boshlavorsammikin deb turibman. Adabiyot, tarix fanlarini chayib tashlardim. :-)

Qayd etilgan