Zararsiz semirish (bio oziqalar)  ( 185012 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Mo'min Mirzo  23 Iyun 2011, 05:42:08

Qiziqish uyg'onganidan hursandman. Birodarim agar bemorni Luqmoni Hakim davolayotgan bo'lsayu, bemorda hakimga nisbatan ishonch bo'lmasa, davolanish befoyda, baribir tuzalmaydi.
Shunga siz ham "Ochlik mo'jizasi" (yangi nashri "Mo'jizaviy ochlik" ekan) kitobini o'qib chiqing, ochlikning ulkan foydalarini o'qib qiziqib qolasiz, yaqinlaringizga ham tavsiya etasiz.
Chunki boshida ochlik o'tkazish qiyinroq bo'ladi, ahir biz kunda 3 marta yog'li, dudlangan yo sanoatda qayta ishlab chiqarilgan ovqatlardan yeb o'rganib qolganmiz. Qachonki ichki ishonch uyg'onsa iroda mustahkamlanadi, ochlikka ham iroda kerak.
Meni ahvolim yomon edi, ko'rsatmagan va bormagan doktorim qolmagan, lekin ahvolim yomonlashib boravergan.
Ochlikni eshitdimu bir kunlik ochlikdan tozalanishni boshlaganman. Bir necha kundan so'ng 3 kunlik, 7kunlik, 10kunlik, 14kunlik ochliklar o'tkazdim. Boshida yaqinlarim juda vahima qilishgandi, "jinnimisan, kasal bo'lasanku" deb ko'p qaytarmoqchi bo'lishgan, lekin menda ichki ishonch bor edi, atrofdagilarga qo'l siltadim, uydagi shu mavzuda bo'lgan janjaldan to'ysam ham yo'ldan qaytmadim.
Ochlikning ilk qadamidayoq (3kunlik) menda ko'p o'zgarish bo'ldi. Hozir bizda hamma ochlikni sinab ham ko'rdi, endi "bir oylik ochlik qilaman" desam uymizda hech kim qarshilik ko'rsatmay, aksincha sharoit yaratib berishadi. Chunki ular ham ochlik foydalarini va to'qlik ziyonlarini tushunib yetishdi.

Iqtibos
Faqatgina ma'danli suv ichish kerakmi, yoki bo'lmasam meva va sabzavotlardan iste'mol qilish kerakmi? Ovqat yemasdan.
Bitta gap bilan aytganda - qanday tartib kerak? Yoki ochlik dasturi haqida tushuntiring.

Bir kunda kamida 1,5-2litr suv ichiladi, hech narsa yemaydi, choyu sharbatlar ham ichmaydi, faqat suv ichadi.
Distillangan suv tavsiya etiladi. Lekin bizda distillangan suvni topish qiyin, aptekalarda sotilmaydi. Shunga oddiy qaynatilgan suvdan foydalanaman.
Agar ko'chada ko'p yuradigan bo'lsangiz, gazsiz hydrolifedan ichib yursangiz ham bo'ladi. Lekin uyda qaynatilgan suvdan ichganingiz yaxshiroq.
Suvni ko'proq ichsangiz ham bo'laveradi. Sharoitingizga qaraysiz, agar ko'chada ishlaydigan bo'lib ko'p terlasangiz suvga ehtiyoj ham ortadi, idorada ishlasangiz 2litr suv yetarli.

Ochlikdan keyin ochlik o'tkazgan kuningiz miqdoricha yog', go'sht, pishloq, qaymoq, dudlangan, konservalangan, tuzlangan, sanoatda qayta ishlab chiqarilgan har qanday mahsulotlardan chetlanib turishingiz kerak bo'ladi. Bo'lmasa oshqozon battar ishdan chiqadi.
Masalan 3kunlik ochlik qildingiz, ochlikdan avval sharbat bilan chiqing, keyin pomidor, olma, sabzi, karam kabi tez hazm bo'ladigan sersuv mahsulotlarni qirib yeysiz. Go'sht kabi og'ir narsalar, ayniqsa kofe, kola kabi shirali, bosimli ichimliklardan 3kun tiyilib turasiz.

1chi kuni faqat sharbatlar, so'ng qirilgan karam, sabzi, olmalar.
Ertasiga mevalar, va sabzavotlarni yaxshi chaynab taomlanaveradi. Yog'siz, va go'shtsiz sho'rva, qaynatilgan yo bug'da pishirilgan sabzavotlar, qaynatilgan guruch ichiladi.
keyin sekin sekin quvvatga qarab taomnomani izga tushirib olsa bo'ladi.
Faqat to'yguncha yemaslikka diqqat qiling. Bu davrda ishtaha juda kuchli bo'ladi. Kunda 10 marta yesa bo'ladiyu lekin to'yib yeyish mumkinmas!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Iyun 2011, 06:54:47

Tashakkur !
Bemor qurti borligi aniq, tekshirdik.Hech qanday yo'l tutilmadi.Kankretni qurtni tushudadigan qanday dorini tavsiya eta olasizlar?
Qurtdan bo'lsa oson ekan. Buni mediklar ham halq tabobati ham samarali tozalaydi.

Sizga savol. Qurtlar qanaqa, gijjami yo uzun qurtlardanmi? Qurt qaerida ekan, jigar, buyraklarda emasmi? bemorni ichi ketib turadimi? Bemor necha yoshlarda?

Tibbiyotda och qoringa 3litrcha olma sharbat ichirilib so'ng klizma qilinadi, qurtlar shu klizma bilan tushib ketadi.
Uy sharoitida esa oshqovoq urug'i (kattalarga 300gramm)ni yanchib, bir choy qoshiq asalga aralashtirib, har kuni nahorda och qoringa 1 qoshiqdan yeyiladi, uch soatdan so'ng bir piyola makkai sano damlamasi ichiladi. Makkai sano bozorlarimizda bor, ziravorlar bilan savdo qiladiganlardan so'rasangiz topib beradi.
Makkai sano yengil surgi bo'lib buni Rasululloh s.a.v. ham maqtaganlar.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 09:05:28

Hoy barakatopkurlar semirib nima qilasizlar axir hamma kasallik semizlikdan boshlanadiku

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  14 Mart 2013, 11:06:20

Muxsiya oriqliklar kasallik belgisi boladi,  undaylar salomatlik belgisi emas balki kasallikdan odamni ozdirib yuboradi, qomat hunuklashadi, yegan ovqati foyda beravermaydi, sochlari to'kiladi, suyaklari bo'rtib chiqadi, ko'zlari ham xunuklashadi...
Semizlikda ham dard ko'p, biz mo'tadillik haqida gaplashamiz, mo'tadillikda erkaklar vazni o'rta bo'yga nisbatan (180 sm) ko'pi bilan 75-80 kg mo'tadil hisoblanadi, undan ko'pi semizlik.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  14 Mart 2013, 20:29:11

      Мен ста оÒ“ир хазм бсладиган овÒ›атлар,  хар хил турдаги газли ичимликлардан айниÒ›са ётардан аввал овÒ›атланишдан тийилганман ва буни бошÒ›аларга хам маслахат бераман чунки буларнинг бари ошÒ›озон, жиган ва стнинг кушандаси, сзимча бир маÒ›ол тсÒ›иб олганман Еб афсуслангандан емай афсусланган схшироÒ›.
      Бундан икки йил аввал ст димланишига йслиÒ›иб мунтазам пархез билан зсрÒ“а бир йилчада бу дарддан Ò›утулдим лекин хозир хам соÒ“лигим аввалги холатига Ò›айтмади, ким билади табиий даво йсли билан Ò›андай Ò›илиб стни 100 фоиз соÒ“лом холатга Ò›айтарса бслади?


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  14 Mart 2013, 20:39:38

Agar tig' (jarrohlik) tegmagan bo'lsa buni ochlik bilan davolaysiz, vaqtinchalikka emas tag-tugi bilan "proshivka" qilib beradi.
Havfsiz, samarali, cho'ntakbop yagona usul shu.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  14 Mart 2013, 21:00:10

Agar tig' (jarrohlik) tegmagan bo'lsa buni ochlik bilan davolaysiz, vaqtinchalikka emas tag-tugi bilan "proshivka" qilib beradi.
Havfsiz, samarali, cho'ntakbop yagona usul shu.
Ò²а тиÒ“ тегмаган, бунга алохида программа керакми ёки шу мавзудаги умумий маслахатлар бславерадими?

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  14 Mart 2013, 21:50:29

Alohida programma kerak. Agar astoydil qiziqsangiz batafsil tanishtirardim. Lekin, ochlikdan so'ng yaxshilanib ketishingizga kafolat beraman, inshaalloh.

Qayd etilgan


ziyod_000  17 Mart 2013, 00:20:18

Mo‘min Mirzo man umrimda birinchi martta ochlik o'tkazib ko'rdim birinchisi 14 soatlaga zo'rg'a bordi keyin 1 kun gacha bordim. Mani bo'yim 184 vesim 65 kg . Yana 10-12 kg kerak . 3 kunlik ochlik o'tkazsam semirib ketarmikinman. Dadamlar mandek paytlarida ozg'in bo'gan ekanlar. Shunga qaramay bu ochlik menga yordam beradimi , keyin ochlik o'tqazvotkanimda ko'ynim aynib ketvotti negadir suv ishvomman no uzoqqa bormayapti. Oldindan rahmat !  : )

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  17 Mart 2013, 06:32:41

Ozg'inlik sababini aytmabsiz.
Bolalikdan shunday ozg'inmisiz?
Aka ukalaringiz ham shunday ozg'inmi?
Yugursangiz tez charchaysizmi?
Ovqatni meyordan kam yemaysizmi?

Qayd etilgan