Assalomu alaykum!
Hozirgina gigienik, tozalovchi vositalarning kimyoviy tarkibi, ularning inson salomatligiga ta'siri haqidagi hujjatli filmni tomosha qildim.
Unga ko'ra, biz ishlatayotgan shampunlar, sovunlar, tish pastalari, kir yuvish kukunlari, dezodarantlarning kimyoviy xususiyati tanamiz uchun salbiy ta'sir o'tkazmasdan qolmas ekan.
Yuz foiz tabiiy ishlab chiqariladigan vositalar sotuvda deyarli yo'q ekan.
Shampun - asosan qora neftni tozalab, oqlab, turli rang va konservantlar qo'shish orqali tayyorlanarkan. Tarkibida asal, sut, tuxum bor deb yozilganlari ham yolg'ondan boshqa narsa emas ekan. Ayniqsa, bolalar shampunlaridan ehtiyot bo'lish, 3 yoshgacha bolalarda bunday kimyoviy vositalardan foydalanmaslik tavsiya etilarkan. Sochni qancha ko'p shampunlab yuvsangiz, sochingiz shuncha ko'p shampunga o'rganarkan. Qazg'oqni yo'q qiluvchi shampunlar xususiyatida ham qazg'oqni vaqtinchalik (uzog'i bir kunga) yo'qotish funktsiyasi mavjud bo'lib, unga o'rganib qolganlar tez-tez shampunlashni qo'ymas ekanlar.
Tish pastalari - asosan bo'rdan tayyorlanarkan. 10 kunda tishlarni oqartiradi, degan reklamalar ham safsatadan o'zga emas ekan.
Sochbo'yoqlar - tarkibi kislota va bo'yoqlardan iborat bo'larkan. Miya faoliyatiga ta'siri kuchli ekan.
Bolalar prispka (talk)lari - tarkibida zararli moddalar, jumladan rux mavjud ekan.
Dezodarantlar - qutisida yozib qo'ygan 24 soatgacha sizni terlashdan asraydi, degan yozuv safsata ekan. Tarkibidagi kuchli kimyoviy elementlar ta'sirida ko'krak rakiga olib kelishi mumkin ekan.
Labbo'yoqlar - tarkibidagi rux moddasi turli teri kasalliklariga olib kelarkan.
Kir yuvish kukunlari - iloji bo'lsa, bunday vositalarni respirator taqib, rezina qo'lqop bilan foydalanish kerak ekan. Eng qimmat poroshok va eng arzonining xusisiyati ham bir xil ekan. Eng qimmatida kimyoviy elementlar ko'proq va hid beruvchi konservantlari ham bisyor bo'larkan. Aslini olganda ikki ham birday tozalaverarkan.
Ushbu fakt va raqamlarni eshitib, ham ko'rarkanman, kattalarimiz nima uchun tabiiy vositalardan foydalanishganini, balki shu sabab ularda turli teri-tanosil kasalliklari kam uchragani haqida o'ylab qoldim.
Xo'sh, siz nima deysiz? Kimyoviy vositalardan foydalanaveramizmi (zero, tanimiz o'rganib ketgan deydiganlar ham bo'lishi mumkin)?
Yoki tabiiy vositalarga qaytamizmi?
Siz qanday tabiiy vositalarni bilasiz?