Muallif Mavzu: Go'zallikning 14 omili  ( 7541 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Go'zallikning 14 omili
« : 15 Iyun 2006, 16:53:17 »
GO‘ZALLIKNING 14 OMILI

Ma’lumki, inson yoshi ulg‘aygani sayin xushbichim ko‘rinish va go‘zal qiyofasini yo‘qotib borayotgandek bo‘ladi. Lekin shoshqin yillar yugurigini sekinlatuvchi bir kuch borki, u ham bo‘lsa bizning oziq-ovqatimizga daxldor. To‘g‘ri ovqatlanish, xususan, yoshimiz ulg‘aygach, kam, ammo oziqlantiruvchi moddalarga boy masalliqlarni iste’mol qilish — salomatlik garovi ekan. Mutaxassislar xulosasicha, bunday ovqatlanish qarilik alomatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Shunday bo‘lgach, quyida tavsiya etilajak foydali va biroz tiyilishni talab qiladigan ayrim mahsulotlar ro‘yxatini o‘zingiz uchun qayd etib qo‘ysangiz, ziyon qilmaydi.

Mavzu arxivi

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Go'zallikning 14 omili
« Javob #1 : 15 Iyun 2006, 16:53:41 »
Guruch. Ko‘pchilik uglevod moddasidan “qo‘rqadi”. Chunki u ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi, deydilar. Aksincha guruch uglevod hisobiga quvvat darajasini bir me’yorda ushlab, xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Shuningdek, u yurak qon-tomir kasalliklari, to‘g‘ri ichak saratoni, o‘t qopidagi tosh, qandli diabet va semirish xastaliklarining xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari yosh o‘tgan sayin ichaklar faolligining susayishiga qarshi guruch katta yordam beradi.

Tuxum. Ko‘pincha biz tuxumning yomon ta’siriga uchrab tursak-da, uni sevib iste’mol qilaveramiz. Tuxum oqsil va lyutein moddasiga boy bo‘lib, ular ko‘zni katarakta xastaligidan himoyalaydi. Tekshiruvlarga ko‘ra bu moddalar qonning quyuqlashuvini bartaraf qilib, infarkt va insult xavfidan xalos qiladi. Haftasiga olti dona tuxum iste’mol qilish sut bezi saratonining xavfini 44%ga kamaytiradi. Dietologlar fikricha, bir kunda ikki dona tuxum yeyish xolesterin miqdorini oshirmaydi, chunki xolesterin moddasi tuxum tufayli emas, asosan, yog‘li taomlar hisobiga hosil bo‘ladi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Go'zallikning 14 omili
« Javob #2 : 15 Iyun 2006, 16:54:02 »
Sut. Yosh ulg‘aygach, kaltsiy moddasiga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuning uchun ham kundalik ovqatlanish rejimingizga kaltsiyga to‘yingan mahsulotlarni kiritganingiz ma’qul.
Yog‘siz sigir suti salomatlik uchun judayam foydali bo‘lib, undagi kaltsiy suyaklarni mustahkamlab, ostioporoz kasalligining oldini oladi. Shuningdek, sutli mahsulotlar suyaklardagi menopauza va revmatoidli artrit xastaliklarini bartaraf etadi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar har kuni ikki stakan yog‘siz sut yoki yogurt iste’mol qilishni tavsiya qiladilar. Eslatib o‘tamiz, kaltsiyga boy mevalar ham sut o‘rnini bosa oladi.

Shpinat. Bu giyoh oziqlantiruvchi moddalarning konidir. Ular sirasiga temir moddasi, S, A vitaminlari, antioksidant kabi moddalarni kiritish mumkin. Qolaversa, shpinat to‘g‘ri ichak raki, osteoporoz va artritdan himoyalanishimizga yordam beradi. Xuddi tuxum kabi u ham lyutein moddasiga boy. Shunday ekan, nonushtaga tuxum va shpinatni kanda qilmang.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Go'zallikning 14 omili
« Javob #3 : 15 Iyun 2006, 16:54:27 »
Banan. Bu “sariq bodring” o‘zida 467 mg kaliy moddasini mujassam etgan bo‘lib, muskul (asosan yurak muskuli)larning kuchli va sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Banan yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish xususiyatiga ega. Undagi moddalar kislotani me’yorlashtirib, me’da (jig‘ildon) qaynashini davolaydi. Buning uchun to‘g‘ralgan bananni suli yormasi yoki yogurt, sut yoxud mevali sharbatga qo‘shib iste’mol qiling.
Bananda mavjud bo‘lgan kaliy yosmiq, seld balig‘i va turshakda ham bor.

Tovuq go‘shti. Go‘sht mahsulotlari ichida eng foydalisidir. Tovuq go‘shtining ko‘proq to‘sh suyagi va yog‘siz qismini iste’mol qilgan ma’qul. Uning terisini shilib olishni ham yodda tuting. Chunki keragidan ortiq yog‘ tovuq go‘shtining aynan teri qismida joylashgan bo‘ladi. Tovuq go‘shtida oqsil, saratonning oldini oluvchi ximik moddalar va V vitamini (quvvat darajasini oshiruvchi) bor.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Go'zallikning 14 omili
« Javob #4 : 15 Iyun 2006, 16:54:55 »
Sulaymonbaliq (lososina). Unda omega-3 guruhidagi yog‘lar mo‘l. Ular xolesterin miqdorini kamaytiradi, saratonning bir necha turlaridan saqlaydi va qon quyuqlashuvining oldini oladi. Tekshiruvlarga ko‘ra, sulaymonbaliq ruhiy tushkunlikni yo‘qotadi va xotira susayishining oldini oladi. Unda altsgeymer nomli kasallikdan himoyalovchi nikotin kislotasi mavjud.
Konservalangan yoki yangi sulaymonbaliqni haftasiga uch marotabadan kam iste’mol qilmang. Undagi omega-3 guruhiga mansub yog‘lar grek yong‘oqlarida ham mavjud.

Chernina. Bu kichkina mo‘’jiza ko‘p kaloriyali bo‘lmasa-da, oziqlantiruvchi moddalarga boy. Unda katarakta, glaukoma, venalar kengayishi, gemorroy, oshqozon yarasi, yurak qon-tomir kasalliklari va saratonning oldini oluvchi antioksidant moddasi bor.
Chernina insultdan keyingi miya faoliyati susayishida qo‘l keluvchi vositadir. U ovqat hazm qiluvchi a’zolar yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, qabziyatda ham nafi tegadi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Go'zallikning 14 omili
« Javob #5 : 15 Iyun 2006, 16:55:18 »
Ko‘katlar. Yosh ulg‘ayib borishi ta’m sezgisining zaiflashishiga ham aloqador. Shunday bo‘lgach, ko‘pchilik iste’mol qilayotgan taomiga ko‘proq tuz solishni xush ko‘radigan bo‘lib qoladi. Biroq tuz arterial qon bosimini ko‘taradi. Yaxshisi, ovqatni tuzning o‘rniga ko‘katlar va ziravorlar bilan qo‘shib iste’mol qiling. Albatta, yangi ko‘katning ta’mi va kuchi ko‘proq bo‘ladi, lekin sharoitga qarab, quritilgan ko‘katlar ham ziyon qilmaydi.

Sarimsoq. Bu jajji tugunchalar katta ustunlikka ega bo‘lib, saraton va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi, insult xavfini kamaytiradi. Shuningdek, u yallig‘lanishga qarshi kuchga ham ega.
Artritda esa og‘riq va shishni daf qiladi. Sarimsoq qandli diabetga qarshi kurashda ham foydali. Agar uning hidiga chidamasangiz sarimsoq tomchilaridan foydalanishingiz mumkin.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko

maknuna

  • Maknunabonu Umarova
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 59
  • Xabarlar: 1189
  • Jins: Ayol
Re: Go'zallikning 14 omili
« Javob #6 : 15 Iyun 2006, 17:00:10 »
TIYILISH KERAK BO‘LGAN TAOMLAR

Shirinlik. Ular ortiqcha vazn yig‘ishimizga sabab bo‘ladi. Shirinlikda kaloriya ko‘p bo‘lishiga qaramay, organizm uchun foydali moddalari deyarli yo‘q. Shunngdek, shakar iste’mol qilishda ham me’yorni unutmaslik darkor.

Tuz. U qon bosimini ko‘taradi. Shu bilan birga ovqat va souslar tarkibiga “yashiringan” tuzdan ham ehtiyot bo‘ling. 

Spirtli ichimliklar. U o‘zida ko‘p kaloriyani mujassamlashtirgan bo‘lib, organizmning vitaminlarni singdirib olishiga xalaqit beradi.

Quyuq yog‘lar. Ular go‘sht, pishloq, tovuq terisi va muzqaymoqda bor. Yog‘lar xolesterin miqdorini ko‘paytirib, vazn oshishiga yaxshigina imkon yaratadi.

M.OXUNOVA tayyorladi.

Biz hech qachon o�zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko�rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo�lsak shundayligimizcha ko�rinadigan bo�lsak, borligimizcha namoyon bo�lsak, odamlarning nazarida ko�p narsa yutgan bo�lardik.
Laroshfuko