Gigienik vositalarimiz haqiqatdan ham gigienikmi?  ( 14771 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  18 Iyun 2011, 16:10:13

Assalomu alaykum!
Hozirgina gigienik, tozalovchi vositalarning kimyoviy tarkibi, ularning inson salomatligiga ta'siri haqidagi hujjatli filmni tomosha qildim.
Unga ko'ra, biz ishlatayotgan shampunlar, sovunlar, tish pastalari, kir yuvish kukunlari, dezodarantlarning kimyoviy xususiyati tanamiz uchun salbiy ta'sir o'tkazmasdan qolmas ekan.
Yuz foiz tabiiy ishlab chiqariladigan vositalar sotuvda deyarli yo'q ekan.

Shampun - asosan qora neftni tozalab, oqlab, turli rang va konservantlar qo'shish orqali tayyorlanarkan. Tarkibida asal, sut, tuxum bor deb yozilganlari ham yolg'ondan boshqa narsa emas ekan. Ayniqsa, bolalar shampunlaridan ehtiyot bo'lish, 3 yoshgacha bolalarda bunday kimyoviy vositalardan foydalanmaslik tavsiya etilarkan. Sochni qancha ko'p shampunlab yuvsangiz, sochingiz shuncha ko'p shampunga o'rganarkan. Qazg'oqni yo'q qiluvchi shampunlar xususiyatida ham qazg'oqni vaqtinchalik (uzog'i bir kunga) yo'qotish funktsiyasi mavjud bo'lib, unga o'rganib qolganlar tez-tez shampunlashni qo'ymas ekanlar.

Tish pastalari - asosan bo'rdan tayyorlanarkan. 10 kunda tishlarni oqartiradi, degan reklamalar ham safsatadan o'zga emas ekan.

Sochbo'yoqlar - tarkibi kislota va bo'yoqlardan iborat bo'larkan. Miya faoliyatiga ta'siri kuchli ekan.

Bolalar prispka (talk)lari - tarkibida zararli moddalar, jumladan rux mavjud ekan.

Dezodarantlar - qutisida yozib qo'ygan 24 soatgacha sizni terlashdan asraydi, degan yozuv safsata ekan. Tarkibidagi kuchli kimyoviy elementlar ta'sirida ko'krak rakiga olib kelishi mumkin ekan.

Labbo'yoqlar - tarkibidagi rux moddasi turli teri kasalliklariga olib kelarkan.

Kir yuvish kukunlari - iloji bo'lsa, bunday vositalarni respirator taqib, rezina qo'lqop bilan foydalanish kerak ekan. Eng qimmat poroshok va eng arzonining xusisiyati ham bir xil ekan. Eng qimmatida kimyoviy elementlar ko'proq va hid beruvchi konservantlari ham bisyor bo'larkan. Aslini olganda ikki ham birday tozalaverarkan.

Ushbu fakt va raqamlarni eshitib, ham ko'rarkanman, kattalarimiz nima uchun tabiiy vositalardan foydalanishganini, balki shu sabab ularda turli teri-tanosil kasalliklari kam uchragani haqida o'ylab qoldim.

Xo'sh, siz nima deysiz? Kimyoviy vositalardan foydalanaveramizmi (zero, tanimiz o'rganib ketgan deydiganlar ham bo'lishi mumkin)?
Yoki tabiiy vositalarga qaytamizmi?

Siz qanday tabiiy vositalarni bilasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyun 2011, 16:32:50

Tishni tozalsh uchun eng yaxshi vosita Payg'ambarimiz (s.a.v.) tavsiya etgan misvokdir. Hozirda miswak deb yozib qo'ygan turli tish pastalari chiqqan, ularga ham ishonch yo'q. Chunki aksariyati Xitoydan arzon narxlarga kelmoqda. Arzonning sho'rvasi tatimaydi, deganlaridek, ularning tarkibidagi tabiiylik darajasi ham 10% foizdan oshmaydi.

Soch yuvish uchun tuxum, qatiqni tavsiya etishadi. Shuningdek, zaytun moyining ham xususiyatlari soch uchun foydalidir.

Kir yuvish uchun esa, tabiiy ishqor bo'lgan kul, anjir bargi tavsiya qilinadi.

Yuz parvarishi uchun ham qatiq, turli meva niqoblari tavsiya etiladi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  18 Iyun 2011, 17:51:24

Mashaalloh. Nihoyat bizning daridimizni ham "NG"da chiqarib berishibdi : )
Anchadan beri kurashaman, natijasi hech ko'rinmayotgandi. Do'stlar tugul oilamda ham aytarli siljish kuzatilmadi.
Soch yuvishda shampun umuman foydali emas, faqatgina hid bilan diqqatni tortadi.
Tozalash kerak bo'lsa qatiq suvi (zardob) eng yaxshisidir. Tuxumni esa bilmadim, hidi taralib tursa kerak.

Sovun esa bizga kerak emas, organizm toza bo'lsa ter sasimaydi, ishonaveringlar bu fakt.
Cho'milayotib bir yumshoqroq sochiqni huddi mashina balonini yuvayotganday terni ishqalab yuvish kerak, shunda qon juda zo'r aylanadi, asablar a'lo darajada tinchlanadi. Tanada kir qolmaydi.
Boshida o'rganish qiyinday tuyuladi, lekin bir necha bor shu ishqalanib cho'milgandan keyin o'rganib ketadi odam.

Dezodorant ziyonlari haqida juda ko'p gapirildi, gazetalarda ham yozib turadi, saraton kasalini keltirib chiqaradi deya. Afsuski odamlar qo'ltiq hidi kelganidan shu qurg'ur dezodorantlarni sotib olaveradi. Tabiiy ovqatlanib ro'za tutib tursa, oyda 3kun ochlik qilib tursa 100foiz ishonch bilan aytamanki nafaqat qo'ltiq, balki oyoq ham og'iz ham sasimaydi!!!

Tish pasta va shetkasi o'rniga misvak.

Idish yuvish vositalari o'rniga kul, loy, tuproq.

Sanoatda qayta ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bari koni ziyon. inson o'ylab topgan quruq sut, kofe, oq shakar, vanilin aromazatorlar, tuzlarni umuman insonga foydasi yo'q, aksincha salomatlikning asosiy dushmani xisoblanadi. Koshki odamlarimiz shularni tushunib yetsa, kasalxona va aptekalarga chopavermasdi.

Qayd etilgan


azizbek_mx  18 Iyun 2011, 21:17:47

kasalxonadagi do'xtirlaniyam bola chaqasi bor, aptekachilaniyam bola-chaqasi bor... :D

bugun birinchi marta shampun-sovunsiz yuvindim.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 Iyun 2011, 09:02:11

Bizdayam bola chaqa borda do'stim. xudo bersa yana bir nechtaga ko'payadi : )

Mana bu mavzudaga ham bir mo'ralab "Tabiiylikka ne yetsin"ni o'qib chiqinglar.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5966.new;wap2#new

Qayd etilgan


Ansora  22 Iyun 2011, 13:45:49

Yaxshi bu mavzuda O'zbekiston oldinroq "uyg'onibdi", Turkiyaga o'hshab kech qolmasdan.

Bu moddalarsiz hayotni tasavvur etish amrimahol. Tv-dagi reklamalarni 80% bu ashyolar bilan bog'liq. Sababi juda katta joy oladi, marketing sohasida.

Insonlaram "voy zo'r narsa ekan, hamma joyda bakteriya bor ekan", deb vahimaga tushadi. Inson organizmiga kerakli bakteriyalar ham borligini unutmaylik azizlar.

Masalan bola kichkinaligida tuproq bilan o'ynasin, tuproqdan oladigan qancha foydali elementi bor, biz nima qilamiz yerga qo'ymaymiz. Bola nimjon bo'ladi.

Bekorga buvilarimiz idishlarni kul bilan yuvishmagan, yoki qum bilan. Toza yuvilmagan, chayqalmagan bo'lsa, organizmga kirsa ham zararli emas. Lekin tozalovchi moddani bir tomchisi sizni umuman tuzalishi qiyin bo'lgan kasallika olib borishi mumkin, Alloh saqlasin.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  22 Iyun 2011, 18:12:57

ZeroHero, aynan doka emasu gripp haqida biroz gapirsam.
Gripp nima? Gripp bir shamollash turi holos. Biz qancha kam harakat qilsak, qancha quyuq (yog'li) ovqatlar yesak, qancha antibiotik dorilar ichsak tanamizda balg'am shuncha ko'p yig'iladi. Balg'am kimda ko'p bo'lsa o'sha odamning sovug'i oshadi, ozgina shamol ham tumovni chaqiradi.
Organizm ortiqcha moddadan qiynaladi, shunga balg'amni o'zidan chiqarib tashlash harakatida bo'ladi. Burun oqadi, halqumga kelib tupurtiradi, siydik bilan chiqadi.
Tanasida balg'ami meyorda bo'lgan odamga grip umuman yuqmaydi! Reklamalardagi dorilar esa dard ustiga chiqqan chipqonday gap.
Biznikida grippga chalinganlarga umuman dori ichkazmayman. Yotqizib ko'p miqdorda (kuniga 2litr) damlamalar beraman, 3-5kunda to'liq tuzalib ketadi.
Anovindaqa burunga taqiladigan dokalarga hojat ham yo'q.

Qayd etilgan