To'g'ri tushungan bo'lsam shikoyat faqat ich qotishda, gemorroy yo'q, oshqozonda og'riq yo'q...
3 savolimga javob bervoring.
1. Nima ish qilasiz, o'tirib ishlaysizmi yo yuribmi?
2. Namoz o'qiysizmi?
3. Ich qotishdan avval qanday ovqatlar tanovvul qilardiz, ich qotish dardi boshlangandan keyinchi?
Umumiy maslahat.
Tiyilish kerak bo'lgan umumiy narsalar.
- 1. Ich qotishga sabab bo'ladigan quyuq, yog'li, tuzlangan, dudlangan, achchiq va sho'r har qanday taomdan tiyiling, musofirlikda odamlar ko'pincha shunday tayyor tuzlangan dudlangan konservalangan taomlardan yeydilar, bu sizga qat'iy mumkin emas.
Sut mahsulotlaridan pishloq, brinza, qaymoqlardan chetda bo'ling. Lekin saryog', maska yog' mumkin.
- 2. Shirinlik va ichimliklardan asal, novvot, shokolad, qahva, turli xil rangli va gazli ichimliklar (fanta, kola, sochnaya dolina, rich, redbull), qora (pamil) choylardan uzoq turasiz.
Dokonda sotiladigaan har turli shirin ichimliklardan tiyiling, qog'ozida va'da qilingan vitaminlariga ishonmang.
- 3. Kamxarakatlik ham ich qotishga sabab bo'ladi, iloji boricha jismoniy mashqni kopaytiring, och qoringa yugurish, egilib turish ichaklarni izga tushiradi. Bomdod namozidagi xarakat juda foydali.
Iste'mol qilinadigan taomlar va xarakatlar.
- 1. Ichaklarni izga tushirish uchun. Namoz bu borada katta yordam beradi, ayniqsa ertalab, bir kosa o'rik sharbati ichib so'ng namoz o'qing, egilib turish, sajdadagi holatlar ichaklarga foyda beradi. Namozdan so'ng imkoni bo'lsa yugurgani chiqing, kamida 1 km yuguring, ertasiga 1200metr, indingiga 1500metr... sekin asta oshirib borasiz.
- 2. Menyuda suyuqlikni kopaytiring. Suvni kuniga ikki-uch litrdan iching, ya'ni har soatda 200ml (bir piyola)dan. Ovqat vaqtidagi choy buni hisobiga kirmaydi.
- 3. Bozorda topilsa Makkai sanodan oling, topilmasa aptekalarda Makkai Sano tayyor holda bo'ladi, ko'rinishi tol barglariga o'xshaydi. O'shandan ichib yoting.
Buni damlashning ikki hil usuli bor.
1. Bir osh qoshiq sanoni bir krujka (300ml)ga solib, ustiga qaynoq suyib quyib, idish og'zini mahkam yopib 2 soatga dam yediriladi. Uhlashdan oldin shuni simirib ichadi. Bu ichni yurgizadi. agar taksi kabi ishda ishlasangiz buni ichmaganiz ma'qul, kunduzi to'sattan boshlanib yugurtiradi. 2. Huddi o'shanday damlab, har ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichasiz, adashmasam bu bir krujka damlama uch kunga yetadi. Bu usul ichni yumshatadi, lekin hojatga yugurtiradigan darajadamas.
Agar sano paketchalarda bo'lsa o'sha upakovkasida ko'rsatilganday damlab ichsangiz ham bo'ladi. Paketchalardagini qanday ishlatishni, qancha miqdorda ichishni men bilmayman, buni qo'llanmasiga qarab iste'mol qiling.
- 4. Uhlashdan oldin 6-dona o'rik qoqisini bir kosaga solib, ustiga qaynab turgan suvdan quyib, so'ng ustini mahkamlab yopib damlab qo'ying. Ertalab namozdan oldin shuni simirib ichasiz. Bu shakarsiz o'rik sharbati ichak va yurakni yaxshilaydi, ichni yumshatadi.
- 5. Ovqatingiz ertalabga yong'oq, mayiz, saryog'dan yeng, bular ichni yumshatish bilan birga quvvatli taom. Faqat yong'oqni 6tadan oshirmang, agar jismoniy mehnat ko'p qilsangiz yong'oqni ko'pi bilan 8ta yesangiz bo'ladi.
Tushlikka sho'rva, bulon, borsh... kabi suyuq ovqatlardan iching.
Kechki taomingiz hom sabzavotli salat bo'lsin. Pomidor, bodring, ko'katlar... qizilcha va sabzi ham ichni yumshatadi, kechki taomingizni bir kun hom sabzavotlardan, bir kun pishgan sabzavotlardan qilsangiz yaxshi boladi.
Anordan boshqa har qanday mevadan yesangiz bo'ladi.