Qiziqish uyg'onganidan hursandman. Birodarim agar bemorni Luqmoni Hakim davolayotgan bo'lsayu, bemorda hakimga nisbatan ishonch bo'lmasa, davolanish befoyda, baribir tuzalmaydi.
Shunga siz ham "Ochlik mo'jizasi" (yangi nashri "Mo'jizaviy ochlik" ekan) kitobini o'qib chiqing, ochlikning ulkan foydalarini o'qib qiziqib qolasiz, yaqinlaringizga ham tavsiya etasiz.
Chunki boshida ochlik o'tkazish qiyinroq bo'ladi, ahir biz kunda 3 marta yog'li, dudlangan yo sanoatda qayta ishlab chiqarilgan ovqatlardan yeb o'rganib qolganmiz. Qachonki ichki ishonch uyg'onsa iroda mustahkamlanadi, ochlikka ham iroda kerak.
Meni ahvolim yomon edi, ko'rsatmagan va bormagan doktorim qolmagan, lekin ahvolim yomonlashib boravergan.
Ochlikni eshitdimu bir kunlik ochlikdan tozalanishni boshlaganman. Bir necha kundan so'ng 3 kunlik, 7kunlik, 10kunlik, 14kunlik ochliklar o'tkazdim. Boshida yaqinlarim juda vahima qilishgandi, "jinnimisan, kasal bo'lasanku" deb ko'p qaytarmoqchi bo'lishgan, lekin menda ichki ishonch bor edi, atrofdagilarga qo'l siltadim, uydagi shu mavzuda bo'lgan janjaldan to'ysam ham yo'ldan qaytmadim.
Ochlikning ilk qadamidayoq (3kunlik) menda ko'p o'zgarish bo'ldi. Hozir bizda hamma ochlikni sinab ham ko'rdi, endi "bir oylik ochlik qilaman" desam uymizda hech kim qarshilik ko'rsatmay, aksincha sharoit yaratib berishadi. Chunki ular ham ochlik foydalarini va to'qlik ziyonlarini tushunib yetishdi.
Faqatgina ma'danli suv ichish kerakmi, yoki bo'lmasam meva va sabzavotlardan iste'mol qilish kerakmi? Ovqat yemasdan.
Bitta gap bilan aytganda - qanday tartib kerak? Yoki ochlik dasturi haqida tushuntiring.
Bir kunda kamida 1,5-2litr suv ichiladi, hech narsa yemaydi, choyu sharbatlar ham ichmaydi, faqat suv ichadi.
Distillangan suv tavsiya etiladi. Lekin bizda distillangan suvni topish qiyin, aptekalarda sotilmaydi. Shunga oddiy qaynatilgan suvdan foydalanaman.
Agar ko'chada ko'p yuradigan bo'lsangiz, gazsiz hydrolifedan ichib yursangiz ham bo'ladi. Lekin uyda qaynatilgan suvdan ichganingiz yaxshiroq.
Suvni ko'proq ichsangiz ham bo'laveradi. Sharoitingizga qaraysiz, agar ko'chada ishlaydigan bo'lib ko'p terlasangiz suvga ehtiyoj ham ortadi, idorada ishlasangiz 2litr suv yetarli.
Ochlikdan keyin ochlik o'tkazgan kuningiz miqdoricha yog', go'sht, pishloq, qaymoq, dudlangan, konservalangan, tuzlangan, sanoatda qayta ishlab chiqarilgan har qanday mahsulotlardan chetlanib turishingiz kerak bo'ladi. Bo'lmasa oshqozon battar ishdan chiqadi.
Masalan 3kunlik ochlik qildingiz, ochlikdan avval sharbat bilan chiqing, keyin pomidor, olma, sabzi, karam kabi tez hazm bo'ladigan sersuv mahsulotlarni qirib yeysiz. Go'sht kabi og'ir narsalar, ayniqsa kofe, kola kabi shirali, bosimli ichimliklardan 3kun tiyilib turasiz.
1chi kuni faqat sharbatlar, so'ng qirilgan karam, sabzi, olmalar.
Ertasiga mevalar, va sabzavotlarni yaxshi chaynab taomlanaveradi. Yog'siz, va go'shtsiz sho'rva, qaynatilgan yo bug'da pishirilgan sabzavotlar, qaynatilgan guruch ichiladi.
keyin sekin sekin quvvatga qarab taomnomani izga tushirib olsa bo'ladi.
Faqat to'yguncha yemaslikka diqqat qiling. Bu davrda ishtaha juda kuchli bo'ladi. Kunda 10 marta yesa bo'ladiyu lekin to'yib yeyish mumkinmas!