Guruch. Ko‘pchilik uglevod moddasidan "œqo‘rqadi". Chunki u ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi, deydilar. Aksincha guruch uglevod hisobiga quvvat darajasini bir me’yorda ushlab, xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Shuningdek, u yurak qon-tomir kasalliklari, to‘g‘ri ichak saratoni, o‘t qopidagi tosh, qandli diabet va semirish xastaliklarining xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari yosh o‘tgan sayin ichaklar faolligining susayishiga qarshi guruch katta yordam beradi.
Tuxum. Ko‘pincha biz tuxumning yomon ta’siriga uchrab tursak-da, uni sevib iste’mol qilaveramiz. Tuxum oqsil va lyutein moddasiga boy bo‘lib, ular ko‘zni katarakta xastaligidan himoyalaydi. Tekshiruvlarga ko‘ra bu moddalar qonning quyuqlashuvini bartaraf qilib, infarkt va insult xavfidan xalos qiladi. Haftasiga olti dona tuxum iste’mol qilish sut bezi saratonining xavfini 44%ga kamaytiradi. Dietologlar fikricha, bir kunda ikki dona tuxum yeyish xolesterin miqdorini oshirmaydi, chunki xolesterin moddasi tuxum tufayli emas, asosan, yog‘li taomlar hisobiga hosil bo‘ladi.